Mavzu:Aka-uka Grimmlar asarlarining bolalar tarbiyasiga ta’siri.
Reja:
1.
Aka-uka Grimmlarning ilmiy pedagogik faoliyati.
2.
Aka-uka Grimmlarning asarlari.
3. 1830-yili aka-ukalar Gettingenga jo’nashi.
4. Foydalanilgan adabiyotlar.
Aka-uka (Yakob 1785–1863, Vilgelm 1786–1859) Grimmlar
Magdeburg universitetida oʻqib yurgan chogʻlaridayoq oʻrta asr olmon tarixi
va madaniyati, huquq va mifologiyasi, xalq ogʻzaki ijodi hamda til va
adabiyoti bilan shugʻullana boshladilar.
A.-u.G.ning ilmiy-pe-dagogik faoliyati Gyottinggen universitetida
boshlangan. 1837 yilda konstitutsiya qonunlariga rioya qilmagani uchun
Gannover qiroliga qasamyod qilishdan bosh tortishgan va universitet
professori la-vozimlaridan chetlatilgan. 1841 yildan Berlin universitet
professorlari va Prussiya FA aʼzolari sifatida faoliyat olib borishgan. A.-u.G.
nemis roman-tiklarining Geydelberg guruhiga mansub boʻlib, oʻrta asrlar
nemis yozma madaniyati namunalarini eʼlon qilishgan va shu davrda
yashagan min-nezinger va meysterzingerlar ijodini oʻrganishgan. A.-u.G.
nemis folk-lorshunosligida mifologik maktabga asos solganlar, xalq ijodini,
til-shunoslikka
oid ishlarida boʻlganidek, qiyosiy metod asosida
oʻrganganlar. "Nemis mifologiyasi" (1835) kitobi va hayvonot eposining
paydo boʻlishi haqidagi nazariyasi nafaqat nemis folklori, balki turli xalqlar
mifologiyasini oʻrganishda muhim rol oʻynagan. Har biri 2 j.dan iborat nemis
xalq ertak va rivoyatlari ("Bo-lalar va oila ertaklari", "Nemis
rivoyatlari")ning nashr etilishi A.-u.G. ning eng katta xizmati hisoblanadi.
Ular ertak va rivoyatlarni yozib olishda xalq tili va fantaziyasining oʻziga
xosligini toʻla saqlab qolishni folklorshunoslikning asosiy tala-bi, deb bildilar
va har bir ertakka bergan izohlarida shu ertaklarning Yevropa xalklari
folkloridagi barcha nusxalarini qayd etishga intildilar. Ularning fikriga koʻra,
ertaklar olamidagi mushtaraklik "otamif" ning mavjudligi va uning yagona
ajdodning merosi sifatida turli xalqlar oʻrtasida tarqalganligi bilan izohlanadi.
Bu mifologik nazariya uzoq yillar mobaynida hukm surganiga qaramay,
keyingi vaqtda oʻz tasdigʻini topmadi. A.-u. G. filolog olimlar sifatida 2 j.li
"Nemis tili tari-xi" (1848) va 4 j.li "Nemis gramma-tikasi" (1819—37)
tadqiqotlarini ham yaratganlar. A.-u.G.ning ertaklari jahon xalklarining
koʻplab tillariga tarjima qilingan va bu ertaklar asosida teatr, kino, musiqa va
tasviriy sanʼat asarlari yaratilgan.
Oʻqish, oʻz ustlarida qattiq ishlash Grimmlar uchun baxt yoʻli boʻldi.
Ular avval Gettingen, keyinchalik esa Berlin universitetining professorlari
boʻldilar. Yakob olmon tili grammatikasi va mifologiyasini, Vilgelm oʻrta asr
olmon adabiyoti va xalq ogʻzaki ijodini oʻrgana boshladilar. Olmon xalq
ogʻzaki ijodining gullab-yashnashiga, olam kezishiga bir koʻprik yasadilar.
Nihoyat, 1812 yilda Grimmlar tomonidan yozilgan ertaklar bir necha jildli
“Bolalar va oilaviy ertaklar” yuzaga keldi. 1815-yilda 2-jild, 1822-yilda esa
har ikkala jildni umumlashtiruvchi uchinchi jild bosilib chiqdi.
Grimmlar ertaklarning koʻpchiligini bevosita ertak aytuvchilardan
tinglab, baʼzilarini esa dehqonlar bilan suhbatlashib yozib oladilar. Xalqdan
olingan ertaklarning har biri Grimmlar tomonidan qayta ishlanib, badiiy tus
olib, yana xalqqa qaytariladi.
Grimmlarning uch jildlik kitobiga ikki yuzdan ortiqroq ertaklar jamlangan
boʻlib, unda mualliflar koʻproq afsonaviy, maishiy va hayvonlar haqidagi
ertaklarni umumlashtirishga harakat qilganlar. Har bir ertakda saxiylik,
mehnatsevarlik, botirlik kabi fazilatlar bilan birga, qoʻrqoqlik ustidan kulish,
dangasalik va yolgʻonchilikni qattiq qoralash birinchi oʻrinda turadi. Shunisi
ham quvonchliki, koʻpincha Grimmlar ertaklarining asosiy qahramonlari
shoh va shahzodalar emas, balki kambagʻal, beva-bechoralarning oʻgʻil-
qizlari, choʻpon yoki askar boʻladi. Ular oʻzlarining ibratomuz ishlari bilan
ertak tinglovchida chuqur taassurot qoldiradi.
Aql bilan ish koʻrish, bilimdonlik “Tilla gʻoz”, “Shishadagi arvoh”, “Uch
aka-uka” ertaklarida yaxshi berilgan.
Grimmlarning dunyoga mashhur “Zolushka”, “Qor qiz” ertaklarining
qahramonlari hammadan turtki yeydigan, soʻkish eshitadigan va eng past
hamda qiyin yumushlarni bajaradigan qizlar boʻlib, ertak davomida
oʻzlarining halol mehnatlari, yoqimli soʻz va tabassumlari bilan baxtiyor
boʻladilar.
Grimmlarning “Quyon bilan tipratikan”, “Boʻri va tulki” asarlari masal
janriga yaqin turishi bilan kitobxonda katta taassurot qoldiradi.
“Yalqov Geyns”, “Gansning baxti”, “Botir tikuvchi”, “Yosh pahlavon”,
“Bremen musiqachilari” kabi ertaklari oʻzbek bolalarining ham sevimli
asarlariga aylanib qolgan.
“Yosh pahlavon” ertagidagi botir qiyofasi kichik maktab yoshidagi
oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotadi. U halol, pok inson boʻlib, rostgoʻylik,
toʻgʻrisoʻzlik shaydosi. Shu sababga koʻra u yoʻlida uchragan har qanday
toʻsiq va gʻovni shoshilmay, jasorat va mardlik bilan yengadi, maqsadiga
erishadi.
“Botir tikuvchi”ning sujeti koʻpchilikka yaxshi tanish. Qahramon nogahon
bir nechta pashshani bir urishda nobud qilish bilan oʻziga oʻzi botir, dovyurak
tamgʻasi – shiorini yozib, yelkasiga osib oladi. U baxtini, taqdirini sinab
koʻrish, peshanasida borini qoʻlga kiritish maqsadida safarga otlanadi.
Botir tikuvchi tadbirkor, epchil, chaqqon. “Qochib qolguncha otib qol”
qabilida dovyuraklik bilan ish koʻrishi unga katta shuhrat keltiradi. Gʻorda
behisob devlar ustidan puxta-pishiqligi bilan gʻolib chiqadi. Dev koʻtarib
olgan daraxt shoxlari ustida qush kabi yengil oʻtirishi, devlarning savollariga
qoʻrqmay, ustalik bilan javob berishi asrlar osha kitobxonni hayratga solib
kelmoqda.
Botir tikuvchi uchun ogʻir sinov oʻrmondagi ikki pahlavon bilan
“olishuv” boʻladi. Podshoh tomonidan ikki pahlavonlarni magʻlub qilish
vazifasini olgan botir tikuvchi tavakkal qilib yoʻlga tushadi. Ustlariga tosh
tashlash hisobiga ular oʻrtasida nifoq chiqaradi. Ikki jangchi bir-birini tosh
bilan urib nobud qiladi.
Tadbirkor yigit bilimdonlik, oʻylab ish koʻrish bilan oʻrmondagi
shoxdor maxluq ustidan gʻolib chiqadi.
Botir tikuvchining yumshoq soʻzligi, muloyimlik bilan ish koʻrishi
yosh kitobxonda yaxshi taassurot qoldiradi. Ularda ham xuddi oʻsha botir
tikuvchi kabi yetuk insonlar boʻlishga, botir, pahlavon boʻlishga havas
uygʻotadi.
Aka-uka Grimmlarning qaysi asarini olmang, hammasida ham, eng
avvalo, mehnatkashlik, mehnatga muhabbat gʻoyasi yotadi. Ikkinchidan, har
qanday holda ham, har qanday mushkul ish boshiga tushganda ham oʻsha
qahramon chora qidiradi, tadbirkorlik, ishbilarmonlik yoʻlidan boradi va
ofatdan qutuladi. Tulki kabi hiyla va makr ishlatadigan jonivor boʻlmasa
kerak. Grimmlar ularga qarama-qarshi qilib gʻozlar obrazini yaratishadi.
Gʻozlar har doim chorasiz – boʻsh, begʻam hayot kechiradilar. Grimmlarda
vaqti kelganda oʻsha boqibegʻam gʻozlar ham sergak, tetik, tadbirkor,
ishbilarmon boʻlib ketishlarini, olgʻir, muttaham tulkilarni ham dogʻda
qoldirishlarini kuzatamiz.
Tulki oʻtloqda yurgan gʻozlarni yemoqchi. Ular oʻlimlari oldidan bitta
qoʻshiq aytib, soʻngra tulkiga yem boʻlishlarini soʻraydi. Ammo uzundan
uzoq “gʻa-gʻa”lari tulkini zeriktiradi, uning tinka-madorini quritadi, oxiri
gʻoz – oʻljadan voz kechishga majbur boʻladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |