1.3 . Iq tiso d iy ta ’lim o tla r tarixi fan in in g p red m eti va
o'rgan ish uslublari
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani iqtisodiy fanlar tizimida alohida
o‘rin tutadi. U mustaqil fan sifatida iqtisodchi mutaxassislami
tayyorlashda, ulaming iqtisodiy bilim, malakasini oshirishda katta rol
o'ynaydi.
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani barcha ijtimoiy fanlar, ayniqsa
“Iqtisodiyot
nazariyasi”,
“Mikroiqtisodiyot”,
“Makroiqtisodiyot”,
“Siyosatshunoslik” fanlari bilan bevosita uzviylikda o‘rganiladi.
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani ayniqsa, “Iqtisodiyot nazariyasi”
fani bilan chambarchas bog‘liq.
“Iqtisodiyot
nazariyasi”da
asosan,
eng
muhim
iqtisodiy
kategoriyalaming so‘nggi davr uchun tahlili beriladi. “Iqtisodiy
ta’limotlar tarixi” fani esa kishilik jamiyati taraqqiyotining turli
bosqichlarida ilgari surilgan iqtisodiy qarash, g‘oya, nazariya va
ta’limotlami, ulaming o'ziga xos xususiyatlarini hamda umumiy
tomonlarini tarixiy nuqtayi nazardan tadqiq etiladi.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanini o‘rganish orqali insonning ilmiy
dunyoqarashi
o ‘zgaradi,
uning
intellektual
rivojlanishini
rag‘batlantiradi va eng qiziqarli mashg‘ulotiga aylanadi. Iqtisodiy
ta’limotlar tarixi asrlardan beri har bir davlatning iqtisodiy siyosatini
asoslab kelgan, uning muvaffaqiyatli rivojlanishiga sabab bo‘lgan.
“Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi” fanining o‘rganish predmeti -
iqtisodiy jarayonlarga bo‘lgan iqtisodiy qarashlar evolyutsiyasi,
iqtisodiy g‘oya va nazariyalaming shakllanish, rivojlanish qonuniyatlari
va ulaming almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi.
Iqtisodiy ta’limotlaming vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili
yozuv ixtiro qilingan quldorlik davrdan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning
14
barcha tarixiy jarayonlarini hamda barcha tarixiy davrlami o‘z ichiga
oladi.
Iqtisodiy ta’limotlar bilan jamiyat iqtisodiyoti bevosita bog‘liq.
Jamiyatning rivojlanishida uning ahamiyati beqiyosdir. Iqtisodiy
ta’limotlar iqtisodiy jarayonlami to‘g‘ri aks ettirish, ularga faol ta’sir
ko‘rsatish orqali ijtimoiy taraqqiyotning tezlashishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Hammaga ma’lumki, ko‘pchilik konsepsiyalar (masalan, yangi klassik
yoki keynschilik) davlatlaming iqtisodiy dasturlari asosi hisoblanib
kelindi.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixiy rivojlanish jarayoniga muvofiq tarzda
o‘rganiladi. Shu bilan birga bir narsani qayd qilib o‘tish kerakki,
iqtisodiy ta’limotlar tarixi zamonaviylikka yo‘naltirilgan. Bu ko‘rib
chiqilayotgan muammolarning hozirgi kundagi dolzarbligi bilan
ifodalanadi. 0 ‘tgan davr iqtisodiy ta’limotlari tahlili ehtiyojlami to‘la
qondira olmaydi, qolaversa, bunday tahlillar faqat tarixiy jarayonlami
o‘rganish uchun amalga oshirilmaydi. Albatta, bugungi kunning dolzarb
muammolarini to‘la hal etishda o‘tgan davr iqtisodchilaridan tayyor
javob topish qiyin, ammo o‘tgan donishmandlaming fikr-mulohazalari
hozirda va kelajak to‘g‘risida to‘g‘ri xulosa chiqarish va yangi
g‘oyalami yaratish uchun imkon beradi. Zero, tarixiy tajriba shunisi
bilan ham qimmatlidir. Tarixiy o‘tmishni bilish hozirgi davr ibtidosini
yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanini o'rgangach, iqtisodchi
mutaxassislar eng awalo, jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyot
rivojlanishining obyektiv qonunlari mohiyatini ochib berish, muqobil
xo‘jalik qarorlarini asoslab berish va keyinchalik ulami amalga
oshirishda ijobiy yondashish uchun zarur bo‘lgan o‘zlarining tadqiqot
mahoratlarini oshiradilar.
Demak, iqtisodchi mutaxassislami tayyorlashda zarur bo‘lgan
fanlaming biri sifatida iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘rganish bir
tomondan, ularda umuminsoniy va kasb madaniyatini shakllantirish
maqsadida zarur bo‘Isa, ikkinchi tomondan, turli davrlardagi nazariy
maktab, oqim va iqtisodiy yo‘nalish vakillarining nazariy meroslarini
15
yaqin zamondagi tariximizga xos boigan noto‘g‘ri talqin qilishdan xoli
bo‘lishda ijtimoiy va siyosiy bilimlar bilan birga yana tarixiy iqtisodiy
bilimlami egallash uchun ham zamrdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |