Mavzu. Ilmiy-tadqiqot ishlarining avtomatik asoslari. Mathcad dasturida ifodalarni yaratish



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana25.08.2021
Hajmi0,77 Mb.
#155494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mathad (1)

2. Analitik hisoblashlar 


 

 

Analitik  hisoblashlar  yordamida  tenglama  va  tenglamalar  sistemalarining  analitik  yoki 



to’liq  yechimini topish, shu  bilan  birga  murakkab  ifodalarni  shakllantirishni  ham  bajarish  yoki 

boshqacha  aytganda,  bunday  yondoshuvda  sonli  bo’lmagan  natijaga  ega  bo’lish  mumkin. 

MathCAD  da  o’zgaruvchilarga  berilgan  aniq  qiymatlar  e’tiborga  olinmaydi,  o’zgaruvchilar 

aniqlanmagan parametrlar sifatida qaraladi. Analitik hisoblashlarni bajarish uchun mo’ljallangan 

buyruqlar asosan Symbolics menyusida joylashgan. Ifodani (yoki uning qismini) soddalashtirish 

uchun  uni  burchaksimon  kursor  yordamida  tanlash  va  Symbolics>Simplify  buyrug’ini  berish 

kerak.  Bunda  arifmetik  amallar  bajariladi,  umumiy  ko’paytuvchilar  qisqartiriladi  va  o’xshash 

hadlar  ixchamlanadi,  trigonometrik  ayniyatlar  qo’llaniladi,  radikalli  ifodalar,  shu  bilan  birga 

to’g’ri  va  teskari  funksiyalardan  iborat  ifodalar  ham  soddalashtiriladi.  Qavslarni  ochish  va 

murakkab  trigonometrik  ifodalarni  soddalashtirishdagi  ayrim  amallar  esa  Symbolics>Expand 

buyrug’idan  foydalanishni talab qiladi. Symbolics>Simplify  buyrug’idan  murakkabroq hollarda 

foydalaniladi. Masalan, uning yordamida:  

- umumiy hadi bilan berilgan ketma-ketlik limitini hisoblash; 

- umumiy hadi bilan berilgan ketma-ketlik hadlari yig’indisi uchun umumiy formulani topish; 

- berilgan funksiya hosilasini topish; 

- berilgan funksiyaning boshlang’ich funksiyasi yoki integral qiymatini hisoblash mumkin. 

Symbolics  menyusining  yana  bir  imkoniyati  ifodada  qo’llanilgan  o’zgaruvchiga  mo’ljallangan 

analitik  amallarni  bajarishdan  iborat.  Buning  uchun  ifodadan  o’zgaruvchini  ajratib  olib, 

Symbolics>Variable  buyrug’ini  tanlash  kerak.  Solve  buyrug’i  ifoda  sifatida  berilgan  funksiya 

ildizlarini  izlaydi. Masalan, agar burchaksimon kursor bilan 



c

bx

ax



2

  ifodada x o’zgaruvchi 

belgilansa, u holda Symbolics>Variable>Solve buyrug’idan so’ng barcha ildizlar topiladi (2.16 - 

rasm). 


 

 

 



 

2.16 – rasm. MathCAD da kvadrat tenglama ildizini topish. 

 

Bu menyudan yana quyidagi maqsadlar uchun ham foydalanish mumkin: 



analitik 

differensiallash 

va 


integrallash: 

Symbolics> 

Variable>Differentiate 

va  


Symbolics>Variable>Integrate; 

 

- o’zgaruvchini almashtirish: Symbolics>Variable>Substitute; 



 

- funksiyani Teylor qatoriga yoyish: Symbolics>Variable>Expand to Series; 




 

-  kasr-ratsional  funksiyani  chiziqli  va  kvadratik  mahrajli  sodda  kasrlar  yig’indisi 

ko’rinishiga keltirish: Symbolics>Variable> Convert to Partial Fraction. 

 

Analitik  hisoblashlarning  eng  muhim  uskunasi  -  bu  Evaluation  uskunalar  panelidagi 



Symbolic  Evaluation  buyrug’i  yordamida  kiritiladigan  analitik  hisoblashlar  operatoridir.  Uni 

tenglamalar  va  tengsizliklar  sistemalarini  yechishda  qo’llash  mumkin.  Yechimlar  bloki  soni 

hisoblashlardagidek  beriladi,  blokning  oxirgi  formulasi 

,...)



,

(

y



x

find

  ko’rinishida  bo’lishi 

kerak,  bunda  qavslar  ichida  izlanayotgan  o’zgaruvchilar  ro’yxati  berilgan.  Keyin  o’ngga 

yo’naltirilgan  strelka  ko’rinishida  akslantirilgan  analitik  hisoblash  belgisi  keladi.  Har  qanday 

analitik hisoblashni kalit so’z yordamida qo’llash mumkin. Buning uchun Evaluation uskunalar 

panelidagi  Symbolic  Keyword  Evaluation  buyrug’idan  foydalaniladi.  Ular  Symbolics 

menyusidagi  barcha  imkoniyatlarni  qamrab  olib,  qo’shimcha  parametrlarni  kiritishga  imkon 

beradi.  

 

MathCAD da analitik hisoblashga oid misollar 2.17 – rasmda keltirilgan. 



 

 

 



2.17 – rasm. MathCAD da analitik hisoblashga oid misollar. 

 

2.9. Dasturlash 



 

 

MathCAD ning muhim jihati - bu dastur tarkibiga qurilgan qo’shimcha dasturlash tilidir. 



Aslida  MathCAD  ga  qo’shimcha  dasturlash  tili  kiritilmagan  balki,  tanlash  va  takrorlash 

qurilmalarini  boshqaruvchi algoritm tanasidagi asosiy operatorlardan  foydalanishga chegaralash 

olib  tashlangan.  Bundan  tashqari,  parametrli  sikl  va  muddatdan  oldin  chiqish  operatori  break 

qo’shilgan.  MathCAD  muhitida  algoritmik  qurilmalar  va  asosiy  operatorlar  boshqarish 

panelining quyidagi yettita tugmalaridan biri bilan kiritiladi: 

 

Add line 



             

 



If 

            while 

           For 

           break 

      Otherwise 

 



 

 

Add line – dastur satrini, sikl tanasini va boshqalarni qo’shish; 



 

 - o’zlashtirish belgisi; 



 

While – bu tugmachani bosish orqali ekranda oldindan tekshiruvchi siklga tayyorgarlik 

chiqadi: bo’sh ikkita kvadratlar bilan while so’zi. While dan o’ngroqdagi kvadratchaga siklni 

boshqaruvchi ifoda (o’zgaruvchi), ikkinchi kvadratga (while dan pastda) sikl tanasi; 

 

if – dasturga bir kaftli alternativni kiritishga imkon beradi; 



 

otherwise – to’liqmas alternativni to’lig’iga aylantiradi:  



 D if A > B 



           E 

 F otherwise 



 

for – dasturlarga parametrli siklni kiritish uchun mo’ljallangan tugmacha; 

 

break – dastur yoki sikldan muddatdan oldin chiqish. 



 


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish