"(Ey insonlar,) Parvardigoringiz dillaringizdagi sirlaringizni juda yaxshi
Bilguvchidir. Agar sizlar yaxshi bo‘lsangizlar (ya’ni, ota-onalaringizning
huquqlarini tanib, ularga mehribon bo‘lsangizlar, albatta Alloh bilmasdan
qilgan gunohlaringizni mag‘firat qilur). Zero, u tavba qilguvchilarni Mag‘firat
etuvchi bo‘lgan Zotdir".
Tavba qiluvchi tavbasidan keyin oldingi zulm va gunohlarini boshqa qilmagan kishidir.
Dovud (a.s.) "Avvob" deb sifatlanadi.
Ey ko‘ngil, yoqdi vujudim yashirin noring sening,
Pishqirib chiqdi samoga oh bilan zoring sening!
Ko‘p g‘arib bir devonasan, aqlingni yig‘maysan hech,
Insonlar rasvosi bo‘lding, yo‘qmidir oring sening?
Abadiy ishq tuzog‘iga tushgan kundan beri,
Meva bermaydi aslo, so‘ldi bahoring sening.
Do'stlaringiz bilan baham: |