Bir pokdin va sofdil odam shayx Abul-Hasan Nuriydan:
— «Biz Haq taolo visoliga (jamoliga) yetishgunimizcha qanday yo‘llarni bosib o‘tamiz?
- deb so‘radi.
Abul-Hasan Nuriy bunday javob berdi:
— Sen aytgan manzil shunchalar uzoqki, oldinda nor - olovli va nurli manzil bor, bular
o‘rtasida yetti daryo uchraydi. Har bir daryoning oralig‘i juda uzoq, juda ham uzoq. Ana
o‘sha yetti daryodan o‘tganimizdan so‘ng qirg‘og‘iga yetib bo‘lmay-digan bir ulug‘ dengiz
keladi va undagi bir bahaybat nahang bir damda yetti daryoning suvini ichib qo‘yadi.
Biz yashaydigan ikki olam (dunyo va oxirat) o‘sha nahangga o‘xshashdir, u vaqgi
kelsa har ikki olamdagi barcha xalqni bir nafasda yutib yuboradi. Bu nahangning boshi
ham, dumi ham bizga ko‘rinmaydi. Mana shu ikki olamni pisand qilmaydigan, boshi va
oxiri qo‘rinmaydigan nahang Istig‘no dengizida suzadi.