Dissertatsiya strukturasi va hajmi
10
Dissertatsiya kirish, adabiyotlar sharhi, eksperimental qism, natijalar
muhokamasi, xulosa, 30 bibliografik nomdan iborat foydalanilgan adabiyotlar
ro`yxati, ilovadan iborat bo`lib, kompyuter matnining 115 ta betidа bayon etilgan,
32 ta rasm va 18 ta jadvalni o`z ichiga oladi.
Chop etilgan ishlar
Dissertatsion ish yuzasidan jurnallarda 2 ta maqola chop etilgan.
I bob. Adabiyotlar sharhi.
1.1.Neft benzinlarining kimyoviy tarkibi
11
Avtomobil benzinlarini neft, tabiiy gaz, toshko`mir, torf va yonuvchan
slanetslarni qayta ishlash yo`li bilan oladilar.
Turli neft maxsulotlarini neftdan olish paytida uning fraksiyalariga qaynash
haroratlari va molekulyar massasi jihatidan mazkur fraksiyaga to`g`ri keladigan
komponentlar tushib qoladi. Mazkur ishda avtomobil benzinlari masalasi
ko`rilgani sababli biz adabiyotlar sharhida neftning benzin fraksiyasiga kiradigan
uglevodorodlarning tavsifini beramiz.
Elementar tarkibga binoan neft komponentlarining asosiy massasi bu
uglevodorodlardir. Neftning past molekulyar qismiga mol. Massasi ˃ 250-300
bo`lgan va 300-350
0
C da qaynab chiqadigan moddalar kiradi va unda tuzilishi
jihatdan eng oddiy uglevodorodlar mavjud. Ular quyidagi gomologik qatorga
taalluqli:
C
n
H
2n+2
– metan yoki paraffin uglevodorodlar (alkanlar);
C
n
H
2n
– monotsiklik polimetilen uglevodorodlar, sikloparafin, naften, siklan
(alkiltsiklopentan va alkiltsiklogeksan) lar;
C
n
H
2n-2
– bitsiklik polimetilen, tritsikloparafinlar (besh a`zoli, olti a`zoli va
aralash);
C
n
H
2n-4
– tritsiklik polimetilen, tritsikloparafinlar (besh a`zoli, olti a`zoli va
aralash)
C
n
H
2n-6
– monotsiklik aromatik, benzol uglevodorodlari, arenlar;
C
n
H
2n-8
– bitsiklik aralash naften-aromatik uglevodorodlar;
C
n
H
2n-12
– bitsiklik aromatik uglevodorodlar.
Benzinli fraksiyada asosan uglevodorodlarning uchta sinfi doimo mavjud,
bular alkan, siklan va benzol qatori uglevodorodlari. Kerosin va gazoylli
fraksiyalarda bi- va tri- siklik uglevodorodlar ancha katta ulushni tashkil qiladi.
Metan uglevodorodlari.
C
n
H
2n+2
qatoridagi uglevodorodlar barcha neftlarda mavjud va uning asosiy
tarkibiy qismlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Fraksiyalar bo`yicha ular bir tekisda
taqsimlanmagan bo`lib asosan neft gazlari va benzin-kerosin fraksiyalarda
to`planadi, moylarda ularning miqdori keskin pasayadi. Ba`zi bir neftlar masalan,
12
Ozarbayjon nefti uchun yuqori haroratda qaynaydigan fraksiyadagi parafinlar
yo`qligi bilan xarakterlidir.
Gaz holidagi parafin uglevodorodlari. C
1
– C
4
uglevodorodlari: metan, etan,
propan, butan, izobutan hamda 2.2-dimetilpropan normal sharoitda gaz holida
bo`ladi. Bularning hammasi tabiiy va neft gazlari tarkibiga kiradi. Gaz konlari uch
turda bo`ladi: sof gazli, gaz-kondensatli va neftli. Birinchi turdagi konlarning
gazlari tabiiy deb ataladi va asosan metandan tarkib topgan. Metanga
qo`shimchalar sifatida ularda etan, propan, butan, pentan va yuqorilarning bug`lari
hamda nouglevodorodli komponentlar mavjud.
Tabiiy gazda metan gomologlarining miqdori ko`p emas: etanniki 0.1dan 8.0%
gacha (ba`zan), propanniki 0.1 dan 3.0 % gacha, butan va undan yuqorilarniki
odatda foiz ulushlarini tashkil qiladi. Karbonat angidrid qo`shimchalari 2.5% dan
ko`p emas. Metan miqdori keskin ustunlik qilgani va C
4
-C
5
uglevodorodlar
miqdori ko`p bo`lmaganligi sababli ko`pgina tabiiy gazlarni “quruq” gaz deb
atalmish gazlarga kiritadilar.
Gaz-kondensatli konlar gazlarining oddiy gazlarnikidan farqi shundaki
ulardagi metanga katta miqdordagi (2-5% va undan yuqori) C
5
va undan yuqori
gomologlar yo`ldosh bo`ladi. Bu uglevodorodlar gazlar chiqayotganda bosim
pasaytirilganda kondensatsiyalanadi va kondensatga cho`kadi. Bunday konlarning
hosil bo`lishi chuqur qatlabmlarda yuqori bosim ostida neftning gazda qaytib erishi
bilan bog`lanadi. Etan va propanning zichligi o`ta kritik haroratlarda 750 atm va
undan yuqori bo`lgan bosim ostida haqiqatdan ham neft zichligini oshiradi va
shuning uchun neftning suyuq uglevodorodlari siqilgan gazda eriy boshlaydi. Gaz-
kondensatli konlar gazlarining tarkibi kondensatni ajratgandan keyin “quruq”
gazlar tarkibiga yaqin bo`ladi.
Neft konlari gazlari yo`ldosh neft gazlari deb ataladi. Bu gazlar neftda erigan
va undan yuzaga chiqqanda ajralib chiqadi. Yo`ldosh neft gazlarining tarkibi
“quruq” gazlardan etan, propan, butan va yuqori uglevodorodlarning miqdori
ko`pligi bilan farq qiladi. Shuning uchun ular “yog`li” yoki “boy” gazlar degan
nomni olgan. Bu gazlardan Tovar benzinlarga zarur bo`lgan qoshimcha bo`lib
13
hisoblangan eng yengil “gazli” benzinni hamda siqilgan suyuq gazlarni
Yonilg`isifatida oladilar. Etan, propan va butanlar ajratilgandan keyin neft kimyo
sanoati uchun dastlabki xom ashy obo`lib hisoblanadi.
Suyuq parafin uglevodorodlari.
C
5
-C
15
uglevodorodlar suyuqlikdir. O`zlarining qaynash haroratlariga qarab
pentan, geksan, geptan, oktan, nonan, dekan va ularning ko`p sonly izomerlari
neftni haydash paytida benzinli distillyatga tushib qolishi kerak. Ma`lumki,
tarmoqlangan uglevodorodlarning qaynash haroratlari to`g`ri zanjirli tegishli
uglevodorodlarning qaynash haroratlaridan past bo`ladi. Bunda molekula tuzilishi
qancha ixcham bo`lsa, shuncha qaynash haroratlari past bo`ladi. C
5
-C
15
uglevodorodlarining nazariy jihatdanmumkin bo`lgan izomerlar soni 145 ga teng.
Formula
Izomerlar soni
Formula
Izomerlar soni
C
5
H
12
3
C
8
H
18
18
C
6
H
14
5
C
9
H
20
35
C
7
H
16
9
C
10
H
22
75
O`tgan asrda oddiy haydash vas of kimyoviy usullarni qo`llab turib Pensilvan nefti
(AQSH) ning birinchi tadqiqotchilari Peluz, Xagur, keyinchalik Shorlemmer
(1862-63y.y.) larning ko`rsatishicha bu neftda C
5,
C
6,
C
7,
C
8
va undan yuqori
normal tuzilishli uglevodorodlar bo`lish ehtimoli mavjud. Meberi, Yunga va
boshqa tadqiqotchilarning keyinchalik qilgan ishlari C
18
gacha va hatto C
28
gacha
normal uglevodorodlar borligini tasdiqladi.
Boku neftida Mendeleyev (1883 y) birinchi bo`lib pentan borligini aniqladi.
1883-1903- yillarda Markovnikov Boku neftidan 2-metilbutan, 2.4-dimetilpentanni
ajratib oldi. 1905-yilda Xonin shu neftni o`zida 2.4-dimetilpentanni aniqladi. 1928-
yildan boshlab Amerikaning neft institutida Pensilvaniya nefti (Oklaxoma,Ponka-
siti) tarkibini rejalashtirilgan o`rganilish boshlangan. Ish 25 yil davom etgan va
uglevodorod aralashmalarini ajratishning aniq rektifikatsiyalash, azeatrop haydash,
adsorbsiyalash, ekstraktsiyalash va boshqa usullarining uslubiyotini ishlab
chiqishni o`z ichiga olgan. Parallel ravishda individual uglevodorodlar sintez
14
qilindi va ularning fizikaviy konstantalari aniqlandi. Tor fraksiyalarning ajratilishi
va tozalanishi turli usullarni qo`llash hamda ular fizikaviy xossalarini sintetik
uglevodorodlarning xossalariga solishtirish yo`li bilan benzin, kerosin va gazoylli
fraksiyalardan 130 ta uglevodorodni ajratib olishga erishildi, shulardan 46 C
n
H
2n-2
qatoridagi. Bu jamoa ishi Amerika olimlari Voshborn, Rossini, Meir, Streyf
raxbarligi ostida bajarilgan.
Benzinli fraksiyalar kimyoviy tarkibini obdon tekshirish bo`yicha oxirgi
yillarda qilingan ishlar asosan spektroskopik usullarga asoslangan. Akademiklar
Landsberg va Kazanskiy raxbarligida N.D.Zelinskiy nomidagi Organik kimyo
instituti, P.N.Lebedev nomidagi Fizika institute, FA ning spektroskopiya bo`yicha
komissiya olimlari to`g`ri haydash benzinining individual uglevodorodli tarkibini
tekshirishning murakkab usulini ishlab chiqdilar. Tor fraksiyalarga ajratish aniq
rektifikatsiyalash va adsorbsiyalash yordamida amalga oshiriladi. Individual
tarkibni aniqlash fizikaviy konstantalar va asosiysi yorug`likni kombinatsion
tarqalish spektrlar asosida o`tkaziladi. Tahlilning boshqa fizikaviy va spectral
usullari ham keng qo`llanilgan (Groz NII va Boshqa uslubiyoti).
Hozirgi vaqtda neftlarda pentan, geksan va geptanning barcha mumkin bo`lgan
izomerlari topilgan. 18 ta oktanlardan 17 tasi topilgan. 35 ta nonanlardan 24 tasi
neftlarda topilgan.
C
10
uglevodorodlaridan dekan, 2.3- va 4-metilnonanlar hamda spektroskopik
usul bilan 5 trimetilli va 2 tetrametilli izomerlar topilgan. Shunday qilib, C
5
-C
10
uglevodorodlar mumkin bo`lgan barcha izomerlarining yarmisi xom neft tarkibida
borligi to`g`risida hozirgi vaqtda ma`lum.
C
11
-C
16
uglevodorodlar undekan, dodekan, tridekan, tetradekan, pentadekan
va geksadekan (setan) haydash paytida kerosinli fraksiyaga tushib qoladi.
Katta statistic material asosida neftlarda normal va kam tarmoqlangan
uglevodorodlar ko`pchilikni tashkil etishi tasdiqlanayapti. Qizig`i shundaki MDH
va chet el neftlari uchun ko`pgina uglevodorodlar bo`yicha o`rta ma`lumotlar bir-
biriga yaqin (1.1-jadval).
1.1-jadval
15
Turli neftlarning 60-95 va 95-122
0
C dagi fraksiyalaridagi alkanlarning nisbiy
miqdori to`g`risidagi o`rtacha ma`lumotlar
Uglevodorodlar
Mazkur fraksiyadagi alkanlarning umumiy miqdordan % dagi miqdori
MDH neftlari uchun
o`rtacha
Chet el neftlari uchun
o`rtacha
Barcha neftlar uchun
o`rtacha
60-95
0
C dagi fraksiya
Geksan
23.0
35.9
29.5
2-metilpentan
14.9
14.0
14.4
3-metilpentan
12.0
12.0
12.0
2.2-dimetilpentan
3.3
1.5
2.4
2.4-dimetilpentan
4.0
3.5
3.8
3.3- dimetilpentan
1.7
-
0.8
2.3-dimetilpentan
8.8
2.6
5.7
2 -metilgeksan
14.0
20.0
17.0
3 -metilgeksan
14.9
10.5
12.7
3-etilpentan
3.4
-
1.7
95-122
0
C dagi fraksiya
Geptan
52.6
49.2
-
2.2-dimetilgeksan
1.1
5.7
-
2.4-dimetilgeksan
4.7
5.1
-
2.3-dimetilgeksan
4.0
11.8
-
2-metilgeptan
23.8
-
-
3-metilgeptan
8.1
-
-
4-metilgeptan
5.7
28.2
-
Do'stlaringiz bilan baham: |