UMUMIY
IQTISODIY
NAZARIYA
Informatsion – tahliliy
iqtisodiy – matematik
usullar; statistika
xo’alik
faoliyati tahlili
Maxsus iqtisodiy shakl va
tashkilotlar iqtisodiyoti
moliya ; kredit; marketing
tabiatdan foydalanish
iqtisodiyoti va boshqalar
Aniq – iqtisodiy fanlar,
tarmoqlar iqtisodiyoti,
korxonalar iqtisodiyoti,
mamlalakatlar iqtisodiyoti
Tarixiy – iqtisodiy fanlar, qtisodiy
talimotlar tarihi, iqtisodiyot tarixi
Manba: Obhaya ekonomicheskaya teoriya (Politekonomiya). Uchebnik
M.Promo-media.1995,s.30.
Ayniqsa hozirgi davrda iqtisodiyot har bir inson hayotiga jo’shqinlik bilan
kirib bormoqda va odamlar iqtisodiyot to’g’risida imkoni boricha ko’proq bilishga
intilmoqdalar. Xo’sh, ummon kabi keng iqtisodiyot fanini o’rganishda nimadan
boshlamoq kerak, degan savol tug’ilishi tabiiy.Iqtisoyotning asosan bir nechta
nozik «kasalliklari» bor. Bular asosan aholining ishsizligi, pulning inflyatsiyasi,
davlatning byudjet kamomadi.
Bizningcha, bu ishni, shifokor davolanuvchini tuzatishni uning kasallik
tarixidan boshlagani kabi, tarixdan boshlash zarur. Albatta, bugungi va ertangi kun
muammolarini to’la hal etishda o’tgan asr iqtisodchilaridan barcha savollarga
tayyor javob topish qiyinligi aniq, ammo o’tgan donishmandlarning fikr-
mulohazalari hozirgi va kelajak to’g’risida to’g’ri qisqacha xulosalar chiqarish
uchun yaxshi imkoniyat beradi. aniqrog’i, velosipedni qayta kashf qilishga hojat
qolmaydi, tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir.
Ammo shunday bo’ldiki, oxirgi 25-30 yil davomida bu fanlarga kam e'tibor
berildi, hatto "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" katag’onga uchradi, faqat mustaqillik
yillari bu fanni oliy o’quv yurtlarida qaytadan o’qitish boshlandi. Bu o’z-o’zidan
bo’lgani yo’q, albatta.
Sovetlar tuzumi davrida ko’pgina fanlar, shu jumladan, iqtisodiyot fani
sinfiylik, partiyaviylik mafkurasi asosida o’rganildi, marksizm-leninizm g’oyalari
birdan-bir to’g’ri ta'limot deb qabul qilindi va barcha masalalar yechilgan, tarixga,
uzoq o’tmishga hech qanday hojat yo’q, degan umumiy qayfiyat yuzaga keldi.
Sotsialistik va kommunistik jamiyat qurishda dasturilamal bo’lgan mafkuraga
muqobil bo’lgan barcha fikrlar tanqidga uchradi; asosiy e'tibor markscha-lenincha
iqtisodiy ta'limotni o’rganishga, kapitalizm, bozor munosabatlarining kelajagi
yo’qligini zo’rma-zo’raki "isbotlash"ga qaratildi.
Ammo bu yo’l tarix sinovidan o’tmadi. Iqtisodiyotda sinfiy, mafkuraviy
tamoyillar ertaklardagi qum saroylari kabi vayron bo’la boshladi. Tabiatning
yomon ob-havosi bo’lmaganidek, tarix ham bo’lib o’tgan yaxshi yoki yomon
voqealar uchun hech kim oldida tavba-tazarru' qilmaydi.
Hozirgi davr olimlari avvalgi mualliflardan ko’ra ko’proq biladilar, bu
ob'ektiv jarayon, ammo shunisi ham ayni haqiqatki, biz ular tufayli ham shu
narsalarni bilamiz.
Yana shuni ham alohida ta'kidlab o’tish kerakki, sobiq SSSR davrida qaysi
fanni o’qish, qanday dastur va darslik asosida o’qitish "markaz"ning to’la
ixtiyorida bo’lgan. Tarjima qilish ham shu yo’sinda olib borilgan. Oxir-oqibat
o’zbek tilida biror jiddiy asar yaratishga yo’l berilmagan. Ayniqsa, Sharq, xususan
o’rta osiyolik olimlar, donishmandlar va allomalarning iqtisodiyot va boshqa
fanlarga qo’shgan hissasi doimo kamsitib kelingan.
Mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tgan O’zbekistonlik olimlar oldida, ko’pgina
fanlar kabi, iqtisodiyot fani borasida ham katta ishlarni amalga oshirish vazifasi
turibdi. Yangi dastur, o’quv qo’llanma va darsliklar yaratish eng muhimdir.
iqtisodiyot insoniyat tarixi kabi qadimiydir. Iqtisodiyotga oid fikr, g’oya, qarash,
nazariya va ta'limotlar ham ko’p ming yillik tarixga ega. Lekin ularning asosiy
qismi yozuv paydo bo’lganidan so’ng, yozma manbalardan bizgacha yetib kelgan.
Bu manbalar, ulardagi g’oyalar avvalo insoniyatning muqaddas mulkidir, uni
topish, o’rganish va kelajak uchun saqlash savobli bo’lsa, ulardagi nodir fikrlarni
hayotga tadbiq etish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi, katta
tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Iqtisodiyot baynalmilal hodisa bo’lib, uning oldida turgan vazifalar barcha
xalqlar va mamlakatlar uchun bir xil, ammo ular rivojlanish davomida turlicha
natijalarga erishganlar. Hozirgi davrda ham bozor iqtisodiyotining prinsiplari
hamma uchun bir xil bo’lishiga qaramasdan natijalar turlichadir.XVIII asr oxirida
klassik iqtisodiy maktab vakillari Adam Smit va David Rikardo ob'ektiv, ya'ni
inson xohishiga bog’liq bo’lmagan, ammo ular tomonidan o’rganilishi mumkin
bo’lgan qonunlar asosida amal qiluvchi xo’jalik tizimi to’g’risidagi ta'limotni
yaratdilar. Ularning fikricha, davlatning iqtisodiy siyosati bu qonunlarga xilof
bo’lmay, aksincha bu qonunlarga suyanishi kerak, ana shunda iqtisodiyot ravnaq
topadi va aksincha. Demak, bu qonun va qonuniyatlarni bilish, ulardan amaliyotda
to’g’ri foydalanish hayot talabi bo’lib bormoqda. Uzoq o’tmishdagi ko’pgina
o’gitlar, hayotiy tajribalar, allomalarning fikri va g’oyalari hozirgi kunda
asqotmoqda, ularni o’rganish va eng muhimi hayotga tadbiq etish zarur.
Iqtisodiy ta'limotlar tarixi deyarli to’rt ming yillik rivoji davomida bir
qancha bosqichlarni bosib o’tdi. Ularning turli yo’nalishlari va maktablari mavjud
Antik olimlarning
iqtisodiy qarashlari
O’rta asrlardagi
iqtisodiy qarashlar
Fiziokratlar
Merkantilizm
Ilk klassik
maktab
Liberal
maktab
Angliya
klassik
maktab
Marginalizm
Utopik – sotsalistik
nazariyalar
Markssha iqtisodiy
talivot
Tarixiy maktab
Yangi tarixiy
maktab