11.2. Tоvаr mаhsulоti uchun ketgan хаrаjаtlаrni tаhlili
Mahsulot tannarxini tаhlil qilish jami tovar mahsulotining to’la
tannarxi bo’yicha rejaning bajarilishiga umumiy baho berish bilan
boshlanadi.
Tovar mahsuloti 2 turkumga bo’linadi: taqqoslanadigan va
taqqoslanmaydigan mahsulot.
Taqqoslanadigan mahsulot deganda shu yil va undan oldingi yillarda
seriyali va ommaviy tartibda ishlab chiqarilgan mahsulotning barcha
turlari tushuniladi.
Taqqoslanmaydigan mahsulot esa joriy yilda ishlab chiqarilgan
mahsulotdir.
Tahlil qilish jarayonida taqqoslanadigan mahsulot jumlasiga
kiradigan mahsulotning haqiqiy tannarxi reja tannarxi va uning o’tgan
yilgi darajasi bilan, taqqoslanmaydigan mahsulotning haqiqiy tannarxi esa
faqat rejada ko’rsatilgan tannarxi bilan solishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |