28
1.5. Yosh darvozabonlar tomonidan amalga oshiriladigan
taktik harakatlari.
O‘yin davomida darvozabon ko‘pgina taktik vazifalarni hal qilishi kerak
bo‘ladi. Bir xil taktik vazifalarni oldindan kelishilgan holda bajarilab, bir xillari esa
o‘yin davomida vujudga keladi. Bu xolda darvozabon bunday harakatlarga ijobiy
yondashishi kerak.
Darvozabon uch xil yo‘li bilan o‘yinga kirg‘izadi. Erdan o‘yinga zarb bilan
o‘yinga kirg‘azish, darvozabonning qo‘liga to‘p tushishi bilan qo‘lidan zarba bilan
o‘yinga kirg‘azish va qo‘lida o‘yinchiga oshirib berish.
Ko‘p xollarda darvozabon to‘pni zarb bilan maydon o‘rtasiga oshirib berishga
harakat qiladi. Lekin ko‘p hollarda aniq bermaydi. Bu bilan hujumchilar va yarim
himoyachilarni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Shuning uchun hozirgi kunda
darvozabonlarning hujum boshlashlarida to‘pni duch kelgan joyga emas, balki aniq
oshirib berishlari kerak. Shuning uchun darvozabon maydon o‘yinchilarining
asosiy harakatlarini bilishi kerak. Oshirib bergan sherigini texnik holatini, to‘pni
oshirish mahali to‘pni shunday tashlab berish keraki, sherigi bu to‘pni qabul
qilishda qiynalmasdan olishi, to‘pni o‘ziga to‘g‘irlashga vaqt ketmasdan olishi
kerak. Eng yaxshi xolat bu o‘yinchilarning darvoza tomonga o‘girilib turgan xolda
yoki yarim burilgan xolda turgan mahalda tashlash kerak. Bunda o‘yinchilar
sheriklarini ko‘rishadi va harakat qilishga qulay xolatda bo‘ladilar. Darvozabonlar
o‘yinchilarga to‘pni oshirish yoki tepib berishi mahali shuni e’tiborga olishi
kerakki, darvozabonlar to‘pni qanot yarimhimoyachilarga yoki hujumchilarga
tepib berishlari kerak. Agar markazdagi hujumchilar bo‘sh bo‘lsa yoki qulay
imkoniyatda bo‘lsa tashlab berishi kerak.
P.N.Kazakov,
R.I.Nurimov,
N.Rogolskiy,
E.G.Degel
boshqa
mutaxassislarning yozishlaricha, darvozabonlarning o‘yin taktikasi darvozabondan
ustalik bilan darvozani himoya qilishnigina emas, balki jarima maydoni ichida faol
harakat qilishni, shuningdek hamma himoyachilarni boshqarib turishni ham talab
qiladi. U jamoaning hamma mudofa harakatlarini muvafiqlashtirib turadi.
Darvozabon turadigan joyning o‘zi unga hujumchilar qanday tizilib kelayotgani va
29
ular nima maqsadda ekanini ko‘rib turish imkonini beradi. Bu narsa ba’zida
maydonning ayrim joylaridagi o‘yinchilarning nazoratidan chetda qoladi. Shuning
uchun mudofadagi sheriklariga vaqtida «aytib turish» himoya harakatlarini
mustaxkamligiga muhim ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Buning ustiga, darvozabon o‘z
jamoasining ko‘pgina hujumlarini boshlab beradi (to‘pni qo‘lga kiritganda yoki
darvozadan to‘pni tepib berganda) futbolchi, shuning uchun ham hujum qatorida
taShabbusni saqlab turishi ko‘p jihatdan uning mahoratiga bog‘liq.
Jamoaning himoya va hujumdagi umumiy o‘yini darvozabonning individual
taktik tayyorgarligiga anchagina bog‘liq. Darvozabonning texnik mahorati va
jismoniy tayyorgarligidan o‘yinda to‘laroq foydalanishga uning taktik bilimi
yanada ko‘proq ta’sir qiladi. Ana shuning uchun ham darvozabonlarning taktik
tayyorgarlik masalasiga nihoyatda jiddiy e’tibor berish kerak. .(12,24.25.26)
Do'stlaringiz bilan baham: