Ma’ruza-1
Nazariy elektrotexnika faniga kirish.
Hozirgi zamon elektroenergetikasi - mamlakatning
yetakchi sohasidir. U ilmiy-texnik taraqqiyotda har qanday
soha ishlab-chiqarishini jadallashtirishda hal qiluvchi rolni
o'ynaydi.
Inson o'z faoliyatining barcha sohalarida elektr
energiyadan foydalanadi. Elektr energiya boshqa energiya
turlaridan quyidagi ajoyib xossalari bilan ajralib turadi:
a) boshqa (mexanik, kimyoviy, issiqlik, yorug'lik, atom)
energiya turlaridan olinishi nihoyatda sodda;
b) uzoq masofaga yuqori foydali ish koeffitsiyenti (FIK)
bilan uzatish va yuklamalarga oson taqsimlash mumkin;
v) boshqa turdagi energiyaga oson aylantirish mumkin;
g) turli quvvatga ega yuklamalarni bitta manbaga ulash
mumkin;
d) turli fizik tabiatli parametrlarni tok va kuchlanishga
o'zgartirish sodda;
e) signallarni uzoq masofalarga bir onda uzatish mumkin
(telefon, telegrafiya, radioaloqa
Elektrotexnikaning yuzaga kelishi o'zgarmas tok manbaining
yaratilishi va elektr va magnetizm sohasidagi kashfiyotlar
bilan bog'liq.
Qadim o'tmishda dastlab yunonlar kichik Osiyoning Magneziya
tog' rudalarining parchalari temir jismlarni tortish xususiyatini
payqadilar va bu hodisani magnetizm deb atadilar.
Miletlik Fales eramizdan avvalgi VIII-VII asrlardanoq qahrabo
ishqalanish natijasida elektrlanishi va unda elektr maydon
paydo bo'lishini ta'kidlagan. Elektr va magnit hodisalar qadim
dunyodan ma'lum, lekin bu hodisalar to'g'risidagi fan 1600
yilda ingliz fizigi U. Gilbert elektr va magnit hodisalar
to'g'risida tadqiqotlarini e'lon qilgandan keyin boshlandi.
Elektr to'g'risidagi fanni rivojlanish bosqichida elektr
hodisalarning tabiatini o'rganishga bag'ishlangan M.V.
Lomonosov, G.V. Rixman, B. Franklino, Sh. Kulonlarning
amaliy tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi.
Elektr va magnit hodisalarni o'zaro bog'langanligini rus olimi F.
Epinus 1758 yilda o'z ma'ruzasida aytib o'tgan.
1785 yilda fransuz olimi Sh.Kulon o'z nomi bilan atalgan
qonunni kashf etdi. U elektr maydoni kuchlanganligi
tushunchasini kiritdi. Elektr zanjir tushunchasi 1794 yilda A.
Volta tomonidan kiritilgan. Volt ustuni esa 1800 yilda
yaratilgan. Rus akademigi V.V. Petrov 1802 yilda elektroximiya
bo'yicha birinchi tadqiqotlarini o'tkazgan va u
elektroximiyaning asoschisi hisoblanadi.
Magnit strelkaga tokning ta'siri X. Ersted tomonidan 1819
yilda, toklarning o'zaro ta'siri esa A. Amper tomonidan 1820
yilda o'rganilgan. Amper birinchi bo'lib elektr toki, tok kuchi,
elektr kuchlanish atamalarini kiritgan. Magnit maydonining
dastlabki tadqiqotlari J.B. Bio va M. Savar tomonidan
o'tkazilgan va Laplas tomonidan matematik ravishda
umumlashtirilgan (Bio - Savar - Laplas qonuni).
Elektromagnit o'lchash birligi absolyut tizimini nemis
olimlari K.F. Gauss va T. Veber 1831-1833 yillari
yaratdilar.
Tokning issiqlik ta'siri - Joul-Lens qonunini ingliz
fizigi D. Joul 1841 yili va rus akademigi E. Lens 1842
yilda ta'riflab berishgan. 1844 yil E. Lens
elektromagnit inersiya qonunini bayon qilgan. Nemis
olimi G. Kirxgof 1845 yilda elektr zanjirlarga oid
ikkita muhim qonunga ta'rif bergan.
Vektor potensiali, induktivlik va o'zaro induktivlikni
birinchi bor 1845 yil nemis olimi F. Neyman
ifodalagan. Buyuk ingliz olimi D. Maksvell 1873 yili
siljish toklari tushunchasini kiritdi, hamda hozirda
uni nomi bilan ataladigan o'zgaruvchan
elektromagnit maydon tenglamalarini tuzdi. Bundan
faqat 25 yildan keyingina elektromagnit maydon
mustaqil tarzdagi materiya deb isbot etildi.
Cho'g'lanish lampasi 1875 yil A. Lodigin tomonidan kashf etilgan.
1884 yil ingliz olimi D. Poyting elektromagnit maydon
energiyasini uzatishni nazariy jihatdan tadqiq etgan.
1889-91 yillarda rus injeneri M.O. Dolivo-Dobrovolskiy elektr
energiyaning uch fazali tizimi qism(generator, transformator, motor)
larini ishlab-
chiqqan va kuchlanishi 15 kV, quvvati 150 kVA bo'lgan elektr
energiyani 175 km masofaga uzatishni amalga oshirgan.
1872 yilda rus olimi A. Stoletov fotoeffekt hodisasini kashf etgan.
Dunyoda birinchi bo'lib A. Popov radio aloqani amalga oshirgan.
1887-88 yillarda nemis olimi G. Gers elektromagnit to'lqinlarni
mavjudligini eksprimental ravishda isbot etdi.
Relyativistik elektrodinamikaning rivojlanishi 1905-1908 yillarda G.
Lorens va G. Minkovskilarning izlanishlari bilan bog'liq.
O'ta o'tkazuvchanlik hodisasi nemis olimi G. Kamerling Onessom
tomonidan 1911 yilda kashf etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |