Zuhra Shukurovna Berdiyeva — kutubxonashunos, bibliograf.
U 1956- yil Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tug‘ilgan. 1974 —
78- yil Madaniyat instituti kutubxonachilik fakultetini imtiyozli
diðlom bilan bitirgach, „Kutubxonashunoslik“ kafedrasida
o‘qituvchi lavozimida qoldiriladi. 1992 — 2000- yillar Madaniyat
vazirligida bosh mutaxassis, 2006- yildan O‘zbekiston aloqa va
axborotlashtirish agentligi Respublika axborot-kutubxona markazida
bosh kutubxonachi lavozimlarida ishladi. Kutubxonachilik, kitob
ishi, bibliografiya sohasiga oid qator muammolar bo‘yicha 70
dan ortiq maqolalari, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalari, yirik bibliografik
ko‘rsatkichlari („Abdulla Qahhor“, „Muso Òoshmuhammad o‘g‘li
Oybek“, „Alisher Navoiy“) nashr qilingan, madaniyat kollejlari
uchun 3 jildlik „Kutubxonashunoslik“, „Bibliografiya“ darsligi
2013- yilda nashr etildi. Institut talabalariga kutubxonashunoslik,
bibliografiya, kitobshunoslik fanlaridan saboq berib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |