I bob bo‘yicha xulosalar
Zamonaviy
axborot
texnologiyalarining
ommalashganligi,
ilmiy
tadqiqotlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish dolzarblashganligi tufayli
tilshunoslik ham amaliy vazifalariga – nutq samaradorligi tadqiqiga e‘tiborni
kuchaytirdi. Natijada tilshunoslikning jamiyat va inson nutqi bevosita bog‗liq
holda o‗rganuvchi ijtimoiy tilshunoslik – sotsiolingvistika, til vakillari nutqini
milliy etnik xususiyatlar tadrijida yorituvchi etnolingvistika, til birliklari va
muayyan shaxs nutqi munosabatlarini aniqlovchi pragmatika, nutqning maqsadi,
uning nutqiy vaziyat va aloqa, anglash va bilish jarayonidagi o‗rnini tavsiflovchi
psixolingvistika kabi yangi tarmoqlari vujudga keldi. Bu yo‗nalishlarning mohiyati
shundaki, endilikda nutqqa insoniy faoliyat – fikr almashtirish va o‗zgalarga ta‘sir
ko‗rsatish, bunyod qilishning asosiy turlaridan biri sifatida yondashilib, uning
ixchamligi, samaradorligi va ta‘sirchanligi, mantiqiyligi tadqiqi birinchi o‗ringa
qo‗yilmoqda. Shu asosda jahon tilshunosligida nutqning faoliyat sifatidagi qiymati
hamda uning to‗g‗ri va ko‗chma ma‘nolarini ajratish, ochiq ifodalanmagan, lekin
ifodalanishi so‗zlovchining maqsadi bo‗lgan ma‘lumot – axborotni aniqlash
usullari ishlab chiqildi va u tezda ommalashib ulgurdi. Bu yangi fanlarning
ayrimlari respublikamiz oliy ta‘lim muassasalarida o‗qitilayotganligi quvonarli,
albatta.
Ma‘lumki, nutqiy muloqot o‗nlab – milliy, etnografik, ijtimoiy, falsafiy-
madaniy, axloqiy-estetik, tarixiy, maishiy va ruhiy omillarning lisoniy birliklar
voqelanishi bilan qorishuvidan iborat harakatli tizimdir. Inson nutqida bu omillar u
yoki bu tarzda mujassamlashadi, bir butun va yaxlit hodisa sifatida namoyon
bo‗ladi. Shuning uchun ham nutqda subyektivlik va obyektivlikni bir-biridan
ajratgan holda tadqiq qilish mumkin emas. Demak, nutqiy faoliyat unga yondosh
va insonga xos ruhiy, fiziologik, ijtimoiy, ma‘naviy, madaniy holatlar bilan
bog‗liqlikda tadqiq etilgandagina nutqiy muloqotning mohiyati ochiladi va
individual hodisa sifatidagi nutqqa obyektiv baho beriladi. Bu esa, lisonning nutqiy
voqelanishini unga hamrohlik qiluvchi nutqiy paradigmalar (fiziologik, ruhiy,
professional, axloqiy, estetik, madaniy, nutq vaziyati – nutq sharoiti, nutq uslubi)
17
qurshovida tekshirish natijasida lisonni modifikatsiya qiluvchi vositalarning ta‘siri
va rolini baholash, nutqning ijtimoiy qiymatiga va ta‘sirchanlik – bunyodkorlik
qudratiga ilmiy tavsif berilishning nechog‗lik ahamiyatli ekanligini ko‗rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |