Zardushtitlik (otashparastlik, parsizm, zoroastrizm) – mil.av. 8 – 7 a.
quyi Amudaryo hududlari va Marg‗iyonada vujudga kelgan yakkaxudolikni
targ‗ib etadigan din. Z. Zardusht tomonidan isloh qilinib, takomillashtirildi.
Z. ta‘limoti miloddan oldingi 7-a.da Aryashayona davlati (tarixda Katta
Xorazm davlati deb yuritiladi)ning inqirozga yuz tutgan davr vujudga keldi.
Bu davrda turli xudolarga sajda qiluvchi qabilalar o‗rtasidagi ziddiyatlar
parchalanib ketayotgan jamiyat (davlat)ning ichki qarama-qarshiligini yanada
kuchaytirishga olib kelgan. Mamlakat inqirozining oldini olish uchun
qabilalar o‗rtasidagi ziddiyatlarga barham berib, umumiy manfaatlar
mushtarakligini targ‗ib qiluvchi muayyan maqsadga qaratilgan izchil
g‗oyalar yaratish zaruriyati vujudga kelgan Bunday ta‘limot, birinchidan,
jamiyatning ijtimoiy barqarorligini saqlab qolish uchun xizmat qilishi,
ikkinchidan, urug‗ va qabilaviy dinlardan ustun turuvchi hamda barcha urug‗
va qabilalar manfaatlariga mos tushadigan e‘tiqod shaklini yaratishi,
uchinchidan, har qanday qonli urushlar va xunrezliklarga qarshi xalqlarni
osoyishtalikka chaqirishi, to‗rtinchidan, davlat chegaralaridan tashqari
ko‗chmanchi chorvador qabilalar hujumiga qarshi mamlakat ichkarisidagi
kuchlarni jipslashtiruvchi g‗oyalar tizimini shakllantirishi zarur edi. Bunday
g‗oyalar tizimi esa, o‗z davrining siyosiy tashkiloti bo‗lgan Aryashayona
197
davlatining mafkurasidan boshqa narsa bo‗lishi lozim edi. qabilalar o‗rtasida
mushtarak manfaatlarni shakllantirish uchun qabilalarning umumiy e‘tiqodini
vujudga keltirish zarur edi. Arya (oriy) qabilalari orasidagi ziddiyatlarning
tub sababchisi ko‗pxudolik ekanligini tushunib etgan Zardusht odamlar butun
olamning qudratli hukmdori, jahoniy aql (sohibi) Axura Mazdagagina itoat
etishi lozim, degan qarorga kelgan. Zardusht odamlarni Axura Mazdaga sajda
qilishga chaqirib insoniyat ma‘naviyati tarixida yangi bosqichni boshlab
berdi. Birinchidan, u ko‗pxudolik (politeizm)ga qarama-qarshi yakka xudolik
(monoteizm)ga, ya‘ni, diniy e‘tiqodning yuqori bosqichiga qadam qo‗ygan
edi. Ikkinchidan, ilgari odamlar xudolar qahridan, ularning dahshatli vayron
qiluvchi qudratlari oldida ojiz, qo‗rquv dahshati ostida sig‗inishgan bo‗lsa,
endilikda esa Z. odamlarga qalbi kishilarga mehr-shafqat b-n to‗lgan,
yaxshilik tomon undovchi, ularning o‗limidan keyin mangu farovon hayot b-
n ta‘minlay oladigan tangri Axura Mazdaga ibodat qilishga chaqirdi. Z. diniy
e‘tiqodda dualizm (ikki xudolik)ni emas, yakkaxudolik (monoteizm)ni targ‗ib
qilgan. Z. dunyo – yorug‗lik va zulmat, yaxshilik va yomonlik, hayot va
o‗lim, yolg‗onchilik va rostgo‗ylik, vaxshiylik va ezgulik, johillik va
shafqatlilik, axmoqlik va aqllilik, past va balandlik, olov va suv, issiqlik va
sovuqlik abi qarshi kuchlar o‗rtasida kechadigan ayovsiz kurash maydoni
sifatida tasavvur qilinadi. Olamdagi barcha yaxshilik, ezgulik, yorug‗lik
kuchlarini Axura Mazda yaratadi va boshqaradi. Yomonlik, tubanlik,
yolg‗onchilik va x.k. kuchlarning ijodkori va uning boshqaruvchisi qilib,
Anxra Maynyu deb tushiniladi. Axura Mazda o‗zining oltita yordamchisi b-n
barcha yorug‗ olamni boshqaradi. Bu ―Mangu yashashga molik muqaddas
ruhlar‖ Axura Mazda rahnamoligida mavjudlikning turli sohalarini o‗zida
mujassam etadilar. hayot deb ataluvchi barcha narsalar: Insonlar, chorva,
olov, er, osmon, suv va nabotot (o‗simliklar) dunyosiga homiylik qiladilar.
Muqaddas ruhlar (Avesto bitiklarida ―Amesha Spenta deb aytiladi) jami oltita
bo‗lib ular Muqaddas ruh Spenta Manyu yordamida vujudga keltiriladi. 1)
Voxu Manu - ezgu fikr; 2) Asha Vaxishta - eng oliy haqiqat; 3) Spenta -
muqaddas e‘tiqod, diyonatga sodiqlik (iymon); 4) Xishatra - Varya -
hukmronlik hohishi; 5) Harvatat - yaxlitlik; 6) Ameretat - mangulik; Axura
Mazda b-n jami ettita;Z. ta‘limotida Anxra Manyu-barcha yomonlik, zulmat
kuchlarning timsoli sifatida u ham Jin, Shayton, Iblis, Alvasti, Jodugar, dev,
ajdaho, Ilon va x.k.larni yaratib ular yordamida odamlar qalbiga qo‗rquv,
daxshat urug‗larini sochib o‗zlariga tobe qilishga urinadilar. Bushyasta –
odamlarda yalqovlik, dangasalikni kuchaytiruvchi, odamlar erta b-n
turmoqchi bo‗lganida o‗zining uzun qo‗llari b-n boshini yostiqqa bosib yana
uyquga eltuvchi iblis qiyofasidagi dev. Gandarva – daryolar, ko‗llar, dengiz
suvlarini boshqaruvchi, suv to‗fonlari, toshqinlari, kema halokatlarini
Amudaryoda dagishlarni keltirib chiqaruvchi qudratli gavdali, qo‗rqinchli
198
ko‗rinishdagi qip-qizil ko‗zi b-n odamlar qalbiga dahshat soluvchi iblis
qiyofali dev. Mozon devlari uzoq shimol tomonda, mangu qahraton sovuq
hukmron bo‗lgan olis Ural tog‗lari orqasida makon tutgan, odamlar hayotiga
aralashib turadigan, ularning taqdirlariga ta‘sir ko‗rsatuvchi devlar va x.k.
Odamlar bu ikki qudrat o‗rtasidagi chegarada hayot kechiradilar. Axura
Mazda o‗z yordamchilari, ma‘bud va ma‘budalari, hur farishtalari b-n etti
qavat osmonni o‗zlariga maskan tutadilar. Anxra Maniyu o‗z salaflari b-n etti
qat er tagini o‗zlariga maskan tutadilar. Bu ikki hukmdor saltanatlarining
chegaralari er yuzasidan, odamlar qalbidan o‗tkaziladi. Odamlarga bu ikki
qudratdan birini tanlash imkoniyati yaratiladi. Agar kishi, ko‗proq shu
bugungi kun tashvishi b-n qorin g‗amidan narisini o‗ylay olmaydigan,
shaxsiy g‗arazli manfaat yo‗lida yolg‗onchilikdan hazar qilmasa, o‗lganidan
keyin narigi dunyoga ishonmasa, bundaylar albatta Ahriman ta‘siriga
uchragan odamlar hisoblangan. Aksincha, bu dunyo odamlarga sinov uchun
berilgan, haqiqiy hayot o‗lgandan keyin, chinvot (qil ko‗prik) dan keyin
boshlanishiga ishonsa, narigi dunyoning abadiy farog‗at umr kechiradigan
jannatga intilsa, bu dunyoda Axura Mazdaning yo‗lidan borish, unga amal
qilishi, faqat ezgu fikr, ezgu K. (so‗z) va ezgu amallarga rioya qilib yashashi
orqaligina erishiladi. Axura Mazda odamlarga to‗g‗ri yo‗lni ko‗rsatish uchun
odamlar orasidan eng sarasini Zardushtni o‗ziga elchi qilib tanlaydi.
Zardushtga ezgu fikr va ezgu so‗z tayyor xolda dunyoviy qudratli aql-Axura
Mazdadan yuboriladi. Bu yuborilgan ezgu fikr va ezgu so‗zga sidqidildan
yondashib, ularga amal qilish odamlarga vazifa qilib yuklatiladi. Anxra
Manyu esa Mazda yo‗lidan odamlarni qaytarish uchun insonlarning ichidan
birini tanlab, eng buyuk qobiliyat ato etadi. Bu tanlagan odami Drug‗vand
(Avestoda Druj) bo‗lib yolg‗onchilikda, beburdlikda, mubolag‗a, vahimali
gaplarni qiyomiga etkazib odamlar qalbiga dahshat urug‗ini sochishda ustasi
farang bo‗lib Z. ta‘limotiga qarshi tashviqot ishlarini olib boradi. Z.
ta‘limotida (Avestoning gotlar qismida) chorvachilikka asoslangan turmush
tarziga qaraganda o‗troq dehqonchilik turmush tarzini qarama-qarshi qo‗yib,
ko‗chmanchi chorvachilikka asoslangan hayot tarzi barcha yovuzliklarning
manbasi deb qarab, o‗z jamiyatining fuqarolarini cho‗l xalqlari yashash
tarzida ko‗proq Ahriman irodasi qonunlashtirilganligidan ogoh bo‗lishga
chaqiradi. Z.da olovga sig‗inish alohida ahamiyat kasb etadi. Olov ular uchun
muqaddas hisoblanib, barcha yorug‗lik, tozalik, ezgulikning manbasi sifatida
qaralgan. Axura Mazdaning qalbi quyoshi nuridan chiqarilgan (olingan)
olovnigina ular muqaddas hisoblaganlar. Olovning manbalarini ikkita
birinchisi quyosh, ikkinchisi esa Er osti (jahannam) deb tushunganlar. quyosh
nuridan olingan olov yaratuvchilik, gunohlardan tozalovchi, mehr yolqini
manbasi sifatida qaralib, er qa‘ridan chiqqan olov vulqon, qora bulutdan
chiqqan momoqaldiroq, yildirim (yashin) ko‗rinishida odamlar, hayvonlar va
199
nabotot olamiga qirg‗in keltiruvchi sifatida qaraganlar. SHuning uchun ham
yilning o‗zini ham Ormuzd davri (ya‘ni Navro‗zdan to Mehrjon
bayramigacha) va Axrimon davriga mehrjon bayramidan (21-sentyabrdan)
Navro‗z ayyomi (21-mart) gacha vaqtlarga bo‗lib tasavvur qilganlar. Z.
ta‘limotida kishilik jamiyati jami 12 ming yil umr ko‗rishini, bu davrlar:
Axura Mazda (oltin) davri qayumars (Govmard, Goptshox) dan boshlanadi.
Yima Vivaxvand hukmronligining oxirgi yillarigacha davom etgan. Ormuz
davrida ijtimoiy adolat to‗la tiklangan zamonlar bo‗lib odamlar tug‗iladi,
lekin o‗lim bo‗lmagan deb hisoblanadi. Bu davr Yima Vivaxvand (Jamshid)
kibr-havoga berilib, o‗zini Tangri o‗rniga qo‗yib, odamlar unga sajda qilishni
buyurganidan keyin va Sigir go‗shtini eyishni buyurganidan keyin Axrimon
ta‘siriga mubtalo bo‗lguncha davom etadi. Axura Mazda Jamshidni abadiy
umr ko‗rish huquqidan mahrum qiladi. Arximon davri to‗la adolatsizliklar avj
olgan davr bo‗lib, u ham Ahura Mazda davriga teng uch ming yil davom
etadi. Z. zamonidan boshlab Axura Mazda va Ahriman o‗rtasida hayot-
mamot kurashi davri boshlanib u ham uch ming yil davom etadi. Z. o‗limidan
so‗ng uch ming yil o‗tganidan keyin farovonlik (Axura Mazda) davri
boshlanib, yana uch ming yil davom etishi bashorat qilinadi va h.k. Z.da er,
suv, havo, olov mavjudlikning to‗rtta asosi sifatida ulug‗lanadi. Z.iylikdagi
bu ta‘limot Greklardagi sodd materialistlar (Fales, Anaksimen, Anaksimandr,
Geraklit) ning fal-iy ta‘limotlariga chuqur ta‘sir qilganligini ko‗ramiz.
SHuningdek, Axura Mazda (dunyoviy aql) ruh obrazida Suqrot va Platon
fal.siga ta‘sirini, Aristotel fal.sidagi borliqning to‗rtta asosi (er, suv, havo,
olov) to‗g‗risidagi ta‘limotining shakllanishida ham Z.iylik g‗oyalarining
katta ta‘sirini sezishimiz mumkin. Z.iylikning g‗oyaviy merosxo‗rlari sifatida
moniylik, mitraizm, mazdakiylik ta‘limotlari hisoblanadi. Arshakiylar va
Sosoniylar podsholiklari davrida Z. yana davlat dini darajasiga ko‗tarildi.
Arablar Eron va o‗rta Osiyoni bosib olganlaridan so‗ng eng fidoiy
Zardushtiylar ikkinchi marta (birinchisi Iskandar Zulqarnayndan qochib)
Hindistonda panoh topdilar. Hindistonning Bombey shahri atrofida va
Gujarat shtatida hozir ham 250-300 ming kishidan iborat parslar nomi ostida
Zardushtiylar qavmi istiqomat qiladilar. Eronning janubiy tog‗lar orasidagi
daralarda ham ko‗p ming kishilik Zardushtiylar qavmi bor. Z. ta‘limoti
o‗zidan keyingi yanada rivojlangan milliy-mintaqaviy, jahon dinlari bo‗lgan
yahudiylik, buddaviylik, xristianlik va islom e‘tiqodining shakllanishida katta
ahamiyat kasb etdi. Xususan, halol, harom, gunoh, savob, jannat, do‗zax, hur,
farishta, iblis, shayton, dev, etti qavat osmon, etti qat er, etti iqlim, dunyoviy
aql, dunyoviy ruh, qiyomat, oxir zamon, qil ko‗prik, (chinvot), oxirgi hukm
va boshqa bir qator tushunchalar va obrazlar dastlab Z.ning muqaddas kitobi
Avestoda ishlab chiqilgan edi.
Zenon – qadimgi Yunon faylasufi, Parmenidning shogirdi va do‗sti.
200
Z.ning fikricha, jism borliq, hajm va ko‗lamga ega bo‗lishi zarur. Na ko‗lam,
na hajmga ega bo‗lmagan narsalarning o‗zi bo‗lishi mumkin emas. U o‗z
ustozi singari borliqdan tashqarida biron bir bo‗shliqning mavjudligini tan
olmadi. Borliqdan tashqarida alohida makon yo‗q, bo‗linishning oxiri bor.
Ko‗plikning bo‗linmas qismi uning birlik o‗lchovini tashkil etadi. Demak,
ko‗plik bo‗linish uchun ko‗pgina birliklar mavjud bo‗lishi kerak. Bu erda
ko‗plikning birliklari bir-biridan alohida bo‗lishi kerak. Aks holda yaxlit
massaga aylanadi, unda na birlik, na ko‗plik bo‗ladi. Ko‗plik birliklar
yig‗indisidan iborat. Z. harakatning mavjud emasligi to‗g‗risida 4 ta aporiya
yaratgan. Bular: 1) dixotomiya; 2) Axilles; 3) yoy; 4) stadion yoki Stadiy.
Z. o‗z aporiyalariga jism borlig‗i cheksiz bo‗lsa-yu, vaqt cheklangan
bo‗lsa, u holda harakat boshlanmaydi; vaqt cheksiz davomiylikka ega bo‗lsa,
unda jism cheklangan masofani bosib o‗tolmaydi va harakat hech qachon
tugamaydi; makon va vaqt birlikda olinganda ham harakat bo‗lmaydi, degan
g‗oyalarni ilgari surdi. Z. ta‘limoti antik matematika, mantiq va
dialektikaning rivojiga kuchli ta‘sir ko‗rsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |