Majolis un-Nafois (I- qism)
Alisher Navoiy
43
library.ziyonet.uz/
Mavlono Sayfiy
(10)
— buxoroligʻdur, andin Hiriy shahrigʻa keldi va aksari kutubi
mutadovilotni koʻrdi va tahsil asnosida nazmgʻa mashgʻul boʻldi. Andoqki she’ri shuhrat
tutti va masal tariyqin bagʻoyat yaxshi aytti. Bu matla’ aningdurkim:
Dilo, vasfi miyoni nozuki jononi man gufti,
Naku rafti hadise az miyoni joni man gufti
(11)
Va san’at va hirfa ahli uchun ham koʻp latofatlik nazm qilibtur va ul tariyqda
muxtare’dur. Bu bayt ul jumladindururkim:.
Buti pardozgaram k-u ba kason mesozad,
Hech bo holi mani xasta namepardozad
(12)
,
Muammo fanida ham risola bitibturur.
Mavlono hushyorligʻda base odamivash va hayo va adabligʻ yigitdur. Ammo sarxushluqda
oʻzga mohiyat boʻlur erdi, balki rasvo nima boʻlur erdi. Bu uchurda tavbagʻa muvaffaq
boʻldi. Umed ulkim, istiqomatqa ham muvaffaq boʻlgʻay.
Do'stlaringiz bilan baham: |