HUDHUDNING JAVOBI
Yo‘lni bilguvchi, shirin so‘zli Hudhud har narsaning mohiyatini anglovchi va har bir
fikrning ziyonu foydasini bilguvchi edi. U qushga qarab dedi:
- Ey shaydo va mag‘rur kishi, boshdan-oyog‘ingtashvishu g‘amga botgansan. Bu
dunyoning baxtiyorligi ham, baxtsizligi ham tez o‘tib ketadi. Bir nafasda o‘tib ketadigan
narsalar bo‘lmasa ham umr uning orzu-havasida o‘tib ketgusidir. Jahom o‘tar ekan, sen
ham uning bahridan o‘t. Unga mahliyo bo‘lma va tark et uni! Zero nimaiki doimiy,
ustuvor emas ekan, unga bog‘langan ko‘ngil ham tirik emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |