LIBERALIZM
SIYOSIY
VA
HUQUQIY
G`OYALARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
R E J A
:
1. Liberalizm siyosiy va huquqiy ta`limoti g`oyalarining shakllanishi
2. Benjoman Konstant, Meremmya Benjamning siyosiy va xuquqiy
qarashlari
3. XX asr liberalizmining xususiyatlari
4. Mavzu yuzasidan tayanch so`z va iboralar
Liberalizm siyosiy va huquqiy ta`limoti g`oyalarining
shakllanishi
XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmida g`arbiy Evropada kapitalizm qaror
topdi va rivojlandi. Sanoatda yuz bergan keskin o`zgarishlar manufaktura ishlab
chiqarishning yirik mashina indistriyasi bilan almashuv jarayonining tezlashtirdi. Bu
jarayon eng oldin Angliyada, keyin Frantsiya va boshqa Evropa mamlkatlarida yuz
berdi. Yirik sanoat, savdo, aloqa vositalarini rivojlanishi, umumjaxon bozorining
vujudga kelishi va boshqalar kapitalizmning jaxon ijtimoiy-iqtisodiy tizimiga
aylanishini ta`minladi.
Mana shu o`zgarishlarga mos xolda siyosiy-huquqiy tizim vujudga kela boshladi.
XIX- asrning birinchi yarmida inson huquqi va erkinliklarining mustaxkamlanishiga
mos konstitutsiyalar qabul qilindi. Xususiy va davlat huquqi tizimi tashkil topdi.
Siyosiy partiyalarning harakati faollashdi. Konstitutsionalizm va siyosiy vakolatchilik
institutlari vujudga kela boshladi. Konstitutsion monarxiya va respublika shaklidagi
zamonaviy vakolatli davlatlar paydo bo`la boshladi. Siyosiy hayotda erkinlik va
taraqkiyotga, qonunchilikka intilish kuchaydi. g`arbiy Evropada o`rnatilgan
kapitalistik tuzum o`zining mafkurasini liberalizmda ifoda qildi.
Liberalizmning asosiy g`oyalari: har bir shaxs qadr-qimmat va erk egasi va o`z
xarkatlari uchun mas`uldir; shaxs erkinligining zaruriy sharti xususiy mulkdir; erkin
bozor, erkin raqobat va erkin tadbirkorlik, teng imkoniyatlar; siyosiy soxada-
hokimiyatlar bo`linishi, qonun ustivorligi, huquqiy davlat g`oyasi; shaxsning asosiy
huquk va erkinliklarini kafolatlash; umumiy saylov ququqi va boshqalar.
Liberalizm turli ijtimoiy-tarixiy va milliy-madaniy sharoitlarda shakllandi va
rivojlandi. Unda turli xil bir-biridan farq qiladigan qirralar, bosqichlar va qarama-
qarshiliklar borligini ko`rish mumkin. Turli davrlarda u har xil shakllarda namoyon
bo`ldi.
Bu xolni xisobga olsak turli xil liberalizm borligi haqida tasavvur paydo bo`lishi
mumkin.
Lekin liberalizmning xillari ko`p bo`lishidan qat`iy nazar uning ildizlari, asosiy
g`oya, tamoyil va ideallari umumiydir. Mana shu umumiylik liberalizmning ijtimoiy-
siyosiy fikrning maxsus turi sifatida namoyon qiladi. Liberalizmning ildizlari
uyg`onish davrlari bilan bogliq. Uning boshlanishida J.Lokk, Sh.L.Montesk`e, I Kant,
T.Djefferson
va
boshqalar
turgan
edilar.
Liberalizmning
shakllanishiga
marifatparvarlik harakatining
namoyondalari, nemis klassik falsafasi vakillari ham muxim xissa qo`shdilar.
Yuqorida ko`rganimizdek, ular o`z qarashlari bilan bir biridan farq qilsalarda,
ularning barchasi o`z davrining muxim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarini
hal qilishda eskirib qolgan qadriyat va yondashuvlarni, o`z samaradorligini yo`qotgan
ijtimoiy-siyosiy va davlat institutlarini yangidan qurish zarurligini anglaganlar.
Mana shunday yondashuv asosida klassik liberalizm merosiy hokimiyat
shakllarini, tabaqaviy imtiyozlarni inkor qildi. Uning vakilalari yakka individning erki
va tabiiy kobiliyatlarini birinchi o`ringa qo`ydilar. Har bir odamning yashash, erkinlik
va xususiy mulkka ega bo`lish huquqlari g`oyasi zamirida mana shu individualizm
yotadi. Siyosiy va grajdanlik erkinliklar iqtisodiy erkinlikdan chiqarildi. Individual
erkinlik g`oyasining shakllanishi va qaror topishi davlat va shaxs munosabatlari,
davlatning individ ishlariga aralashish chegaralari muammosi aniq ajralib chiqa
boshladi. Shu qoidalar asosida huquqiy va siyosiy kontseptsiyalar vujudga keldi. Bu
kontseptsiyalar huquq har bir individning qadr-qimmati va ekrkinligini himoya qilish
vositasi sifatida talqin qilindi.
Bu individualistik ideal tadbirkorlik,
mehnatsevarlik, yangilikka intilish kabi fazilatlarni shakllanishiga turtki buldi.
Kapitalizmning o`zgaruvchan tizim sifatida rivojlanishida mana shu qadriyatlar katta
rol o`ynadi. Liberalizmning vakillari insonning iqtisodiy, jismoniy va intelektual
erkinligi, maqsad va manfaatlarini amalga oshirish yo`lida teng imkoniyat va
huquklarga ega bo`lishi uchun kurashdilar. Liberalizm inson hayotining yangi
harakatchan kuchlarini ochdi. U Evropaga tadbirkorlik va biznes yo`lidan har qanday
to`sqinlarni uloqtirib tashlashni o`rgatdi. erkinlik bo`lmagan erda tadbirkorlik
rivojlanmasligini ko`rsatdi.
Liberalmzm ijtimoiy hayotning barcha sohalarida plyuralizm printsipi joriy
qilinishini talab qildi. Ijtmmoiy soxada turli sinf, qatlam va toifalar, manfaatdor
guruhlar erkinligi; madaniy sohada turli xil milliy madaniyatlar, smyosiy sohada-
siyosiy harakatlar, partiya va jamoat tashkilotlari erkinligi.
Liberalizmning shaxs erkinligi talabalaridan har kim xoxlaganinm qilishi
mumkmn degan xulosa chiqmaydm Shaxs erkinlmgi g`oyasining ajralmas ikkinchi
tomoni shaxsning jamiyat oldida ma`sulligi g`oyasidir. Liberalmzm vakmllari
umumiy baxt-saodatning ta`minlashda davlat ijobiy rol o`ynashi mumkinligini ham
inkor qilmaydi.
Konstitutsiyaviylik, parlamentarizm va huquqiy davlat qadriyati va printsiplarini
ishlab chiqishda liberalizmning roli katta bo`ldi.
Umuman olganda lmberalizm dogmatizm, sxematizmga zid tafakkur tarzidir.
Unda o`zgarmas, bir xil me`yor va qoidalar yo`q. Lmberalizm sharoitning o`zgarishi
bilan o`zgarib bordi, unga moslashdi. U o`z vazifasini o`tab bo`lgan ijtimoiy-siyosiy
institut, me`yor va qadriyatlarni qayta ko`rib chiqish, xatto ularni o`zgartirishdan ham
qo`rqmadi. Liberalizm vakillarining ko`pchiligi klassik merosni o`zgaruvchan
sharoitga moslashtirish bilan band bo`lganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |