Futurologiya (lot. kelajak to'g'risida ta'limot) — Ijtimoiy jarayonlar,
insoniyat tahlil qiluvchi ilmiy nazariyalar. Sinonimi-prognoz.
G
Garmoniya – bir butun narsa qismlarining o‗zaro muvofiqligi.
Gender (ing. gender–urug‗)–inson jinsining ijtimoiy-madaniy jihatini
ifoda etuvchi tushuncha. G. jamiyatni sotsial-jinsiy jihatdan vertikal
stratifikatsiya qilishdan farqli ravishda gorizontal stratifikatsiya qilishga
yordam beradi. G. xulq-atvorning sotsial o‗ziga xosligini ifoda etadi.
Shahvoniy mayl va G. inson hayotining turli qutblarida joylashgandir.
Shahvoniy mayl biologik omillar b-n sababiy bog‗liq. G. esa insonning jinsiy
mansubligiga muvofiq ravishda o‗ziga xos tarzda sotsiallashuvidir. Insoniyat
o‗z evolyusiyasida Shahvoniy mayldan G. tomon intilib keldi. Hoz. zamon
meditsinasi chaqaloq tug‗ilmasdan ancha ilgariroq uning qanday jinsga
mansubligini bilish imkoniga ega. Ota-onalar o‗g‗il yoki qizning tug‗ilishiga
turlicha munosabat bildirishlari mumkin. SHuningdek, turli xalqlar va
madaniyatlarda o‗g‗il yoki qizga turlicha munosabat bildiradilar. Mas.,
Yaponiyada to 20-a. boshlariga qadar yangi tug‗ilgan o‗g‗il bolalarni
chaqaloqligidanoq yo‗q qilish an‘anasi mavjud bo‗lgan, ularni bozorda
sotish, foyda ko‗rish qiyin deb hisoblaganlar. Boshqa xalqlarda, xususan,
kanadalik eskimoslar qiz bolalarni chaqaloqligidan yo‗q qilishga harakat
qilganlar. Islomgacha arablarda ham shunday holatlar bo‗lgan. Bolalar
yoshligidanoq erkak yoki ayol rolini o‗ynay boshlaydilar. qiz bolalarning ona
rolini, o‗qituvchi, doktor, rollarini o‗ynashi, o‗g‗il bolalarning esa
mashinalar, konstruksiyalar b-n qiziqishi bejiz emas. Bolalarning o‗z jinsiga
muvofiq sotsiallashuvida madaniy muhit katta rol o‗ynaydi. Madaniy
muhitgina erkak va ayolning qanday bo‗lishi zarurligini belgilaydi.
SHuningdek, G. munosabatlarning boshqa mezonlari ham mavjuddir. Odatda
erkaklar tashabbuskorligi, agressivligi, hukmronlik qilishga moyilligi,
avtoritarizmi, liderlikka intilishi, o‗z mulohazalari va xatti-harakatlarida
ratsionalligi, monologga intilishi, o‗z ―Men‖ligini qaror toptirish uchun zo‗r
berishi, xudbinligi b-n xarakterlanadi. Biroq ayollardagi bunday sifatlar
jamoatchilik tomonidan qoralanadi. Ayollar o‗z xulq-atvoridagi yumshoqlik,
ko‗ngilchanlik,
mehribonlik,
sabr-toqatlilik,
g‗amxo‗rlik,
altruizm,
emotsionallik, jozibadorlik, muloqotga intilishi, murosasozligi, tenglik,
odillik va erkinlikni qadrlashi b-n xarakterlanadilar. Erkaklik va ayollik
to‗g‗risidagi tasavvurlar turli xalqlar madaniyatida keskin farqlanadi. Bu esa
erkak va ayol o‗rtasidagi Mas., iqtisodiyoti rivojlangan va protestantizmga
mansub bo‗lgan mamlakatlarda xotin-qizlar yuqori ma‘lumotga ega bo‗lib,
57
jamiyat hayotida faol ishtirok etadilar. Taraqqiy etgan mamlakatlarning G.
ideologiyasi erkaklar va xotin-qizlar o‗rtasida tenglik o‗rnatishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |