‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy psixologiya


IRODANING INSON EHTIYOJ VA MOTIVLARIGA



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/253
Sana27.08.2021
Hajmi5,99 Mb.
#157064
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   253
Bog'liq
77umumiypsixologiyapdf

IRODANING INSON EHTIYOJ VA MOTIVLARIGA 
BOG‘LIQLIGI
Irodaga  motivatsion  yondashuv  dastavval  Aristotel  asarlaridan 
boshlangan.  Keyinchalik,  fransuz  olimi  Rene  Dekart  bu  masalani 
atroflicha o ‘rganishga kirishgan.  U Aristotel  farqli ravishda irodani 
insonni xatti-harakatlarga undovchilar ruhning xohishi, deb qaray- 
di  va  uni  reflektorga  bog‘liq  bo‘lmagan  ruhiy  hodisa,  deb  reflek- 
tor haqidagi  ta’limotni  kengaytiradi.  Irodaning  asosiy  vazifasi  deb 
tushuntiradi.  Dekart  ehtiroslami  (his-hayajonlami)  jilovlab,  tan- 
langan  (belgilangan)  xatti-harakatlami  bajarishdan  iboratdir,  deb 
ta’kidlaydi.  Iroda  tashqi  narsalar  ta’sirida  tug‘iladi,  xohish  esa 
bevosita  ruh  asosida  paydo  bo‘ladi.  Ya’ni  ruhning  mahsuli.  Iroda 
ehtiroslarga  qarshi  kurashishi,  vujudning  ehtirosga  qaratilgan  ha- 
rakatlarini  tormozlab  qo‘yishi  mumkin.  R.Dekart  aqlni  irodaning 
quroli  deb  tushuntiradi  va  yaxshilik  hamda  yomonlik  to‘g ‘risida 
qat’iy hukmga ega bo‘lgan ruhni kuchli ruh deb hisoblaydi. Yaxshi- 
likka undovchi, shu yo‘lda faol bo‘lgan irodaviy harakatlami kuchli 
ruhning namoyon bo‘lishi deb qaraydi.  Shuningdek. ruh tomonidan 
yomonlik, deb qabul qilingan narsalardan tiyilishni ham kuchli ruh­
ning in’ikosi deb biladi.
Fransuz psixologi Teodol Arman Ribo jonli materiyaning vaziyat- 
da javob  berishini  oddiy  iroda  shakliga kiritadi.  Iroda  asosida  deydi 
u  “motivlashtiruvchi  kuch  sifatida  ehtiros  va  qiziqish  yotadi”.  Iro­
daning rivojlanishi  deb ko‘rsatadi Ribo,  “bu reflektor reaksiyalardan 
mavhum (abstrakt) g ‘oyalarga undovchi, xatti-harakatlarga o ‘tishdan 
iboratdir....”
Amerikalik psixolog  U.Jeyms  ishlarida  ikki va undan  ortiq xatti- 
harakatlar  g‘oyasi  bo‘lganda  ulardan  birini  tanlab  olish  irodaning 
asosiy  vazifalaridan  (funksiyalaridan)  hisoblanadi,  deb  ko‘rsatadi. 
Tanlab  olish zaruriyati  esa  irodaviy xatti-harakatlarga undovchi  me- 
xanizmlar xususiyati bilan belgilanadi.  Raqobatli  g ‘oyalarning mav- 
judligi  inson  tasavvuridagi  g‘oyaning  harakatga  kelishiga  to‘sqinlik 
qiladi.  Demak,  xatti-harakatga  o‘tish  uchun  g ‘oyalardan  biri  tanlab 
olinishi  va uni  amalga oshirishga qaror qabul qilinishi kerak.  Bu  xil
210


tanlov  qiziqishlar asosida bo‘lib, u jon tomonidan tasdiqlanishi yoki 
inkor qilish qobiliyati tariqasida qaraydi. Xohish esa biror-bir buyum- 
ga intilish yoki jirkanishdir.  “Iroda va aql -  bir narsa”.
Irodaviy harakatlarda maqsadga erishish, qiyinchiliklami yengish- 
ning  shartlari  ko‘p.  Bularning  asosiylari  o‘zini  o ‘zi  ishontirish,  dun- 
yoqarash, qo‘yilgan maqsadning ahamiyati, xohish va albatta irodani 
boshqara bilish.
Maqsadga  erishish  va  qiyinchiliklami  yengishda  harakat  maqsa- 
dining  ahamiyati  odam  o‘zining  oldiga  qanday  maqsad  qo‘yganiga 
bog‘liq  bo‘ladi.  Qo‘yilgan  maqsad  qanchalik  ahamiyatli  bo‘lsa, 
shunchalik qiyinchiliklar yengib o‘tilishi mumkin. Aksincha, qancha­
lik maqsad kichkina,  kam  ahamiyatli  bo‘Isa,  odamda  shu  maqsadga 
erishish  xohishi  shuncha kam bo‘ladi.  Bu  esa  o‘z-o‘zidan  qo‘yilgan 
maqsadga erishishda paydo bo‘ladigan to‘siq va qiyinchiliklami yen­
gib o‘tishga xalal beradi va ba’zan qo‘yilgan maqsadga umuman eri- 
shilmaslik ham mumkin.
Psixologiyada yetarli darajada qat’iy fikr qaror topgan bo‘lib, iro­
da  -   bu  insonning  qo‘yilgan  maqsadlariga  erishishga  yo‘naltirilgan 
ong  faolligidir.  V.I.Selivanov  irodani tadqiq etish negizida ba’zi xu- 
losalami chiqaradi:
a)  Iroda -  bu  shaxsning  o‘z  faoliyatini va tashqi  olamdagi  o ‘zini 
o ‘zi boshqarilish shakllarining anglanish tavsifidir;
b)  Iroda  -   inson  ongining  bir  tomoni  bo‘lib,  u  ongning  barcha 
shakl va bosqichlariga taalluqlidir;
d) Iroda -  bu amaliy ong, shaxsning o‘zini ongli iroda qilishlikdir;
e)  Iroda  -   bu  shaxsning  hissiyoti  va  aql-zakovati  bilan  bog‘liq 
bo‘lgan xususiyatdir.
S.L.Rubenshteyn  irodaning  tanlovchanlik  funksiyasini  tan  olib, 
irodaviy ongning to‘rt bosqichini ko‘rsatib o ‘tadi.
1. Maqsad qo‘yish -  xohish-istaklaming (aktuallashuvi) dolzarbligi.
2. Motivlar kurashi va muhokamasi.
3. Harakatga o ‘tishga qaror qabul qilish.
4.  Qarordan harakatga o‘tish.
Har qanday irodaviy harakat deb yozadi  S.L.Rubenshteyn,  o‘zida 
ongli tanlov va qaromi aks ettiruvchi tanlovchanlik akti hisoblanadi.
211


Bu  fikrga  hamohanglik  N.I.Ivanov,  V.Frankli,  P.Ya.Galperin  kabi 
tadqiqotchilar asarlarida ham uchraydi.
Odamning irodaviy faoliyati o ‘ziga xos xususiyatga ega b o ‘lib, 
uning mohiyati  shundan iboratki, bunda  shaxs  o ‘z  oldiga qo‘ygan 
va  uning  uchun  muhim  ahamiyat  kasb  etuvchi  maqsadlariga  o‘zi 
uchun  kamroq  qiymatga  ega  bo‘lgan  xatti-harakat  motivlarini 
bo‘ysundiradi.  Qolaversa,  ustuvor  (yetakchi,  dominant)  motiv- 
lar  (ichki  turtkilar)  qo‘shimcha  ko‘makchi  motivlarni  muayyan 
y o ‘nalishga  yo ‘naltirib,  ularni  umumiy  (yaxlit)  maqsadga  xizmat 
qildiradi.
Umumiy psixologiya predmetiga  daxldor  та ’lumotlarni  umum- 
lashtirish  irodaviy faoliyatning о ‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar- 
dan iborat ekanligiga imkon yaratdi:
1)  irodaviy  harakatlarni  shaxs  doimo  ularning  subyekti  sifatida 
amalga oshiradi;
2)  irodaviy akt,  harakat shaxs  tomonidan  to ‘la-to ‘kis  mas ’ullikni 
olgan ish,  amal,  akt sifatida ichdan (ruhiy dunyosida) kechiriladi;
3)  irodaviy faoliyat  tufayli  inson  ko'p jihatdan  o'zini  o ‘zi  shaxs 
sifatida anglaydi (o ‘zlikni anglash bosqichi yuzaga keladi);
4)  irodaviy faoliyat  ta sirida shaxs  о ‘zining  hayot yo ‘lini  hamda 
taqdirini  о ‘zi  belgilashi  short  ekanligini  tushunib yetadi.  Shu  bilan 
birga irodani faollashtiruvchi va uni jilovlab turuvchi (tormozlovchi) 
funksiyalari birgalikda,  uyg ‘unlikda hukm sursagina,  muvofiqlik yu ­
zaga  kelishi  mumkin, faqat  ana  shundagina  shaxsni  о ‘z  maqsadiga 
erishish  yo ‘lida  uchraydigan  to ‘siqlarni,  qiyinchiliklami yengishni 
kafolatlashi to ‘g  ‘risida mulohaza yuritsa bo ‘ladi.
“Iroda”  deyilganda  ko‘pchilikning  ko‘z  oldiga  sportchilaming 
xatti-harakati,  o ‘zini  tutishi  keladi.  Shu  o ‘rinda  bolgar  psixologi
F.Genov  tomonidan  taklif  etilgan  sportchilaming  irodaviy  sifatlari 
klassifikatsiyasi  diqqatga  sazovordir.  Bu  klassifikatsiyaga  sportning 
hamma turi uchun umumiy bo‘lgan Z ta irodaviy sifat: intiluvchanlik, 
intizomlilik,  ishonchlar kiritilgan.  Qolgan  irodaviy sifatlar quyidagi- 
cha bo‘linadi:  1)  ma’lum  sport turi uchun eng muhim jihat,  2)  «eng 
muhim»ga yaqin jihat, 3) keyingisi.

Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish