dori vositalarining xavfsizligi — bu dori vositalarining samara- dorlik va sog‗liq
uchun xavf solish ehtimolining qiyosiy tahliliga asoslangan ta‘rif;
dori vositalari va tibbiy buyumlarning davlat reyestri — rasmiy hujjat bo‗lib, u
tibbiyot amaliyotida qo‗llashga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar ro‗yxatidan
iborat;
dori vositasi spetsifikatsiyasi hujjatlari to„plami — ishlab chiqarish bo‗yicha to‗liq
yozma yo‗riqnomalar, joylash, sifat nazorati bo‗yicha sinovlarni olib borish, seriyani ishlab
chiqarish va tekshiriluvchi dori vositasini yuklashga ruxsat berish to‗g‗risidagi barcha ax-
borotlarni saqlovchi ma‘lumotlar hujjatlari to‗plami;
Do'stlaringiz bilan baham: |