ON LINE rejimida maslahatlar chat texnologiyasidan foydalanib amalga oshiriladi.
Tyutor maslahatlar beriladigan vaqt haqida avvaldan elektron pochta orqali ta‘lim
oluvchilarga xabar beradi. Bunday maslahatlar o‗zlashtirilishi murakkab bo‗lgan mavzularga
duch kelinganda; amaliy mashg‗ulotlarni bajarishda kutilmagan savollarga javob topishda;
yangi materiallarni taqdim etishda; mutaxassislar bilan muloqot qilishda amalga oshiriladi.
Mustaqil ta‘lim tizimida elektron maslahatchidan foydalanishda Ta‘lim oluvchi dastlab
tezkor javob olish uchun ON LINE rejimida mutaxassisdan maslahat oladi, agar ushbu javob
uni qoniqtirmasa, yoki tegishli javobni topa olmasa u OFF LINE rejimida yuqori malakali
mutaxassisdan maslahat olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |