Xarakter va kishining tashqi ko‘rinishi. Tayanch tushunchalar



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana26.08.2021
Hajmi0,61 Mb.
#155826
1   2   3   4
Bog'liq
X. MENEJER-RAHBAR ShAXSI TIPOLOGIYАSI. (1)

                        

                      2. Temperament tiplarining tavsifnomasi. 

 Turli  temperament  tipiga  mansub  insonlarda  har  xil  xarakter  xususiyatlari, 

shaxs sifatlari, holatlari ro‘y beradi.  

Sangvinik  yuksak  reaktivlik.  Bo‘lar-bo‘lmas  narsalarga  qattiq  xoxolab 

kulaveradi.  Muhim  bo‘lmagan  fakt  qattiq  jahlini  chiqaradi.  Diqqatini  jalb  qilgan 

hamma  narsalarga  tetik  va  zo‘r  qo‘zg‘alish  bilan  javob  beradi.  Imo-ishoralari  va 

harakatlari  yaqqol  ko‘rinib  turadi.  Uning  aft-basharasiga  qarab  kayfiyatining 

qandayligini,  narsalarga  yoki  odamga  bo‘lgan  munosabatlarini  bilish  oson. 

Diqqatini tez bir joyga to‘playdi.  

Sust senzitivlikka ega. Sezgirlik chegarasi yuksak. Juda kuchsiz tovushlarni va 

yoruqlik qo‘zg‘ovchilarni payqamaydi. Aktivligi yuksak, juda g‘ayratli va ishchan, 

darslarda tez-tez qo‘l ko‘tarib turadi, toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, yangi 

ishlarga g‘ayrat bilan kirishadi. Faolligi va reaktivligi muvozanatli. Uni intizomga 

chaqirish  oson.  U  o‘z  hissiyotlarining  namoyon  bo‘lishini  va  o‘zining  ixtiyorsiz 

harakatlarini tez ushlab qola oladi. Harakatlari shiddatli, nutqi tez, yangi ishga tezlik 

bilan kirishadi, diqqatini tez to‘playdi. Aqli tez ishlaydi, topqir. Harakatlari nihoyat 

darajada  silliqlik  xususiyatiga  ega.  Hissiyotlari,  kayfiyatlari,  qiziqishlari  va 




intilishlari  juda  o‘zgaruvchan.  U  yangi  kishilar  bilan  tez  kirishib  ketadi.  Yangi 

talablar, yangi sharoitga osonlik bilan o‘rganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez ko‘cha 

oladi.  Malakalarni  tez  o‘zlashtiradi  va  tez  qayta  o‘zgartiradi.  Aqli  ixcham. 

Ekstrovertlik  xususiyatiga  ega.  O‘tgan  va  kelajak  hayot  haqida  tasavvurlariga 

qaraganda quyiroq tashqi taassurotlarga javob beradi. 

Xolerik xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda faollik 

bilan  ajralib  turadi,  lekin  faollikdan  reaktivlik  ustunlik  qiladi.  Shuning  uchun  u 

tinimsiz o‘zini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka qaraganda ozroq 

silliq  va  ko‘proq  qotib  qolgan.  Shuning  uchun  intilishlari  va  qiziqishlarida  katta 

barqarorlik, zo‘r qat’iylik bor, diqqatini ko‘chirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik 

tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga yetkazadi, ammo unga qiziqsa.  

Flegmatik  –  senzitivligi  sust,  hissiy  qo‘zg‘aluvchanligi  oz,  kuldirish,  jahlini 

chiqarish,  kayfiyatini  buzish  qiyin.  Ammo  bir  narsa  yuzasidan  qattiq  kulganda  u 

vazminligicha qolaveradi. Katta ko‘ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini 

buzmaydi. Imo-ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. G‘ayrati ishchanligi bilan ajralib 

turadi.  Yuksak  faolligi  oz,  reaktivligidan  ancha  ustunlik  qiladi.  Chidamliligi, 

matonati, o‘zini tuta bilish bilan ajralib turadi. Harakatlarining tempi va nutqining 

tempi  sust,  ifodasiz.  Diqqatini  sekinlik  bilan  to‘playdi.  Rigid  (qotib  qolgan), 

diqqatini qiyinchilik bilan ko‘chiradi. Yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. 

Introvert.  Yangi  odamlarga  qiyinchilik  bilan  qo‘shiladi.  Tashqi  taassurotlarga 

qiyinchilik bilan javob qaytaradi. 

Melanxolik  –  yuksak  senzitivlik  xususiyatiga  ega.  Sezgirligi  yuksak  (sezgi 

chegaralari  yuqori).  Arzimagan  sababga  ko‘ra,  ko‘zlaridan  yosh  oqib  ketaveradi. 

Nihoyatda arazchan, sekin yig‘laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O‘ziga 

ishonmaydi,  tortinchoq,  ozgina  qiyinchilik  tug‘iladigan  bo‘lsa,  qo‘lini  yuvib 

qo‘ltig‘iga  urib  qo‘ya  qoladi.  G‘ayratsiz,  qat’iy  emas.  Diqqati  tez  chalg‘iydi, 

barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertlik xususiyatiga ega. 

Iroda kishining oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishida qiyinchiliklarni engib 

o‘tishga qaratilgan faoliyati, xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o‘z-o‘zini 

boshqarishidir. Iroda shaxs faolligining alohida shakli, uning xulq-atvorini tashkil 



etishning u tomonidan qo‘yilgan maqsad bilan belgilana- digan alohida turidir. Shu 

ma’noda iroda to‘siqlarni engib o‘tishga qaratilgan aqliy, maqsadga yo‘naltirilgan 

psixik  faollik  bo‘lib,  maqsadga  intilishda  sodir  bo‘ladi  va  instinktlar  manbaida 

shakllanadi. 

Irodaviy  faoliyatda  shaxs  o‘zini  o‘zi  boshqaradi,  o‘zini  qo‘lga  oladi,  o‘zi 

nazorat qiladi. 

Iroda  tabiat  qonunlarini  egallab  oladigan  va  shu  tariqa  uni  o‘z  ehtiyojlariga 

ko‘ra o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladigan kishining mehnat faoliyatida paydo 

bo‘ladi. 

Iroda  o‘zaro  bog‘liq  ikki  vazifaning  bajarilishini  ta’min-  laydi.  Birinchisi  – 

undovchi, ikkinchisi – taqiqlovchi vazifalar. 

Undovchi vazifasi kishining faolligi bilan ta’minlanadi. Taqiqlovchi vazifasi 

faollikning yoqimsiz ko‘rinishlarini jilovlashda namoyon bo‘ladi. 

 Kishining harakatga undovchi mayllari ma’lum bir yo‘lga solingan tizimni – 

oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, issiq  va sovuqdan himoyalanish ehtiyojidan tortib, 

to ma’naviy, estetik va intellektual his-tuyg‘ularni boshidan kechirish bilan bog‘liq, 

yuksak  niyatlarga  borib  taqaladigan  motivlar  ierarxiyasini tashkil  etadi.  Irodaning 

undovchi  va  taqiqlovchi  funktsiyalari  bir  butun  holdagina  shaxsning  maqsadga 

erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishini ta’minlaydi. 

Odamlar qilgan ishlari uchun mas’uliyatni kimga yuklashga moyil bo‘lishiga 

qarab  sezilarli  ravishda  farqlanadilar.  Kishining  o‘z  faoliyati  natijalari  uchun 

mas’uliyatni tashqi kuchlar va sharoitlarga yuklashi  yoki aksincha, ularni shaxsiy 

kuch-g‘ayratlari  va  qobiliyatlariga  bog‘lashini  belgilaydigan  sifatlar  nazoratni 


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish