Tadqiqotning manbalari. Dissertasiya ishini yozishda O`zbekiston Fanlar
Akademiyasi Tarix instituti tomonidan nashr etilgan ilmiy asarlar, maqolalar,
ashyoviy materiallar, shuningdek,internet ma`lumotlari, Navoiy viloyat umum-
ta`lim va o`rta-maxsus, kasb-hunar ta`limi boshqarmasi, Navoiy viloyat Xalq
ta`limi boshqarmasi joriy arxivi hujjatlari dissertant tomonidan o`rganilgan
asarlar,internet ma`lumotlari va matbuot materiallari natijalari asos qilib olindi.
Shuningdek, mustaqillik davrida mazkur mavzuda uyushtirilgan davra suhbatlari
materiallari,chop etilgan ilmiy maqolalar, davriy matbuot, dissertasiyalar va
avtoreferatlardan ham keng foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |