A.Smit kitobining asosiy mohiyati hukumatning va boshqalaming
erkin raqobatga aralashuvini tanqid qilishdan iborat. A.Smitning
fikricha, iqtisodiy hayotda garmonik tartib hukmronlik qiladi: agar erkin
raqobat cheklanmasa, unda u dunyoni takomillashuvga olib kelgan
bo‘lar edi. Bunday xulosaga kelishda A.Smit o‘zgarmas «tabiiy»
iqtisodiy qonunlar mavjudligiga asoslangan. A.Smit tushunchasi
bo‘yicha shaxsiy manfaatlar ijtimoiy manfaatlardan ustun tursa, ya’ni
jamiyat manfaatlari uning a’zolari manfaatlarining yig‘indisi, deb
qaralsa, shundagina bozor qonunlari iqtisodiyotga ko‘proq ta’sir
ko‘rsatadi. A.Smitning asosiy xizmatlaridan biri shundan iboratki, u
birinchi bo‘lib iqtisodiyotni o‘zining ichki qonuniyatlariga muvofiq
amal qiluvchi, obyektiv, odamlaming irodasiga bog‘liq bo‘lmagan tizim
sifatida qaraydi. Bunday tizim o‘zining ichki qonuniyatlariga muvofiq
amal qiladi.
A.Smit iqtisodiyotning davlat sektori samarasizligini ko‘rsatib
o‘tadi. «Har xil sabablarga ko‘ra - deb yozadi u, - hukumat doimo va
beistisno tarzda isrofgar. Eng awalo, u birovlar ishlab topgan pulni
sarflaydi, o‘zgalar pulini esa hamisha o‘zingnikidan ko‘ra behuda
sarflaysan. Bundan tashqari hukumat xususiy korxonalardan juda uzoq
turadi va ulaming muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan
e’tibomi ularga qarata olmaydi». A.Smit davlatning faqat uch
funksiyasini tan oladi: adolatli sud qilish, mamlakat xavfsizligini
ta’minlash, jamiyat uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy korxona va
muassasalami ta’minlash.
A.Smit merkantilistlaming proteksionizm siyosatini tanqid qiladi.
Unga ko‘ra chetdan ancha arzon bahoga olib kelishi mumkin bo‘lgan
tovami o'zida ishlab chiqarish be’mani narsadir. «Har
qanday ongli oila
boshlig‘ining qoidasi sotib olishdan ko‘ra uyda tayyorlash qimmatga
tushsa, uni uyda tayyorlamaslikdan iborat... Ayrim oilalar uchun oqilona
hisoblangan narsa, bir butun davlat uchun be’mani hisoblanmaydi».
Erkin raqobat sharoitida bozor mexanizmi, eng avvalo, “baho”
orqali iqtisodiyotda tartib o‘matadi. Baho bozor xo‘jaligining asosiy
tashkiliy kuchi sifatida qaraladi. Baho talab va taklif o‘zgarishi
132
to‘g‘risida ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarga signal berib
turadi, ulami bir-birlarining manfaatlariga moslashishga majbur etadi.
Baho orqali talab asosida kapital qo‘yilmasi amalga oshiriladi, kerakli
mahsulotlar ishlab chiqariladi. Odamlar bir-birlariga xizmat
qilish orqali
o‘z manfaatlarini amalga oshiradi. Bozor iqtisodiyoti o‘z-o‘zidan amal
qilayotgandek ko‘rinadi, aslida u xatolar va tuzatishlar uslubida tartibga
solib turiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: