Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti sotsiologiya bo



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/37
Sana19.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#151867
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Bog'liq
umumiy sotsiologiya

4.   IJTIMOIY HARAKAT 
 
«Sotsial  harakat»  kategoriyasi  nazariy  sotsiologiyaning  muhim  va 
asosiy tushunchalaridan biridir. Hech bir ijtimoiy tizim harakatsiz mavjud 
bo‘la  olmaydi.  Jamiyat  hayotida  yuz  beradigan  o‘zgarish,  ya'ni  ijtimoiy 
harakat  umuman  harakat  turlarining  ichidagi  eng  murakkabidir.  Chunki 
bunda  nafaqat  ob'ektiv  ijtimoiy  qonuniyatlar,  balki  sub'ektiv,  ya'ni 
insonlarga  bog‘liq  omillar  ham  mavjud  bo‘ladi.  Shu  jihatdan  olganda 
ijtimoiy  harakatning  o‘zi  ham  tizim  xususiyatiga  ega  bo‘ladi.  Uni 
to‘laligicha  o‘rganish  ijtimoiy  harakatning  turli  tomonlari  ijtimoiy-ruhiy, 
strukturali-funksional,  qadriy-normativ  jihatlarini  tadqiq  etishni,  ijtimoiy 
harakatni o‘rganishga kompleks yondashuvini talab qiladi.  
Ijtimoiy  harakatning  falsafiy 
tushunchasiga 
nisbatan 
uning 
sotsiologik  tushunchasi  o‘rtasidagi  farqni  ajrata  bilish  zarur.  Ma'lumki, 
falsafada  ijtimoiy  harakat  keng  ma'noda,  ijtimoiy  faoliyat  sifatida 
tushuniladi.  Sotsiologiyada  ijtimoiy  harakat  tushunchasi  ijtimoiy 
faoliyatning  eng  oddiy  birligi  sifatida  talqin  qilinadi.  Bunda  ijtimoiy 
individning hayotiy muammolarni va ziddiyatlarni hal etishga qaratilgan va 
boshqa  kishilarning  javob  xatti-harakatlari  nisbatan  ongli  ravishda 
yo’naltirilgan harakati tushuniladi. 
Ijtimoiy  harakat  ijtimoiyligining  asosiy  belgisi  -  individning  kishilar 
xatti-harakatidagi ijtimoiy yo‘nalishlarni sub'ektiv anglashidir. 
Sub'ektning  xatti-harakatiga  nisbatan  o‘zaro  munosabatlarning 
boshqa  qatnashchilarining  javobini  «kutish»  tushunchasida  ifodalanadi. 
Bunday  «kutish»ni  o‘z  ichiga  olmagan,  harakat  sotsial  harakat 
hisoblanmaydi  (masalan,  behosdan  qilinadigan  harakatlar).  Bir  so‘z  bilan 
aytganda, ijtimoiy  harakat  — bu moddiy va ma'naviy ne'matlarni yaratish 
jarayonida  amalga  oshiriladigan  va  shu  orqali  yangi  ijtimoiy  aloqalar, 
munosabatlar, institutlar yaratishga olib keluvchi harakatidir. 
 Ijtimoiy 
harakat 
tushunchasini 
ishlab 
chiqishga 
g‘arb 
sotsiologiyasida  katta  e'tibor  berilgan.  Ijtimoiy  harakat  nazariyasi 
kishilarning  jamiyatdagi  o‘zaro  aloqalari  va  munosabatlari  majmuini 
izohlash  imkonini  beradigan  maxsus  ijtimoiy  omilni  qidirishdan 
boshlangan.  «Ijtimoiy  harakat»  tushunchasini  izohlash  uchun  dastlabki 
bosqich  sifatida  harakatning  ideal  holatini  olib  ko‘rish  zarur.  Bu  holda 
harakat maqsadi va harakat qiluvchining maqsadi bir-biridan ajratilmaydi. 
Buni  maqsadli-ratsional  harakat  tushunchasi  bilan  izohlash  mumkin. 
Boshqacha  qilib  aytganda,  «maqsadli  ratsional  harakat»  tushunchasi 
individlarning ijtimoiy harakatlarini o‘rganish metodi sifatida qaraladi. Bu 


 
67 
tushuncha  orqali  jamiyatni  o‘rganishda  xalq,  jamiyat,  davlat,  iqtisod  va 
boshqa  tushunchalar  mohiyati  ochib  beriladi.  Individning  o‘zi  esa 
qandaydir  ijtimoiy  organizmning  hujayrasi  sifatida  qaralmaydi.  Harakatni 
uning  mazmunidan,  onglilikdan  mahrum  etib  bo‘lmaydi.  Ijtimoiy 
harakatning  zamonaviy  sotsiologik  modeliga  ko‘ra  onglilik  bunday 
harakatning  zaruriy  sharti  hisoblanadi  Umumiy  bir  yaxlitlik  emas,  balki 
alohida  individga  tayanish  talab  etiladi.  Biz  individ  xatti-harakatini 
tushunamiz,  lekin  hujayraning  xatti-harakatini  tushunmaymiz.  Shu  kabi 
xalqning  harakatini  tushunmaymiz,  lekin  xalqni  tashkil  qiluvchi 
individlarning  xatti-harakatini  tushunamiz.  Sotsiologiyaning  vazifasi-
harakat  turlarini  tushunarli  harakat  ko‘rinishiga  keltirish,  yakka 
individlarning  harakatini  o‘rganish.  Individual  maqsadli-ratsional  harakat 
ideal  tip  sifatida  inson  harakatiga  onglilik  ruhini  beradi.  Sotsiologiya 
ijtimoiy  harakatni  tushunishga,  uning  sabablarini  va  oqibatlarini  ham 
izohlashga  urinadi,  bunda  u  alohida  individ  yoki  individlar  guruhining 
xatti-harakatini  o‘z  tadqiqotlarida  boshlangich  atom  sifatida  oladi. 
Sotsiologiya  ma'lum  bir  mazmunga  ega  bo‘lgan  harakatgina  qiziqtiradi. 
Ijtimoiy  harakatni  o‘rganayotganda  biz  nimaga  asosiy  e'tiborni 
qaratishimiz  harakat  ma'nosigami  yoki  harakat  qiluvchigami?  Masalan, 
bozorda bir odam biror narsa xarid qilayotganini ko‘rsak biz uni o‘zi uchun 
olayapti,  sovg‘a  uchun  olayapti,  kimningdir  iltimosini  bajaryapti  va  shu 
kabi ko‘plab xulosalar chiqarishimiz mumkin. Shunday tarzda fikrlashdan 
ko‘rinib turibdiki, harakat ma'nosini tushunishga intilyapmiz, lekin buning 
yordamida  harakat  qilayotgan  individni  ham  tushunsa  bo‘ladi.  Agar 
sotsiologiya  individning  o‘zini  tushunishga  ko‘p  e'tibor  berganda,  ko‘p 
qiyinchiliklar yuzaga kelgan bo‘lardi. 
Chunki individ uchun har qanday harakat nimaningdir belgisi sifatida 
namoyon bo‘ladi. Aslida esa butunlay teskarisi bo‘lishi mumkin. Bu haqda 
ko‘pgina  hollarda  individ  tasavvurga  ega  bo‘lmaydi,  bo‘lganda  ham 
yashirishga  harakat  qiladi,  ko‘proq  harakat  ma'nosi  qiziqishiga  molikdir. 
Hozirda  sotsiologiya  fanida  ijtimoiy  harakatning  to‘rt  xili  ajratib 
ko‘rsatiladi,  bular:  maqsadli-oqilona,  qadriyatli-oqilona,  affektiv  va 
an'anaviy.  

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish