FARZANDI O’LGAN NODON ODAM HIKOYATI
Bir ablah — nodonning qalb mevasi — farzandi o‘lib qoldi. Bu ayriliqdan sabru toqati
qolmadi. Tobut orqasidan motamzada bo‘lib borardi, ohu nola chekib, zor yig‘lab, der
edi: «Ey dunyo ko‘rmagan, kun ko‘rmaganim nima bo‘ldi, baxt ko‘rmay jahondan
ketding». Bir bedil darvesh buni eshitib, ota ahvolini ko‘rgach, dedi: «Bu chaman, bu
tikanzorni yuz marta ko‘rish mumkin. Agar jahonni o‘zing bilan olib ketishni xohlasang
ham, baribir oxirida uni ko‘rmaganday o‘lib ketasan. Sen olamni tomosha qilguncha umr
o‘tib ketadi, qachon dardingga malham qo‘yasan? Xasis nafsdan ozod bo‘lmaguncha,
aziz joning nafs najosati ichida ko‘milib turaveradi».
Do'stlaringiz bilan baham: |