O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


Mahalliy  arboblar  haqidagi  bibliografik



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

Mahalliy  arboblar  haqidagi  bibliografik
ko‘rsatkich,  qo‘llanma,  lug‘at
O‘lkaning  mashhur  kishilari  haqidagi  bibliografik  qo‘llan-
malar shaxs hayoti va ijodini o‘rganish uchun muhim manbadir.
Bunday  qo‘llanmalarni  respublikadagi  yirik  institutlar,  FA
Asosiy  kutubxonasi,  O‘zbekiston  Milliy  kutubxonasi  hamda
boshqa  yirik  kutubxonalar,  viloyat  kutubxonalari  tayyorlaydi.
Ular,  asosan,  2  bo‘limdan  iborat:  muallifning  asarlari  va  u
haqdagi  asarlar.  Bir-biridan  unchalik  farq  qilmagan  holda
asarlarining  nashrlari  bo‘limi  alohida  va  vaqtli  matbuot  hamda
to‘plamlarda  nashr  etilgan  asarlaridan  iborat  bo‘ladi.  Bo‘limlar
ichida  yana  mavzusiga,  asarlarining  janriga,  yo‘nalishiga  ko‘ra
mayda  bo‘limchalar  tashkil  etiladi.  Bibliografik  yozuvlar  alifbo
yoki xronologik tartibda joylashtiriladi. Boshqa tillardagi asarlari
tillar bo‘yicha alohida joylashtiriladi. U haqdagi asarlar bo‘limi-
dagi  materiallar  ham  avval  alohida  keyin  maqolalari  joylash-
tiriladi.  Agar  muallif  olim  bo‘lsa,  uning  rahbarligida  himoya
qilingan nomzodlik va doktorlik hamda opponentlik ishlarining
ro‘yxati,  tarjima  ishlari,  muharrirlik  va  taqriz  yozgan  ishlari


128
ro‘yxati,  hamkorlikdagi  faoliyatiga  oid  ishlari  ro‘yxati  beriladi.
Yordamchi  ismlar,  alifbo,  geografik  nomlar  ko‘rsatkichi,
so‘zboshi  yoki  kirish  so‘zi,  tuzuvchidan,  so‘nggi  so‘z,
eslatmalar,  izohlar,  hayoti  va  ijodining  asosiy  sanalari  beriladi.
1990- yili  Navoiy  nomidagi  Respublika  davlat  kutubxonasi
„Hamza  Hakimzoda  Niyoziy“  nomli  adabiyotlar  ko‘rsatkichini
nashr etdi. Òuzuvchilar A. Òuropova, S. Shermuhamedova,     M.
Ismoilovalar tayyorlagan ushbu qo‘llanma keng qamrovli bo‘lib,
asosan, 2 ta bo‘limdan va bo‘limlar ichida juda ko‘p bo‘limcha-
lardan iborat. Alohida nashrlari tiðlar bo‘yicha ajratilgan, vaqtli
matbuot  va  to‘plamlardagi  nashrlari  janrlar  bo‘yicha
guruhlashtirilgan, boshqa tillardagi nashrlari ichki alifbo tartibida
joylashtirilgan.  Hamza  haqidagi  adabiyotlar  bo‘limida  ham
shunday tartib qo‘llanilgan. Maqolalar esa Hamza ijodi qirralari
bo‘yicha  mavzularga  ajratilib  berilgan.  Masalan,  „Hamzaning
falsafiy  qarashlari“,  „Publitsist-ma’rifatchi“,  „Pedagogik  estetik
qarashlari“ kabi. Shu bo‘lim ichida „Hamza ijodi haqida tanqidiy
materiallar“ bo‘limchasi ham mavjud. Bunda materiallar Hamza
ijodining  janrlari  bo‘yicha  ajratilgan,  masalan,  „Hamza  prozasi
haqida“, „Hamza dramaturgiyasi haqida“, „Hamza va folklor“
kabi.  „Hamza  ijodi  haqidagi  asarlar  boshqa  xalqlar  tillarida“
nomli  bo‘limda  hujjatlar  tillar  bo‘yicha  alohida  joylashtirilgan.
Hamza  nomi  bilan  atalgan  joylar,  muzeylar,  Hamza  nomidagi
mukofotlarni  berish,  Hamza  asarlarini  maktabda  o‘rganish,
Hamza haqidagi ko‘rsatkich va adabiyotlar ro‘yxati ham berilgan.
Ko‘rsatkichga  ismlar  ko‘rsatkichi,  tuzuvchidan,  mundarija  kabi
yordamchi  ma’lumotlar  berilgan.
O‘zFA  tarix  instituti  1999- yil  „Sharq“  nashriyotida  A.
Sharafiddinov, Z. Fayziyeva, N. Kraves tuzuvchiligida „Professor
H. Ziyoyevning ilmiy va pedagogik faoliyati“ nomli qo‘llanmani
nashr etdi. Qo‘llanmadagi hujjatlar o‘zbek va rus tillarida alohida
joylashtirilgan. Olimning ijodiy faoliyati haqidagi material olim
ijodining qirralari bo‘yicha alohida ta’riflangan. Masalan, „O‘rta
asrlar  davri  tarixi“  bo‘limida  olimning  shu  sohadagi  ishlariga
ta’rif beriladi. „XVI — XIX asrlarda Òurkiston va Rossiya aloqalari
tarixi“ nomli bo‘limda ham aynan shu masalaga oid ijodiga baho
beriladi.  Shu  tarzda  olimning  shu  kungacha  davom  etgan  ijodi
keyingi bo‘limlarda ochib berilgan. „Sobiq Sho‘rolar davrida nashr
etilgan kitob, risola va maqolalar (1952 — 1991- yillar boshlari)“
bo‘limida  asarlarining  nashrlari  to‘g‘ri  xronologik  tartibda


129
joylashtirilgan. „Mustaqillik va ozodlik yillarida nashr etilgan kitob,
risola va maqolalar (1991 — 1999- yy.)“ bo‘limidagi asarlari ham
to‘g‘ri xronologik tartibda berilgan. Keyin olimning muharrirlik
faoliyati,  hay’at  a’zoligi  sifatidagi  ishlarining  ro‘yxati,  uning
rahbarligida himoya qilingan nomzodlik va doktorlik ishlarining
ro‘yxati  berilgan.  H.  Ziyoyev  haqida  ma’lumotlar  bo‘limlarida
ham  hujjatlar  shu  bo‘limlarga  mos  guruhlashtirilgan.  Undan
keyin  olimlarning  asarlari  nashr  etilgan  jurnallar  va  gazetalar
ro‘yxati berilgan. Qo‘llanma olim hayoti va ijodi haqida fotosuratlar
bilan  ta’minlangan.  Qo‘llanmaning  2-  qismi  rus  tilida  bo‘lib,
o‘zbek  tilidagi  qismi  kabi  adabiyotlar  guruhlashtirilgan.
Respublikamizda yozuvchi va shoirlar ijodiga oid biobiblio-
grafiyalar  juda  ko‘p  tayyorlangan  va  nashr  etilgan.  Ulardan
Alisher  Navoiy,  Oybek,  G‘. G‘ulom,  A. Qahhor,  Zulfiya,
A. P. Qayumov,  H. H. Niyoziy  kabilarni  misol  keltirish  mum-
kin.  1989- yili  Madaniyat  institutidan  Z. Sh.  Berdiyeva  tuzuv-
chiligida  „Abdulla  Qahhor“  biobibliografik  ko‘rsatkichi  nashr
etildi.  Bu  asar  tuzilishi  yuqorida  keltirilgan  „Hamza“  ko‘rsat-
kichiga o‘xshab  ketadi. Aslida shaxslarga  oid ko‘rsatkichlarning
tuzilishi  deyarli  bir  xil,  ammo  muallif  ijodining  xususiyatlariga
ko‘ra ayrim bo‘limlar va bo‘limchalarning berilishida farq bo‘ladi.
Qo‘llanmadagi A. Qahhorning yubileylari, tarjima asarlari, uning
xotirasiga bag‘ishlangan asarlar kabi bo‘limlar „Hamza“ ko‘rsat-
kichida yo‘q. Qo‘llanmaga ismlar ko‘rsatkichi, asarlarining alifbo
ko‘rsatkichi,  boshqa  tillarda  nashr  qilingan  asarlarining  alifbo
ko‘rsatkichi,  foydalangan  adabiyotlar  ro‘yxati  ilova  qilingan.
Shunga o‘xshash biobibliografik ko‘rsatkich Z. Ber-diyeva va H.
Mamatraimova  tuzuvchiligida  Oybek  tavalludining  100  yilligi
munosabati bilan „Muso Òoshmuhammad o‘g‘li Oybek“ nomli
biobibliografik  ko‘rsatkich  nashr  etildi.  Ko‘rsatkichning  hajmi
katta,  unda  jami  1522  ta  nomdagi  bibliografik  yozuv  mavjud.
Boshqa  biobibliografik  ko‘rsatkichlarning  tuzilishiga  o‘xshashi
bilan  birga,  farqli  ravishda  „Oybek — navoiyshunos“,  „Oybek
ijodiga  oid  dissertatsiyalar“,  „Oybekni  mukofotlash  to‘g‘risida“
nomli  bo‘limchalar  mavjud.
Xullas, biobibliografik ko‘rsatkichlar iste’molchini juda katta
axborot olamiga olib kiradi. Avvalo, bir shaxsga oid barcha turdagi
hujjatlarni  bir  joyga  to‘playdi,  uni  qidirish,  topish,  to‘plash  va
tahlil  qilish  ishini  osonlashtiradi,  kitobxon  muallif  haqida
istaganidan ko‘ra ko‘proq ma’lumot oladi.
9 — Bibliografiya


130

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish