Do‘kon mahsulotlari katalogi
Mahsulotlar katalogi – do‘kon saytining asosiy tarkibiy
qismi hisoblanadi. Unda foydalanuvchiga kerak bo‘lgan mahsulot
taklifi to‘g‘risida ma’lumot beriladi.
Mijozlarga qulaylik yaratish uchun u bir nechta samarali
vositalardan foydalangan holda tuzilgan:
Kategoriyalar, qo‘yi kategoriyalar. Ushbu elementlar aso-
siy menyuda ko‘rsatiladi. To‘g‘ri indekslashga erishish uchun
167
ularni ierarxik printsip bo‘yicha shakllantirish kerak. Tovarlar
ma’lum bir xususiyatlar to‘plamiga ko‘ra taqsimlanadi – maqsad,
tur, ishlab chiqaruvchi. Foydali xususiyat bu mahsulot sahifasiga
qo‘shimcha
o‘tishsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri kategoriya ichida
mahsulotning asosiy xususiyatlarini namoyish qilishdir.
Mahsulotlar kartalari. Bunday tarkibiy bo‘linma xaridorga
mahsulotning to‘liq tavsifini beradi, uzoqdagi bitim formatining
kamchiliklarini qoplaydi. U batafsil jihatlarini o‘z ichiga
oladi, fotosuratlar, videokontent, taklif etilayotgan mahsulot haqi-
da foydali ma’lumotlar (narx, mavjudlik), buyurtma shakli,
tegishli mahsulotlar ro‘yxati, fikr-mulohazalar bloki.
Filtrlar. Ushbu komponent mijozga tor tanlovni amalga
oshirgan holda, ko‘p sonli takliflar orasidan kerakli mahsulotni
tezda topishga imkonini beradi. Dasturchi tomonidan oldindan
o‘ylab chiqilgan va tanlangan mezonlarga asoslanib, vosita to-
varlarni saralab, ularni ma’lum ketma-ketlikda namoyish etadi.
Mahsulotlar savati. Onlayn-do‘konning majburiy tarkibiy
qismi, bir asosiy savdo vositasi tovar savatchani haridi hisobla-
nadi. Harid qilish jarayoni ushbu bo‘limda amalga oshiri-
ladi: mijozlar umumiy miqdorni ko‘rishadi, qo‘shilgan mollar
ro‘yxatlarini tekshirish va tahrir qilish, to‘lovni amalga oshirish
uchun keyingi havolani ko‘rishadi. Savatga saytning istalgan
joyidan kirish mumkin, buyurtmani tahrirlashga tezda qaytish
uchun imkoniyat yaratiladi.
Xizmat sahifalari. Xizmat sahifalari – bu xaridorga bu-
yurtma shartlari haqida ko‘proq ma’lumot olishga yordam beradi-
gan narsa:
- to‘lov;
- yetkazib berish;
- kafolatlar;
- savol-javoblar (FAQ);
- kredit olish imkoniyati;
- oflayn - do‘konlar ro‘yhati;
- aloqalar.
168
Foydalanuvchi ko‘p hollarda hizmat bo‘limlarda mavjud
ma’lumotlar asosida keying buyurtmani rasmiylashtirish uchun
qaror qabul qiladi.
Informatsion mazmunli sahifalari. Axborot sahifalarida po-
tentsial xaridor uchun foydali bo‘lgan tarkibiy qismlar mav-
jud. Ular mahsulot tanlashni aniqlashga, kompaniyaning ishi va
uning faoliyat sohasiga oid eng so‘nggi yangiliklarni tanish-
tirishga, yangi mahsulotlarni ajratib ko‘rsatishga va mahsulotdan
foydalanish bo‘yicha qimmatli tavsiyalar berishga yordam beradi.
Tarkib bo‘limlarida quyidagilar e’lon qilinadi:
- sharhlar;
- reytinglar;
- maslahatlar bilan maqolalar;
- video ekspert tavsiyalari;
- yangiliklar tasmasi.
Tijorat takliflari. Resursga tashrif buyuruvchilarni qiziqtiri-
shi mumkin bo‘lgan yoqimli takliflar uchun qo‘shimcha bo‘lim qi-
lish tavsiya etiladi. Bu, ayniqsa, bir vaqtning o‘zida bir nechta
aksiyalar o‘tkaziladigan yirik onlayn- do‘konlarga tegishli.
Ushbu blokda mijozga mavjud tijorat takliflarining
shartlarini o‘rganish uchun qulayroq bo‘ladi:
- aksiyalar ;
- savdo;
- chegirmalar ;
- arzon narxlar kunlari ;
- bonus dasturlari;
- narxlarni pasaytirishlar .
Mijozning shaxsiy hisobi. Qayd qilish imkoniga ega inter-
net- do‘konlarda yana bir tuzilmaviy qismi – xaridorning shaxsiy
hisobi mavjud bo‘lishi kerak. Foydalanuvchi ma’lumotlarini
ushbu joyda saqlaydi va quyidagi bo‘limlar mavjud:
- buyurtmaning batafsil tarixi;
- Yig‘ilgan bonuslar, mavjud aksiyalar/chegirmalar to‘g‘-
risidagi ma’lumotlar ;
- profilni sozlash funksiyalari;
169
Savdo jarayonini tashkil qilishda foydalaniladigan texno-
logiyalarning darajasiga va shunga mos ravishda bajariladigan
funksiyalarga qarab ular quyidagicha ajratiladi:
do‘kon peshtaxtasi;
savdo Internet - tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |