O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

BIBLIOGRAFIK  QO‘LLANMALAR
Mavzuning  maqsadi — bosma  nashrlarni  targ‘ib  qilish,
reklama  qilish,  sotish  maqsadida  tashkil  etiladigan  bibliografik
qo‘llanmalar  bilan  tanishtirish.
Asosiy  tushunchalar — nashriyot  bibliografik  qo‘llanmalari,
kitob  savdosi  bibliografik  qo‘llanmalari.
Nashriyot  bibliografik  qo‘llanmalari — bir  nashriyot  tomoni-
dan  chiqarilgan  yoki  kelgusida  chiqariladigan  bosma  nashr-
larning  ro‘yxatidan  iborat  bibliografik  qo‘llanmalar.
Kitob  savdosi  bibliografik  qo‘llanmalari — bosma  mahsulot-
larni  tarqatishga  ta’sir  etish  maqsadida  tuzilgan  qo‘llanmalar.
Nashriyot va kitob savdosi bibliografik qo‘llanmalari nashriyotlar
va  kitob savdosi  tashkilotlari tomonidan  mavjud yoki  kelgusida
nashr  etiladigan  bosma  mahsulotlar  marketingini  va  savdosini
tashkil  etish  maqsadida  tuziladi.  Bu  bibliografik  qo‘llanmalar
qog‘oz  va  elektron  shaklda  tayyorlanadi.  Nashriyot  va  kitob
savdosi  bibliografik  qo‘llanmalari  nashriyot,  kitob    do‘konlari,
kutubxonalar,  tashkilot  va  muassasalar,  mamlakatimiz  kitob
sanoati bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallanadi. Bosma
mahsulotlar haqida axborot berilayotganiga ko‘ra ular quyidagicha
turlanadi:  perspektiv,  kundalik,  retrospektiv,  nashriyot  va  kitob
savdosi  bibliografik  qo‘llanmalari.  Ular  bir-biridan  vazifasi,
mazmuni  va  boshqa  xususiyatlariga  ko‘ra  ajratiladi  va,  albatta,
kirish  so‘zi  yoki  so‘zboshi,  asosiy  qism  va  mundarija  kabi
majburiy  elementlarga  ega  bo‘ladi.  Ba’zilarida  qo‘shimcha  ele-
mentlar — axborot  manbalarining  ro‘yxati,  qisqartmalar
ro‘yxati,  yordamchi  ko‘rsatkichlar  beriladi.
So‘zboshi  asosiy  qismning  mazmuni  bilan  bog‘liq  holda,
ko‘rsatkichning  maqsadi,  vazifasi,  undan  foydalanish  yo‘llari
haqida  tavsiya  beradi.  Asosiy  qism  nashrlarning  bibliografik
yozuvidan (ba’zida qisqacha annotatsiyasi bilan) va o‘nli klassifi-
katsiya jadvali asosida shifr indeksidan iborat bo‘ladi. Yordamchi
sarlavhalarga yoki muallifga oid ma’lumotlar beriladi. Bibliografik
yozuvlar  bo‘limlar,  ichki  bo‘limchalarda  mavzular  bo‘yicha


119
alifbo  yoki  boshqa  tanlangan  prinsið  asosida  joylashtiriladi.
Bunday  qo‘llanmalar  kutubxonalar  faoliyatida  kutubxona
fondini  maqsadli  to‘ldirishda,  bibliografik  axborotlarni
tayyorlashda,  talablarni  bajarishda,  kitobxonlarning  axborot
madaniyatini  tarbiyalashda  yordam  beradi.  Shu  yo‘nalishdagi
bibliografik  qo‘llanmalar  qo‘shni  mamlakatlarda  keng
qo‘llanilmoqda. Masalan, kitob savdosi va nashriyotchilik ishini
muvofiqlashtirish  va  takomillashtirish  maqsadida  Rossiyada
„Mavjud  va  bosmaxonadagi  kitoblar“  („Êíèãè  â  íàëè÷èè  è
ïå÷àòè“)  milliy  axborot  tizimi  yaratilgan.  Ular:
— Rossiyada  kitob  bozorining  ahvoli  haqida  muntazam  va
tezkorlik  bilan  axborot  berib  borish;
— noshir va kitob tarqatuvchilar orqali kitobga tushayotgan
talab va ehtiyojni o‘rganish va qondirishni nazorat qilib borish;
— ko‘p  so‘ralayotgan  kitoblarni  nashr  qilish  texnologiyasini
muntazam qo‘llash maqsadida savdo va noshirlar orasidagi o‘zaro
munosabatni  yo‘lga  qo‘yib  borish;
— kutubxonalar, nashriyotlar, kitob savdosi, kitob tarqatuv-
chilarning belgilangan klassifikatsiya, tiðologiya va formatlardan
bir  xilda  foydalanishlari  uchun  imkoniyat  yaratish;
— kitob savdosi tashkilotlari va kutubxonalarning yangi nashr
etilayotgan adabiyotlar, kitob bozorining ahvoli haqida oldindan
va o‘z vaqtida bibliografik axborot olishlari uchun bosmaxonada
yuzaga chiqish oldida turgan nashrlar haqida, nashrdan chiqishi
rejalashtirilayotgan adabiyotlar haqida axborot katalogida o‘z vaqtida
va to‘la ma’lumot berib borish vazifalarini bajaradi.
Yil davomida katalog tizimida Rossiyadagi va boshqa qo‘shni
mamlakatlardagi (Ukraina, Belorussiya, Qozog‘iston va boshqa)
2000  dan  ortiq  nashriyot  mahsulotlari  haqida  axborot  berib
turiladi.
Ma’lumotlar  nashriyotlardan  shu  yilning  31- dekabrigacha
olinadi va, albatta, elektron disklarda, yagona nomdagi avtomat-
lashtirilgan ma’lumotlar bazasi ko‘rinishida amalga oshiriladi va
muntazam nashriyotlar va kitob savdosi tashkilotlari tomonidan
yangilanib,  to‘ldirib  turiladi.  Katalog  bir  yilda  2  marta  bosma
ko‘rinishda  nashr  etiladi,  agar  shoshilinch  kerak  bo‘lsa,  bir
yilda 6 marta elektron shaklda — disketlarda yoki elektron pochta
orqali olishlari mumkin. Katalog bir necha bo‘limlardan iborat
va  har  biriga  yordamchi  ma’lumot  apparati  berilgan.  Mavjud
bo‘lgan  va  bosmaxonadagi  kitoblar  bo‘limida  savdoda  mavjud


120
adabiyotlar,  ularning  bahosi,  kitob  tarqatuvchi  tashkilot  haqida
ma’lumotlar,  chiqarish  uchun  tayyorlanayotgan  kitoblar  haqida
ma’lumotlar  berilib,  unga  ismlar,  nashr  turlari,  nashriyotlar
ko‘rsatkichi ilova qilingan.
Nashrga  tayyorlanayotgan  kitoblar  bo‘limida  qaysidir  aniq
bir  yilda  nashr  qilish  rejalashtirilayotgan  kitoblar  haqida
ma’lumotlar  beriladi,  mualliflar,  nashr  tiðlari,  nashriyotlar
ko‘rsatkichi ilova qilinadi. Nashriyotlar va kitob savdosi tashkilotlari
bo‘limida alifbo tartibida ular haqida ma’lumotlar: manzili, tele-
fon faks raqamlari, elektron pochta manzili berilgan. Bibliografik
yozuvda  muallifi,  sarlavha,  nashriyot,  nashr  yili,  hajmi,  mu-
qovasi,  adadi,  kitob  tarqatuvchi  tashkilot,  qisqa  annotatsiya,
kitobning  xalqaro  standart  raqami  beriladi.
Mavjud va bosmaxonadagi xorijiy adabiyotlar bo‘limida aniq
bir  nashriyotning  bosma,  elektron  hujjatlari  haqida  ma’lumot
berilgan, mavzuli bo‘limlar ajratilgan, nashr turlari ko‘rsatilgan.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish