Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc



Download 256,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/80
Sana23.08.2021
Hajmi256,61 Kb.
#154217
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80
Bog'liq
Imom G'azzoliy Ihyou ulumid din O'limdan keyin 1

www.ziyouz.com kutubxonasi 

18

Oralaringizni isloh qilinglar! Chunki, Alloh mo‘minlarning orasini isloh qilur» (Ibn Abu 



Dunyo rivoyati). 

Demak, bu o‘rinda: oralarimizni isloh qilmoq — Allohning xulqi ila xulqlanmoq va shu 

yo‘l bilan bu buyuk martabaga noil bo‘lmoq xikmati eslatilyapti. 

Bir tasavvur qil: sahifang kishi xaqidan holi yoki Rabbing seni O’z lutfi ila afv etdi, 

abadiy saodatga ishonching komil. Hukm yerini tark etar ekansan, senga rizodai kiyim 

kiydirildi, so‘ngsiz saodatga, tuganmas ne’matlarga qaytyapsan, qanchalik kuvonchga 

to‘lasan?! Sevinch va su-rurdan qalbing uchib ketay deydi. Yuzing oppoq va nurli, xuddi 

kechasi porlagan to‘lin oydek. Tasavvur qil, xaloyiq oldidan boishngni tik tutib, gunoh 

yuklarydan ozod holda ko‘r to‘kib o‘tyapsan. Atrofingda mayin shabada g‘ir-g‘ir esadi, 

baxtiyor peshonangdan rizo musaffoligi yog‘iladi. Av-valgilaru oxirgilar senga, sening 

holingga havas ila bo-qadi. Husning va jamolingga suqlanib qaraydi. Oldingda va 

orqangda farishtalar yuradi, barchaning ko‘z o‘ngida: «Bu falon o‘g‘li falon! Alloh undan 

rozi bo‘ldi va rozi qildi, U abadiy saodatga erishdi!» deb nido qilishadi. 

Bir o‘ylab ko‘r! Oxiratdagi bu makom riyokorlik va hiylakorlik bilan xalqning qalbida 

qozongan bu dunyodagi soxta martabangdan ulug‘roq emasmi?! Bas, oxirat maqomini 

bu martabadan beqiyos darajada yuksak deb bilar ekansan, endi samimiy bo‘l. Ulug‘ va 

qudratli Zot bilan muo-malada sof ixlos va sodiq niyat bilan bu maqomni idrok qilishga 

intil. Boshqa yo‘l yo‘q! 

Alloh asrasin, agar sahifangdan sen arzimas deb bilgan, holbuki Alloh nazdida ulug‘ 

deb sanalgan gunohlar chiqsa, senga Allohning nafrati yog‘iladi: «Seng‘a la’nat bo‘lsin, 

ey yomonlikning quli! Ibodatingni qabul qilmayman». Bu nidoni eshitiboq, yuzing 

qorayadi. Alloh taoloning g‘azabiga sababchi bo‘lganing uchun farishtalar ham sendan 

g‘azablanadi va: «Seng‘a bizning va butun xaloyiqning la’nati bo‘lsin!» deyigaadi. Keyin 

oldingda azob farishtalari hozir bo‘lib, qahr bilan senga tashlanishadi, peshona 

sochingdan ushlab, butun xalq oldida yuzingni yerga sudrab o‘tishadi. Xaloyiq qorayib 

ketgan yuzingga qarab, xor bo‘lganingni ko‘rishadi. 

Sen o‘zingga jahannamni, halokatni chorlaysan. Shunda senga: «Bugun sen bitta 

emas, ko‘p halokatlarni o‘zingga chorla!» deyiladi va farishtalar nido qilishadi: «Bu falon 

o‘g‘li falokdir, Alloh uni sharmanda etdi, xor qildi, qabih qilmishlari uchun la’natladi. Bas, 

u abadiy badbaxtlikka ketdi». 

Bu sharmandalik gunohlarni bandalardan yashirib, davomli qilganing yoki 

bandalarning mehrini qozonishni talab etganing-uchun yoxud faqat ularning huzurida 

aybing ochilib qolishidan qo‘rqqaning uchun sodir bo‘ldi. Bu na-kadar ulkan jaholat! 

Inqirozi muqarrar dunyoda banda oldida sharmanda bo‘lishdan bor kuchingni sarflab 

saqla-nasan. Lekin bundan ulug‘roq sharmandalik -  Mahshar ahli oldida Allohniig 

g‘azabiga uchrashdan, jahannamga uloqti-ruvchi azob farishtalarining alamli azobidai 

qo‘rkmaysan. 

Bu tafsilotlarning barchasi senga tegishli, ammo oldingda bulardanda ulug‘roq xatar 

bor, u Sirot xataridir. 


Download 256,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish