27-Mavzu. Indometatsin quruq qiyomini saqlanish muddatini belgilash.
Maqsad.Har qanday farmatsevtik ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan ishlab
chiqarilgan dori vositalarining turg‗unligini ta‘minlash orqali ularning saqlanish shart-
sharoitlarini to‗g‗ri tanlash va yaroqlilik muddatlarini ha tabiiy, ham ―tezlashtirilgan‖ usullar
yordamida belgilash.
Mavzuning ahamiyati. Tayyor dori vositalarining turg‗unligini ta‘minlash, ularning
saqlanish sharoitlarini belgilash va yaroqlilik muddatlarini o‗rnatishda alohida ahamiyatga
ega. Sababi tayyorlangan har qanday tayyor dori vositasi qanchalik turg‗un bo‗lsa,
shuningdek, uning saqlanish sharoitlari to‗g‗ri tanlangan bo‗lsa, bunday dori vositalarining
yaroqlilik muddatlari shuncha uzoq bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |