V BOB. TURISTIK FIRMANI OCHISH VA
LITSENZIYA OLISH BOSQICHLARI
5. 1. Yangi turistik korxona tashkil qilishda litsenziya olish tartibi
.
5. 2. Yangi tashkil qilinadigan turistik korxonaning xizmatlarini
sertifikatlashtirish.
5. 1. Yangi turistik korxona tashkil qilishda
litsenziya olish tartibi
O‘zbekistonda turizm faoliyati litsenziyalanadi hamda bu
jarayonni o‘tkazish mexanizmi tegishli qonun bilan belgilangan.
Turizm biznesini tashkil etish uchun rasmiyatchilikning o‘ziga xos
xususiyatlarini bilish zarur, jumladan, litsenziyalash sohasini va
boshqa ruxsatnoma xilidagi hujjatlarni mukammal bilish talab etiladi.
Qonunga ko‘ra litsenziya berish va uni bekor qilish yoki uning
faoliyatini to‘xtatib qo‘yish kabi harakatlar Vazirlar Mahkamasining
Komissiyasi tomonidan qabul qilingan qaror asosida amalga
oshiriladi,
uning
bu
boradagi
ishchi
organi
vazifasini
«O‘zbekturizm» MK bajaradi. Eng asosiy talab: litsenziya
tadqiqotchilari faqatgina yuridik shaxs bo‘lishi shart.
Litsenziya olish uchun Davlat tomonidan o‘rnatilgan talablar
mavjud bo‘lib, ular qatoriga quyidagilar kiradi:
– «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunga, turizm sohasidagi O‘zbekiston
Respublikasi standartlari va xalqaro standartlarga majburiy ravishda
rioya qilish;
– huquqiy shaxs shtatida turizm sohasida maxsus ta’lim olgan
yoki turizm sohasida 3 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan
kamida bitta xodimning bo‘lishi. Shu tarzda turizm korxonasi
tegishli bilim, malaka, ko‘nikmaga ega bo‘lgan soha mutaxassislari
bilan aks ettirilishi zarur;
– turizm sohasi yangi texnologiyani va boshqaruv tajribasini joriy
etishni talab qilganligi sababli sayohatlarni, ekskursiyalarni tashkil
etish va ular bilan bog‘liq xizmatlar bilan bevosita band bo‘lgan
huquqiy shaxs xodimlari har 3 yilda kamida 1 marta malakasini
oshirishi zarur;
– shakillangan nizom jamg‘armasi kamida minimal ish haqining
400 barobari miqdorida bo‘lishi kerak, chunki u tegishli moddiy va
iqtisodiy zaxiraga ega bo‘lishi lozim;
– mijozlar bilan ishlash va turistik mahsulotni ishlab chiqish mos
ravishdagi ishchanlik muhitini talab etishi sababli xususiy yoki
ijaraga olingan xizmat binosida tegishli jihozlar mavjud bo‘lishi
kerak;
– taqdim etiladigan turizm xizmatlariga muvofiqlik sertifikatlari
mavjud bo‘lishi shart, chunki bu har qanday turga qonuniy tus berish
va xavfsizlik talablari bilan bog‘liqdir;
– turizm xizmatlari faqatgina mijoz (turist) bilan turistik firma
o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari talablariga mos
ravishda shartnoma tuzilgandan keyingina ko‘rsatiladi. Boshqa
holatlarda shartnoma huquqiy kuchga ega bo‘lmaydi va sud orqali
bekor qilinishi mumkin;
– chet el davlatlariga tashrif buyurish, chiqish, kirishning o‘ziga
xos xususiyatlari to‘g‘risida, turistik tashrif vaqtida va har bir aniq
davlatga tashrif buyurishning boshqa qoidalarining o‘ziga xos
xususiyatlari to‘g‘risida mukammal ma’lumotlar belgilangan tartibda
har bir turistga yetkazilishi kerakh;
– mijozga ish tartibi to‘g‘risida, uning huquqiy manzili,
litsenziyaning
mavjudligi,
ko‘rsatiladigan
xizmatlar
uchun
sertifikatlarning mavjudligi, turizm faoliyatining aniq yo‘nalishlarini
yuritish uchun javobgor bo‘lgan lavozimli shaxslarning familiyasi,
ismi, sharifi haqida to‘la ma’lumot berish shrt;
– turistlar xavfsizligini ta’minlash, jarohatlanganda, betob
bo‘lganda va boshqa holatlarda tibbiy hamda boshqa birinchi yordam
ko‘rsatish tizimi mavjud bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |