Surtmaning bir xilligi. Preparat DF XI, 2 tom, b.145-146 talabiga javob berishi kerak.
Surtma bir xil ko‘rinishda bo‘lishi kerak. Bir xillikni aniqlash uchun surtmadan 0,02 g dan 4
ta namuna olinadi, 2 tadan namunani buyum oynasiga qo‘yiladi. Oynani ikkinchi buyum
oynasi bilan yopiladi va diametri 2 sm atrofidagi dog‘ hosil bo‘lguncha zich berkitiladi.
Dog‘lar qurollanmagan ko‘z bilan qaralganda (30 sm uzoqlikda) 4 ta namunadan 3 tasidagi
dog‘larda ko‘rinadigan zarrachalar kuzatilmasligi kerak. Agar dog‘lardagi zarrachalar
miqdori ko‘p bo‘lsa yana 8 ta namunada qayta sinov o‘tkaziladi.
Bunda ko‘rinadigan zarrachalar faqatgina 2 ta dog‘da bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Dori vositasidagi zarrachalar o‘lchami. Zarrachalarning o‘lchami 180 mkm dan katta
bo‘lmasligi kerak (DF XI, 2 tom, b.146).
Do'stlaringiz bilan baham: |