YOSH MURIDNING TUSHIDA O’Z PIRINI KO’RGANI HIKOYATI
Dili oftobday charaqlovchi bir yosh murid bir kechasi tushida o‘z pirini ko‘rdi va unga
bunday dedi:
- Dunyoda bo‘layotgan ishlardan hayratdaman va dilim qon bo‘lib o‘tiribman. Sen
aytgan o‘sha joyda ishlar qanday ekan? Sen safarga ketganingdan so‘ng firoqingda dil
sham’ini yondiruvchi kechalar uzaydi. Sen ketgach, bu yerdagi ishlarga hayratlanib, jonu
dilim yonmoqda. Bu joyda sirli ishlar ko‘pligidan hayratdaman. Ey ustoz, u yokda
ishlaring qanday, shu haqda gapirib ber!»
Pir aytdi:
- Bu yerda ham (g‘alati ishlardan) hayron va mast bo‘lib qoldim. Qo‘lim, kaftim
dandon tishga aylanib, muguz bo‘lib qolgan. Biz bu yerda zindon va choh qa’ridamiz. Bu
joyda biz sizlardan ham hayronroqdirmiz. Bu yerdagi azob-uqubatlar shu qadar
hayratliki, men chekayotgan azob-uqubatlarning bir zarrasini dunyodagi yuzdan ziyod
tog‘lar ham ko‘tarolmaydi.