«Figuralarni qirqib chiq» metodikasi.
Ushbu metodika 4-5 yoshli bolalarning ko’rgazmali-harakatli tafakkurini
tashxis qilishga mo’ljallangan. Topshiriqning maqsadi qog’ozga chizilgan
figuralarni tez va aniq qirqib olishdan iborat. Rasmda berilgan 6 ta kvadratda har
xil figura tasvirlangan. Ushbu rasmlar bolaga bir butun holatda berilmaydi, balki
har bir kvadratdagi rasmlar alohida beriladi. Buning uchun tadqiqotchi rasmlarni
oltita kvadratga qirqib chiqadi. Bolaga har bir kvadratdagi tasvirlar ketma-ketlikda
beriladi. Rasmlar tartib raqami bilan belgilangan va qaychi bilan imkoni boricha,
figuralarni tez va aniq qirqib olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |