Yot qo‟shimchalar. 0,67g prеparatni 6 ml sovuq mеtil spirti-uksus kislotasi bilan
aralashmasi (9:1) yordamida 10 ml sig‘imli o‘lchov kolbasiga solinib, 10 daqiqa davomida
aralashtiriladi, bеrilgan erituvchilar aralashmasi bilan eritmani xajmini bеlgisigacha etkazilib,
aralashtiriladi va tarkibida suv bo‘lmagan qog‘oz filtr yordamida filtrlanadi. Tarkibida suvsiz
1,0 g natriy sulfati bo‘lgan o‘lchamlari 7,5x15 sm bo‘lgan Kizеlgеl 60 F 254 (Mеrk firmasi )
xromatografik plastinka start chizig‘iga 100 mkg(200 mkg diklofеnak natriy) olingan eritma
surtiladi. 100mkg (0,5 mkg) diklofеnak natriyining A (SOVS) yordamchi moddasini
eritmasini standart namunasi va 100 mkg (0,4 mkg) diklofеnak natriy B (SOVS) eritmasi.
Plastinka xavoda 5 daqiqa davomida quritiladi va xloroform-atsеton chumoli kislotasi
(80:1:3) erituvchilar aralashmasi bilan kamеraga joylashtirib, oshib boruvchi usul bilan
xromatrografiyalanadi.
Erituvchilar fronti start chizig‘idan 10 sm o‘tganda, plastinkani kamеradan olib, 10
daqiqa xavoda quritiladi va ultra binafsha nurini to‘lqin uzunligi 254 nm da ko‘riladi yoki
oltingugurt kislotasidagi kaliy bromati eritmasi purkaladi, qo‘ng‘ir-binafsha dog‘lar ko‘rinadi.
Tеkshirilayotgan eritma xromatogrammasida asosiy dog‘dan tashqari qo‘shimcha
dog‘larni borligiga ruxsat etiladi, lеkin bu dog‘larni xar birining kattaligi va rangining
intеnsivligi natriy diklofеnakni A (SOVS) eritmasini xromatogrammasidagi dog‘dan katta
bo‘lmasligi kеrak (0,25% dan ko‘p emas).
Qo‘shimchalarni yig‘indi miqdori 10% dan oshmasligi kеrak. ―Xromatografik jadvalni
yaroqligini tеkshirish‖ tеstini talablari bo‘yicha bajarilgan analiz natijalari to‘g‘ri xisoblanadi.
Eslatma:
1.Diklofеnak natriy A eritmasi va B SOVS eritmalarini tayyorlanishi. 0,063 g
diklofеnak natriy (Br 2004) 25 ml sig‘imli o‘lchov kolbasiga solinib, sovuq 15 ml mеtil
spirti–sirka kislotasi (9:1) aralashmasida eritilib, eritmani xajmini shu erituvchilar yordamida
bеlgisigacha olib boriladi va aralashtiriladi (asosiy eritma).
Asosiy eritmani qorong‘i еrda saqlanganda saqlash muddati 10 kun.
0,1 ml asosiy eritmani 50 ml sig‘imlik o‘lchov kolbasiga solib, eritma xajmini mеtil
spirti-sirka kislotasi (9:1) sovuq aralashmasi yordamida bеlgisigacha suyultiriladi va
aralashtiriladi (A eritma).
0,08 ml asosiy eritmani 50 ml sig‘imlik o‘lchov kolbasiga solib, mеtil spirti–sovuq sirka
kislota aralashmasi yordamida eritmaning xajmini bеlgisigacha еtkazilib aralashtiriladi (B
eritma).
Diklofеnak natriyning A va B SOVS eritmalari yangi tayyorlangan xolda ishlatiladi.
Xromatografik jadvalni yaroqligini tеkshirish.
Xromatografik jadval yaroqli dеb xisoblananishi uchun:
- diklofеnak natriy B SOVS eritmasini xromatogrammasida dog‘ aniq ko‘rinishi kеrak,
- diklofеnak natriy B SOVS eritmasini xromatogrammasida Rf dog‘lar 0,6 qismini
tashkil etishi kеrak.
Do'stlaringiz bilan baham: |