harakatlaridagi viqorli itoatkorlikdan ham,
tinning har bir so'zini butun vujudi bilan beri-
lib tinglayotganidan ham payqash mumkin edi.
Martinning qarshisida turgan qiz bir vaqtlar u
teatrda uchratgan yoshgina qizga endi o'xshamas
edi. Lizzi Konolli endi ayol edi, Martin qizning tiy-
rak, g4irurli latofati gul-gul yashnab ketganini
darhol payqadi; tiyrakligi o‘sha-o‘sha edi, lekin
g'ururini tiyishga o'rganganga o'xshaydi.
-
Sohibjamol, haqiqiy sohibjamol, - deb pichir-
ladi beixtiyor zavqlanib ketgan Martin. Qiz hozir
Martinning bir imo-ishorasi bilan uning ketidan
dunyoning narigi burchiga ham ketishdan toy-
masdi, buni yigit juda yaxshi tushunardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |