Guruhli turizm. Nisbatan arzon, ko‘p sonli turistlar uchun
hamyonbop, ammo guruhli turizmda guruhning barcha a’zolari
o‘rnatilgan tartibga bo‘ysunishlari lozim bo‘ladi.
Jozibador turistik mahsulot yaratish turoperatorlarning eng muhim
va birinchi vazifasidir. Turistik tashkilotlar faoliyatining ushbu
sohasi ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita bog‘liq. «Turistik
mahsulot yaratishda turist nima sotib oladi?» degan savolga aniq
javob berish lozim. Axir, turist mehmonxonaga joylashtirish uchun
emas, yangi hissiyotlar va notanish narsalar bilan tanishish uchun,
restorandagi bifshteks yoki go‘shtli qiyma uchun emas, balki e’tibor,
qulaylik, xizmatlar uchun pul to‘laydi. Shuning uchun turistik
mahsulot yaratish turistning iste’molchilik xususiyati va sifatlarini
o‘rganishdan, turistlar uchun eng jozibali tomonlarni ochishdan
boshlanadi. Aynan shu ko‘rsatkichlar turistik mahsulotni ishlab
chiqish va sotishdagi eng muhim yo‘naltiruvchilar hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlangan tamoyillarning barchasi xizmat ko‘rsatish
texnolgiyasiga
kiritilishi
lozim.
Turni
tashkillashtirish
texnologiyasida turistlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimning o‘zaro
ta’sir muhiti ham, turistlar tomonidan xizmatlar qabul qilinishining
psixologik jihatlari ham birdek muhimdir. Bu shuni anglatadiki,
turistning shaxsiy qiziqishlari, unga bo‘lgan samimiy munosabat
doimo birinchi o‘ringa qo‘yilishi lozim.
Xizmat ko‘rsatishni tashkil qilishda ozodlik tamoyilini inobatga
olish juda muhimdir, ya’ni sayohat chog‘ida barcha ko‘ngilsiz
narsalardan ozod bo‘lishi lozim. Masalan, turistlarni transportga
biletlar buyurtma qilishdan, konsert va teatrlarga biletlar buyurtma
qilishdan, har qanday turdagi xizmatlarni kutishidan butunlay xalos
qilish lozim.
Xizmat ko‘rsatishning optimalligi – mehmondo‘stlikka aloqador
bo‘lgan iste’molchi xususiyatlaridan biri. Xizmat ko‘rsatishning
optimallashuvi quyidagilarni nazarda tutadi:
– barcha xizmat turlarining yagona klassga mos kelishi;
– barcha xizmatlarning tur mazmuniga mos kelishi;
–
tur
iste’molchilarining
ma’lum
maqsadli
guruhiga
yo‘naltirilganligi;
– xizmat ko‘rsatish dasturini oldindan kelishish;
– dasturlarning o‘zgaruvchanligi u yoki bu xizmatlarni
almashtirish imkonining mavjudligi;
– taqdim etiladigan xizmatlar soni bo‘yicha xizmatlarning
maqsadga muvofiq tarkibi;
– xizmat ko‘rsatishda majburiylik alomatlarining yo‘qligi.
Ushbu tamoyillarning barchasini turistik mahsulotni tayyorlash
bosqichidayoq inobatga olish muhim. Bunda noto‘g‘ri tayyorlangan
mahsulotga nafaqat talab mavjud bo‘lmasligi, balki bunday mahsulot
tashkilotdan bo‘lajak potensial mijozlarning ixlosini ham qaytarishi
mumkinligini unutmaslik lozim. Bugungi kunda turist bozorda hukm
surayotgan raqobat sharoitida yuqoridagilar kuchli omillar bo‘lib
hisoblanadi.
Xizmat ko‘rsatish klasslari taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini
belgilash uchun ishlatiladi. Turistik mahsulot turli-tuman xizmatlar
yig‘indisidan iborat bo‘lganligi uchun ularni turistga sotishda
darajasini belgilash bilan bog‘liq muammolar kelib chiqadi. Turlar va
xizmatlarning darajasini belgilash bo‘yicha bizning mamlakatimiz
bozorlarida ham, xalqaro bozorda ham me’yoriy standartlar mavjud
emas. Shuning uchun turoperator va turagentlar turni siljitish va
sotishda shartli ravishda tur bo‘yicha xizmatlarni luks, birinchi klass,
turist klass, ekonom (iqtisod) klass kabi turlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |