«Guruhlarga bo’lib ko’rchi» metodikasi.
Ushbu metodika 4-5 yoshli bolalarning obrazli- mantiqli tafakkurini
baholash uchun mo’ljallangan. Bolaga rasmdagi tasvirlar ko’rsatilib, quyidagicha
topshiriq beriladi:
«Diqqat bilan ushbu rasmdagi tasvirlarni ko’rib chiq va ularni iloji boricha
ko’p guruhlarga bo’lib chiq. Har bir guruhga, umumiy belgisi bir xil bo’lgan
figuralarni kirit va har bir figuraning nomini ayt hamda qanday belgilar asosida
bo’lib chiqqaningni tushuntirib ber». Topshiriqni bajarishga 3 daqiqa vaqt beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |