hisobga olgan holda A.Smitning “Xalqlar boyligi ...” va D.Rikardoning
“Siyosiy iqtisodning boshlanishi”ning yangilangan variantini yaratishni
o ‘ziga maqsad qilib qo‘ygan. Asaming ushbu yuqoridagi ko‘rinishda
tuzilishi esa muallifning fikricha Smit-Rikardo iqtisodiy nazariyalarini
izohlashda muayyan tartib va aniqlik kiritadi. J.S.Mill nafaqat iqtisodiy
bilimlami tizimlashtirdi va ommalashtirdi, balki uning tomonidan bir
qator qoidalar rivojlantirildi va ularga aniqlik kiritildi, xulosa va
yakuniy dalillar bilan yana ham ishonarli qilib asoslab berildi.
J.S.Mill siyosiy iqtisodni boylikning mohiyatini, uni ishlab
chiqarish va taqsimlash qonunlarini tadqiqot qiluvchi fan sifatida
ta’riflaydi. Shu bilan birga uning fikricha taqsimot
tarixiy xarakterga ega
bo‘lib, ishlab chiqarish qonunlari esa abadiy hisoblanadi.
Garchi J.S. Mill yuksak darajada iqtisodiy nazariyaning eksperti
(mutaxassisi) bo‘lishiga qaramay u o‘zining aqliy qobiliyatini
iqtisodiyotchilami qiziqtirgan odatdagi muammolaridan ko‘ra ancha
kengroq ijtimoiy masalalarga yo‘naltirdi. Jamiyatda insonlar rolini
yaxshilashga harakat qilganligi sababli Millni ijtimoiy faylasuf, deb ham
atashadi. Mill otasi va Rikardoning pessimistik (kelajakka ishonchsizlik)
fikrlari o‘miga jamiyatni rivojlantirish borasidagi optimizm (kelajakka
ishonch)ni ilgari surdi. Uning ta’lim doirasi keng bo‘lishiga qaramay
Millning fikrlariga asosan klassik iqtisodiyotdagi otasi Mill, David
Rikardo, Adam Smit va Benxamning ta’limotlari tasir ko‘rsatgan. Mill
iqtisodiyotga inson ijtimoiy faoliyatining bir ko‘rinishi sifatida qaraydi.
Mill klassik liberal hamda ijtimoiy islohotchi edi.
Jon Styuart Millning iqtisodiy ta’limotlar rivojidagi o‘mini
aniqlash qiyin. U klassik davming oxirida ijod qildi, ammo uning keng
doirada fikrlay olishi klassik iqtisodchilar ta’limotlarini o‘zgartirishga
sabab bo‘ldi. Uning iqtisodiy fikrlari bir vaqtning o ‘zida klassik
iqtisodiyotning
yetuklik
davri
hamda
iqtisodiy
g ‘oyalaming
rivojlanishidagi yangi davming boshlanishi hisoblanadi. Uning ikki
yildan kamroq vaqtda yozilgan “Siyosiy iqtisod tamoyillari” asari
birinchi marta 1848-yilda nashr qilindi. Kitobni yozish uchun Mill
tomonidan qisqa vaqt sarflangan bo‘lsada, kitobda uning iqtisodiy
153
qarashlari yaxshi yoritilishi bilan bir qatorda ushbu fanda hal qilinishi
kerak bo‘lgan bir necha muammolar mavjudligi ta’kidlab o‘tilgan. Mill
Rikardo ta’limotini yanada aniqlashtirish hamda bu ta’limotlarga 19-
asming ikkinchi chorigida paydo bo‘lgan yangi ta’limotlami qo‘shishni
o ‘zining asosiy vazifasi, deb hisoblagan. U talab va taklifni tahlil
qilishni
rivojlantirish bilan birga xalqaro savdo nazariyalarini
rivojlantirishga hissa qo‘shgan buyuk tafakkur egasi bo‘lgan.
Jon Styuart Mill o‘zining “
Siyosiy iqtisod tamoyillarr (1848 y)
asarida
(D.Rikardo
tomonidan
1817-yilda “
Siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: