225
Kerakli asbob-uskunalar va reaktivlar: 250 hajmli konik kolba,, izooktan eritmasi,
spirt, dimetilsulfoksid, ―qora lenta‖ turidagi qog‗oz filtr, tarozi.
Tashqi ko„rinish.Och-sariq rangdan to‗q sariq rangacha bo‗lgan surtma.
Chinligi.1 g dori vositasini 250 hajmli konik kolbaga solib, 50 ml izooktan
eritmasidan, keyinchalik 25 ml spirt (80%, um/um ) R – dimetilsulfoksid R (2:1)
aralashmasidan qo‗shiladi. Kolbaning tarkibini 10-15 daqiqa aralashtirilib bo‗luvchi
voronkaga qatlamlarni ajratish uchun solinadi. Pastki qatlamni aniqlash uchun ishlatiladi (I
eritma). 0,25 ml I eritmani 19,75 ml spirt (95%, um/um) R (II eritma) bilan aralashtiriladi. II
eritmani optik zichligini 10 mm qatlam qalinligiga ega bo‗lgan kyuvetada solishtirish
eritmasi sifatida spirt (95%, um/um) R bilan spektofotometrda o‗lchanadi.
Ultrabinafsha nurlarini yutilish spektri II eritma uchun 250 dan 340 gacha bo‗lgan
chegarada (291±2)nm, (304±2)nm, (319±2)nm maksimumga ega bo‗lishi kerak.
(291±2)nm va (304±2)nm optik zichlikning (319±2)nm optik zichligiga bog‗liqligi 0,61
dan 0,73 va 0,83 dan 0,96 gacha chegara orasida bo‗lishi kerak.(DF RB, 2.2.25)
2,5 g surtmaga 10 ml suv R ni qo‗shib, suv hammomida eriguncha qizdirilib, tez tez
aralashtirilib turib, 3 daqiqa davomida davriy isitiladi, muzga qo‗yib, uni aralashtirilmasdan
sovutiladi va ―qora lenta‖ turidagi qog‗oz filtri orqali filtrlanadi.
Molibdenfosfornovolfram kislotasini natriyli tuzli eritmasi: 350 ml suv R, folframat
natriydan R 50 g, fosfornomolibden R 12 g va 25 ml konsentrlangan fosfor kislotasidan R
hajmi 500 ml bo‗lgan kolbaga solinadi va qaytarilgan muzlatgich bilan 2 soat davomida
qaynatiladi, sovutiladi, 500 ml hajmli o‗lchov kolbasiga o‗tkazilib, suv R bilan belgilangan
hajmgacha to‗ldiriladi va aralashtiriladi. Yaroqlilik muddati 1 yil, saqlash paytida to‗q
qo‗ng‗ir shishali idishlarda qopqop bilan zich yopib qo‗yiladi.
5 ml filtratga 2 ml molibdenfosfornovolfram kislotasini natriyli tuzi eritmasidan
eritmasini qo‗shilganda yashil rang paydo bo‗lishi kerak. Tekshiruvdagi rang intensivligi
nistatinsiz nazorat namunasidagidan oshmasligi kerak (nistatin).
1,5 g sutrmaga 5 ml sirka kilotasini R qo‗shib, suv hammomida eriguncha qaynatiladi,
tez tez aralashtirilib turib 3 daqiqa davomida davriy issitiladi, muzda aralashtirilmasdan
sovutiladi va ―qora lenta‖ turidagi qog‗oz filtri orqali filtrlanadi. 2 tomchi filtratga asta
sekinlik bilan (devor bo‗yicha) 2 ml konsentrlangan sulfat kislotasidan R qo‗shiladi,
bug‗latuvchi idishda aralashtiriladi; keyinchalik qo‗ng‗ir rangga o‗tuvchi pushti rang hosil
bo‗ladi (nistatin).
Do'stlaringiz bilan baham: