8.Malakaviy ish turizmiga ish maqsadlari bilan bog‘liq safarlar
kiradi. Hozirgi taraqqiy etgan zamonaviy jamiyatda hayot xalqaro
aloqalarni bog‘lash zaruriyatini tug‘dirmoqda. So‘nggi yillarda
ishchan soha vakillarining, tadbirkorlarning tashriflari ommaviy tus
olmoqda.
Qator turistik firmalar guruhlarga jamlangan biznesmenlarning
turli maqsadlardagi tashriflarini tashkil etishga ixtisoslashtirilmoqda.
Ushbu turdagi turizmning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki,
ishchanlik vaziyatida o‘tadigan uchrashuv ishtirokchilari oddiy
sayyohga qaraganda mamlakat bo‘ylab sayohat paytida ko‘proq
mablag‘ sarflaydi. Shuning uchun ko‘pgina davlatlar xalqaro
forumlarni va shunga o‘xshash tadbirlarni o‘zlarida o‘tkazishga
harakat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |