Siljib
joylashish
. Atom tekisliklarining birortasi siljib joylashishi mumkin. Bu
hol odatda kristall siljish deformatsiyasiga uchraganda ro`y beradi va atom
tekisliklaridan birortasining boshqasiga nisbatan siljib joylashuviga olib keladi.
Suyuq kristallar. Ba’zi organiq moddalarning shunday holati mavjudki ular
garchi suyuqliklarga xos bo`lgan oquvchanlik xususiyatiga ega bo`lsalarda,
lekin kristallarga xos bo`lgan molekulalarining joylashuvidagi ma’lum
batartiblik va ba’zi fizik xossalari bo`yicha anizatroplik xususiyatlariga
egadirlar. Kimyoviy birikmalarning bunday holatlariga suyuq kristall holati
deyiladi. Bugungi kunda suyuq kristall holati topilgan birikmalar soni bir necha
mingdan ortib ketgan. Odatda suyuq kristallar qattiq kristallarni eritish orqali
hosil qilinadi.
Suyuq kristallar – elastiklik, elektr o`tkazuvchanlik, magnit singdiruvchanlik,
dielektrik kirituvchanlik, optik va boshqa bir qancha xususiyatlari bo`yicha
anizotroplik xususiyatlariga egadirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |