3. Oliy va o‘rta – maxsus ta'lim monitoringi tizimini umumiy
masalalari.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim manitoringi tizimini umumiy masalalarini
tizim struktura va funksiyalari bilan mos ravishda aniqlanadi.
Oliy ta'lim tizimi quyidagilardan iborat:
168
1. Oliy o‘quv yurtlari – insituttlar va universitetlar;
2. Malakani oshirish institutlari va fakultetlari;
3. O‘rta maxsus o‘quv yurtlari;
4. Ilmiy tadqiqot institutlari;
5. Oliy va o‘rta maxsus ta'limni respublikasi va mintaqaviy
bo‘limlari;
Oliy va o‘rta maxsus ta'limi qo‘yidagi funksiyalarni bajaruvchi
monitoring tizimini o‘z ichiga oladi:
1. Malakali xodimlar bilan ijtimoiy talabni qondirish;
2. Shaxsni tarbiyalash, insonni mustaqil faoliyatga tayyorlash;
3. liy ta'lim alohida sotsial qatlam hosil qilib, jamiyatda malakali
mutaxassislarni yuzaga keltiradi;
4. Oliy ta'lim kasbiy bandlikdan farqli ravishda alohida qiymat aks
ettiradi. Oliy ta'lim o‘ziga mos o‘rin tanlashda, sotsial maqsadlarga
yetishish shartlarini bajaradi;
5. Oliy ta'lim shaharlarda kadrlar salohiyatin kuchaytirishga yordam
beradi;
6. Oliy demografik jarayonlarga ya'ni nikoh, tug‘ilish, turg‘unlik va
boshqalarga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi;
7. Jamiyatning intellektual potensialini ishlab chiqarishga qo‘llash
funksiyasi. Oliy ta'lim tizimi bilim darajasi va o‘rganishga ilmiy faoliyatga
intilishni va ta'lim imkoniyatlarini kengayishni rag‘batlantirish;
8. Iqtisodiy o‘sishni va mehnat unumdorligini rag‘batlantirishni, tez
iqtisodiy
o‘sishni ta'minlaydigan, zamonaviy-milliy texnologiyani
yaratishni.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim monitoringi tizimini umumiy masalalari
monitoring funksiyalarini samarali darajasini nazorat qilishdir. Bunda
asosiy e'tiborni fond bilan ta'minlash, texnik va moddiy qurollari ehtiyojini
ta'minlash, o‘quv jarayonlarini samaraliligi va uslubiy-ilmiy adabiyot bilan
ta'minlanish darajasiga qaratish kerak.
1995-1996 yillarda «Sotsiologik tadqiqotlar markazi» tomonidan
professor-o‘qituvchilar va talabalarni ijtimoiy xolati tadqiq etildi. Bu
tadqiqot o‘qitish, professor-o‘qituvchilar va talabalarni ijtimoiy xolatiga
bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi.
Shuning uchun monitar tadqiqotlarni birinchi bosqichi sifatida
professor-o‘qituvchilar va talabalarni ijtimoiy xolatini dinamikasini
nazorati tanlandi. Maxsus tayyorlangan dasturlar asosida mamlakatni yirik
oliy o‘quv yurtlarida aniq sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazildi.
169
Olingan ma'lumotlar EHMda qayta ishlanib, taxlil qilnidi va oliy
o‘quv yurtlari vazirligi ilmiy Hay'atiga 1996 yil may oyida taqdim qilindi.
Ilmiy Hay'at tomonidan ba'zi e'tirozlar bilan ma'qullandi. Ilmiy hisobot
O‘xzbekiston Respublikasi Davlat Fan Texnika Qo‘mitasiga ham taqdim
qilindi.
170
Do'stlaringiz bilan baham: |