Mikroskopiya. Tashqi ko‗rinishi bo‗yicha chinligini aniqlashda ildiz va barglar turli xil
bo‗laklarga bo‗linib, ulardan mikropreparatlar tayyorlanadi. Bu mikropreparatlarni mikroskop
ostida (×70 - 280) qaralganda, quyidagi elementlar aniqlanadi:
- ildiz ko‗ndalang kesim yuzasidan qaralganda, birlamchi qobiq va po‗kak yo‗qligi
ma‘lum bo‗ladi;
- keng ikkilamchi qobig‗i kuchli rivojlangan;
- ikkilamchi qobig‗da keng;
- o‗zak nur hujayralari tashqariga kengaygani yaxshi ko‗ringan bo‗lib, elaksimon
naylardan tashkil topgan labcha tolalari va parenxim hujayralari bilan ketma ket joylashagan;
- elaksimon naylar kambiyga yopishishdan tashqariingichka qatlamdan iboratbo‗lib
,
qisilgan va shakli buzilgan labchadan iborat;
Labchalar konusi uzunlashgan, keng asosi tomoni kambiyga qaratilib, uzaygan yuqori
qismi labcha tolalari guruhining orasidan qiyshayib o‗tadi. Labcha tolalari kuchli qalinlashgan
devor va kichkina guruhga bo‗lib yig‗ilgan kichkina nuqtali bo‗shliq va kristalar bilan
o‗ralgan. Qobig‗ning parenxima hujayralari va o‗zak nur hujayralari oddiy, dumaloq yoki
tuxumsimon shakldagi kraxmal donachalarini saqlaydi. Yog‗ochlashgan po‗stloq qismi turli
xil ingichka va keng diametrdagi tomirlardan iborat bo‗lib, kraxmal saqlaydigan paranxima va
kristall qoplamli sklerenxim guruh hujayralardan iborat. O‗zak nur va parenxima yod eritmasi
bilan bo‗yalganda ko‗k rang hosil bo‗ladi, shakli buzilgan labcha bo‗yalmaydi va kul rangli,
tomirlari sariq, qobig‗ tolalari guruhi va yog‗ochlashgan qismi to‗q sariq rangda qoladi.
Uzunasiga – radial bo‗ylab kesilganda po‗stloq va yog‗ochlashgan qismida uzun, kuchli
qalinlashgan sklerinxim tolalari kristalsimon qobig‗ bilan o‗ralgani ko‗rinadi.
Yog‗ochlashgan qismining ingichka tomirlari – to‗rsimon, o‗rtacha kovak poralari va keng –
bochkasimon qisqa bo‗g‗imlarga va qiyshiq qatorlarda joylashgan rombsimon hoshiyalangan
poralardan iborat.(1 rasm, qizilmiya ildizi)
136
Barg yuqori tomondan qaralganda tepa qismida epidermis qatlami ko‗p burchakli
to‗g‗ri, kamdan-kam aniq, qalin yon devorli hujayralardan iborat. Epidermis hujayralarning
tomiri cho‗zilgan – qolganlari izodiametrik. Kutikula qismi qalin, bujmaygan qatlamli,
uzunasiga tomirlari qatlamli.
Hujayraning pastki qismidagi epidermisi mayda, kuchli egri bugri devorli. Kutikula
qismi yupqa, buchmaygan qatlamli, uzunasiga qatlamli tomirlardan iborat. Epidermis havoli
bo‗shliqlar ustida ko‗tarilgan bo‗lib, unda 1-2 og‗izchalar joylashgan. Og‗izchalar yirik, oval.
Bargning yuqori qismida og‗izchalar kam uchraydi, 4-5 og‗izsimon hujayralar joylashgan;
pastkii qismda ko‗p sonli 7-9 og‗izsimon hujayralar radial bo‗ylab joylashgan. Bargning
ikkala tomonidan kutikula qismining atrofi radial bo‗o‗ylab og‗izchalar qatlam hosil qiladi.
Bargning yuqori tomoni yarim yalang‗och, pastki qismi ko‗p sonli oddiy sochsimon
tolalar bilan o‗ralgan. Ular qisqa asosli, 3-6 hujayradan paydo bo‗lgan, oxirgi qismi uzun,
ipsimon, egri bugri hujayralardan iborat bo‘lib o‗zaro bog‗lanib ketadi (oqqaldirmoq bargi).
Boshqa barglarini yuqori qismini tepadan qaraganda epidermis qatlami hujayralari ko‗p
burchakli, to‗g‗ri yoki oz egri bugri devorlardan iboratligi ko‗rinadi. Kutikula qismining
ayrim joylari qatlamlarni hosil qiladi. Og‗izchalar dumaloq, 3-4 epidermis hujayrasi bilan
o‗ralgan. Sochlari oddiy va boshchali. Oddiy sochlari asos qiismiga qarab kengaygan, ko‘p
hujayrali, silliq. Boshchali sochlari ikki turdagi: bir hujayrali oyog‗i uzaygan, ikki hujayrali
boshchadan, kamdan kam hollarda boshchali hujayralar ko‗p hujayrali oyog‗li dumaloqsimon
yoki ovalsimon bir hujayrali boshchadan iborat. Hujayrani epidermis qismiga sochlarning
biriktirilgan qismi rozetkani hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |