O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toskent davlat iqtisodiyot universiteti


  Qadimgi Rimdagi iqtisodiy g'oyalar



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/65
Sana29.08.2021
Hajmi0,5 Mb.
#158487
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65
Bog'liq
DARSLIK иктисоди таълимотлар тарихи

1.3.  Qadimgi Rimdagi iqtisodiy g'oyalar 


M.a.  III  asrda  Qadimgi  Rim  (hozirgi  Italiya)  da  quldorlik  munosabatlari 

o'zining eng yuqori cho'qqisiga ko'tarilgan edi. Rimning boshqa erlarni bosib olish 

uchun olib borgan urushlari tufayli yirik imperiya  yuzaga keldi, ko'plab qabila va 

xalqlar qullikka mahkum etildi. Asosan asirlardan iborat bo'lgan qullarning ahvoli 

Gresiya  qullarinikidan  og'irroq  bo'lgan.  Yana  bir  o'ziga  xos  xususiyat  shundaki, 

agar  Gresiyada  qullar  ko'proq  hunarmandchilik  va  savdoda  ezilgan  bo'lsa,  Rimda 

qullar  asosan  qishloq  xo'jaligida  ekspluatasiya  qilingan.  Ishlab  chiqarishning 

quldorlik  usulidagi  qarama-qarshiliklar  shu  erda  eng  keskin  tus  oldi  va  oxir-

oqibatda  kolonatning  paydo  bo'lishiga  olib  keldi.  Aholining  kambag'al  tabaqalari 

asrlar  davomida  erga  egalik  qilish  uchun  keskin  kurash  olib  bordilar.  Bu  holat 

Rimdagi  iqtisodiy  g'oyalarga  ta'sir  etmay  qolmadi,  qullikka  asoslangan  yirik 

latifundiyalar  bilan  birga  quldorlik  xo'jaliklari  -  villalardan  samarali  foydalanish 

muammolari bosh masala edi.  

Shu davrdagi olim va mutaxassislarning asarlarida bir qancha yangi iqtisodiy 

g'oyalar ilgari surildi. Bu g'oyalarning rivojiga e'tibor berilsa, quldorlik tizimining 

emirilishi bilan unga bo'lgan munosabat ham o'zgardi. Katon Starshiy (m.a. 234-

149  yy.)  yirik  er  egasi  bo'lgan,  «Dehqonchilik»  nomli  asarida  u  qullikka 

asoslangan  natural  xo'jalikni  himoya  qildi.  Katon  o'z  talablarini  o'zi  ta'minlovchi 

yoki  asosan  iste'mol  qiymati  ishlab  chiqaruvchi  xo'jaliklarni  tan  olar  edi  (natural 

xo'jalik himoya qilinadi). U faqat ortiqcha mahsulotnigina sotish kerak, xo'jalikda 

ishlab chiqarish mumkin bo'lmagan narsalarnigina sotib olish zarur, degan g'oyani 

qo'llaydi.  U  qul  mehnati  asosida  xo'jalikni  yuritishning  yangi  uslublarini  ham 

ishlab  chiqdi.  Uning  fikricha,  qullar  yoshligidan  sotib  olinish  kerak,  shunda 

qullarni  tarbiyalash,  ishga  o'rgatish  oson  bo'ladi  (yoshi  kattalarda  bu  ish  qiyin 

kechadi),  qullar  orasida  adovat  urug'i  sepilsa,  ularda  egasiga  nisbatan  ig'volar 

yo'qoladi.  Qullar  qattiq  intizom  asosida  ishlatilishi,  arzimas  gunoh  uchun 

jazolanishi, ishiga qarab boqilishi va kiyintirilishi taklif etiladi.  

Bu  davrda  natural  xo'jalik  bilan  birga  bozor  munosabatlari  ham 

rivojlanayotgan  edi.  Bozorni  qo'llagan  Katon  shu  bilan  birga  yollanma  mehnatga 

dushman  bo'lgan.  U  qul  mehnatini  to'g'ri  tashkil  etishga  alohida  ahamiyat  beradi. 

Bayram  kunlari  ish  hayvonlariga  dam  berilgan  holda,  qullar  ishlashga  majbur 

etilgan.  Kasallangan  ho'kiz  davolangan,  qulni  esa  «eski  arava»  sifatida  sotib 

yuborish tavsiya etilgan.  

Dehqonchilikda  qul  mehnati  tobora  kam  samarali  bo'layotganligini  ko'rgan 

Katon  yaylov  xo'jaligini,  keyinchalik  savdo  va  sudxo'rlikni  qo'llab-quvvatlagan. 

Qiymatdan ortiq mahsulotni foyda deb bilgan va uni to'la ravishda ishlab chiqarish 

harajatlariga qo'shgan (xato fikr). «Yuqori foyda olish uchun yuqori baholar kuni 

kelishini bamaylixotir kutish kerak», deydi u.  

Dehqonlar  qo'lidagi  erlar  tortib  olinib,  yirik  latifundiyalar  vujudga  kela 

boshladi,  erkin  Rim  aholisi,  dehqonlar  va  armiya  soldatlari  ersizlandi.  Bu  holat 

yirik  er  egalari  -  patrisiylar  va  dehqon-plebeylar  o'rtasidagi  qarama-qarshilikni 




kuchaytirdi,  oxir-oqibatda  aka-uka  Grakxlarning  agrar  islohotiga  sabab  bo'ldi. 

Ular ersiz yoki kam erli dehqonlarning yirik er egalariga qarshi kurashini himoya 

qildilar.  Ammo  bu  ishni  quldorlik  tuzumini  saqlagan  holda  va  yirik  er  egalarini 

cheklash  yo'li  bilan  hal  etmoqchi  bo'ldilar.  Er  egalarining  qo'lidagi  erning  bir 

qismini  kesib  va  davlat  fondidagi  erdan  foydalanib  kam  erli  dehqonlardan  ozod 

dehqonlar tabaqasi barpo etish ko'zda tutilgan, eng muhimi bu toifa quldorlarning 

ishonchli tayanchi bo'lishi kerak edi.  

Aka-uka Tiberiy va Gay Grakxlarning agrar islohoti bo'yicha, davlat eridan 

foydalanuvchilarning  har  biri  500  yuger  (125  gektar), har  o'g'li  uchun  250  yuger, 

ammo  bir  oila  uchun  1000  yugerdan  ortiqcha  er  olish  taqiqlangan.  Undan  ortiq 

erlar  musodara  qilingan  va  30  yugerdan  bo'linib,  kambag'al  fuqarolarga  berilgan, 

lekin bu erni birovga sotish man etilgan. Bu qonun qabul qilindi, ammo uni amalga 

oshirishga  yirik  er  egalari  va  senat  qarshilik  qildi.  Tiberiy  Grakx  m.a.  132  yilda 

ataylab  o'ldirildi,  Gay  (ukasi)  Grakx  m.a.  123-122  yy.da  bu  islohotni  amalga 

oshirish  uchun  ishni  davom  ettirdi,  bir  qancha  demokratik  o'zgarishlarni  amalga 

oshirdi  (Rimda  arzon  non  sotish),  oqibatda  80  ming  fuqaro  er  uchastkasi  oldi. 

Islohot  vaqtincha  muvaffaqiyat  keltirdi,  m.a.  111  y.  davlat  erlarini  sotishga  yo'l 

berildi,  erlar  xususiy  mulkka  aylandi  (m.a.  121  y.da  Gay  ham  jangda  halok 

bo'lgan).  

Quldorlik tuzumi inqirozga uchragan va tushkunlikka tushgan davrda rimlik 

agronomlar  Varron  (m.a.  116-27  yy.)  va  Lyusiy  Kolumella  (I  asr)  lar  quldorlik 

xo'jaligini  rasionallashtirish  muammolarini  ishlab  chiqdilar.  Shu  bilan  birga  olim 

va  arxeolog  bo'lgan  Varron  «Qishloq  xo'jaligi  to'g'risida»  degan  kitobida  bu 

sohaning  ahamiyatiga  katta  o'rin  beradi,  qishloqdan  shaharga  intilganlarni 

qoralaydi.  U  dehqonchilik  bilan  chorvachilikni  birga  rivojlantirishni  ma'qul  deb 

biladi.  Varron  ular o'rtasidagi  «buyuk ittifoq» tarafdori edi.  Buning  asosiy  sababi 

shundaki,  Italiyada  don  nisbatan  arzon  edi,  chorvachilikning  foydasi  esa  ancha 

yuqori  bo'lgan.  Shu  bilan  birga,  Varronning  fikricha,  har  bir  xo'jalik  o'z-o'zini 

ta'minlashi  kerak,  u  bozor  munosabatlariga  kam  e'tibor  qilgan,  qullar 

ekspluatasiyasi  tarafdori  bo'lgan  va  ularni  «gapiruvchi  qurollar»  deb  bilgan.  U 

qullarning  siyosiy  jihatdan  xavfli  ekanligini  tushungan  va  imeniyolarda  bir 

millatga  tegishli  qullarni  ko'p  saqlamaslik  kerak  deb  tavsiya  etgan  (chunki 

birlashib harakat qilishlari oson).  

Kolumella  o'zining  qishloq  xo'jaligiga  oid  yirik  asarida  qullar  mehnatining 

samarasi  pastligini  ta'kidlaydi  (birovga  ishlaydi-da!).  Uning  fikricha,  qullar  erni 

yaxshi  ishlamaydilar,  er  yuqori  hosil  berishi  uchun  kayg'urmaydilar.  U  erkin 

mayda  ishlab  chiqaruvchilarning  mehnati  qullarnikidan  yuqori  bo'lishini  isbotlab 

berdi,  yirik  quldorlik  latifundiyalariga  nisbatan  mayda  dehqonchilikni  afzal  deb 

hisobladi. Bu davrda yirik latifundiyalarning inqirozi aniq bo'lib qoldi, rivojlanish 

faqat  ekstensiv  yo'l  bilan  bordi,  ya'ni  hosil  qo'shimcha  er  hisobigagina  oshdi. 

Qullar imkoni boricha erni ishlamaslikka intilgan. Kolumella bunday erlarni erkin 

kolonlarga  bo'lib  berish  yaxshiroq  samara  beradi,  degan  to'g'ri  qisqacha 




xulosalarga  keldi,  uningcha  mayda  ishlab  chiqarishga  o'tish  kerak  edi  (hozirgi 

davrga solishtirib ko'ring).  




Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish