Vaqtni idrok qilish. Vaqtni idrok qilinishi voqelik hodisalaming
obyektiv ravishda doimiyligini, tezligi va izchilligini aks ettirish de
makdir. Vaqtni idrok qilish kishiga muhitdan mo‘ljal olish imkonini
beradi.
Odamda vaqtni chamalash miya qobig‘i bo‘lmalarida ro‘y beradi.
Miya qobig‘ining ma’lum bir joyida vaqtni chamalash ro‘y beradi,
vaqtni sarhisob qilishning maxsus markazi mavjud degan taxmin
asossizdir. Vaqtni idrok etilishi negizini qo‘zg‘alish va tormozla-
nishning ritmik tarzda almashinuvi, markaziy nerv sistemasida, bosh
miya yarimsharlarida qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari susayi-
shining oqibati deb hisoblash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |