kelmasligini keltirib chiqaradi. Rivojlanishning siklli xarakterda boMishi,
ortiqcha
ishlab
chiqarish
inqirozining
muqarrarligi
kapitalistik
iqtisodiyotga xos xislatdir. Markscha iqtisodiy sikllar nazariyasi uning
kapital jam g‘arilishi tahlili asosida ko‘rilgan. Siklli jarayon, K.Marks
bo‘yicha yuksalishdan boshlanadi. Yuksalish davrida mehnatga bo‘lgan
talab (jamg‘arish sababli) uning taklifidan oshib ketadi; ishsizlik
tugatiladi va ishchi kuchining nisbatan yetishmasligi ish haqining
oshishiga olib keladi; natijada foyda kamayadi va jamg‘arish
sekinlashadi. Kapital jam g‘arilishi me’yorining pasayishi yalpi talabning
kamayishiga va shunga muvofiq bozor konyunkturasining pasayishiga
olib keladi. Bunday inqirozli vaziyatda kapital qimmati qadrsizlanadi,
ishsizlik esa qaytadan ko‘payadi va u ish haqining pasayishini keltirib
chiqaradi. Bu hoi ishlab chiqarishning foydaliligini qayta tiklaydi,
jam g‘arishni qaytadan boshlash uchun sharoit yaratib beradi; inqiroz bir
vaqtning o ‘zida ham buzadi, ham tuzatadi. Inqirozlar «hamma vaqt
mavjud ziddiyatlarning faqat vaqtincha zo‘rma-zo‘raki hal qilinishidan,
zo‘rma-zo‘raki portlashlardan iborat bo‘lib, ular buzilgan muvozanatni
bir lahzada tiklaydi». Inqiroz siklni tugallaydi va yangi navbatdagi sikl
boshlanadi. Bu sikl davri mobaynida innovatsiya va yangi ish
joylarini
tashkil etish bilan birga iqtisodiyot tarkibini qayta qurish, jam g‘arish
jarayonida foyda me’yorining pasayish tendensiyasi va kapital
qimmatining qadrsizlanishi, ishsizlar armiyasining ko‘payishi va ish
haqining pasayishi qaytadan kelib chiqquncha va inqirozli vaziyat
yuzaga kelguncha davom etadi.
K.Marks Sey qonunini tanqid qiladi. Bu qonunga muvofiq
tovarlar taklifi avtomatik tarzda o ‘ziga talabni keltirib chiqaradi
Boshqacha aytganda, tovarlami sotishdan tushgan daromad ulami
sotib olish uchun xarajatga aylanadi. К Marks tovarlami sotish (T-P)
va sotib olish (P-T) aktlari makon va zamonda mos tushmasligini
ko‘rsatib berdi (tovar qiymati pulda saqlanadi). «Hech kim zudlik
bilan sotib olishga majbur emas, chunki uning o ‘zi nimanidir sotgan».
198
chiqarish
munosabatlarining
(yoki
ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning)
takomillashuvini taqozo etadi. U o ‘z navbatida, ishlab chiqaruvchi
kuchlarining rivojlanishiga faol aks ta’sir ko‘rsatadi, iqtisodiy o‘sishiga
imkon berishi yoki to‘sqinlik qilishi mumkin. Ijtimoiy organizmning
ikki tomoni o‘rtasidagi o ‘zaro aloqa juda murakkab, ko‘p qirrali va
ziddiyatlidir. Iqtisodiyot yagona aniqlovchi omil hisoblanmaydi.
Jamiyatda amal qiluvchi ijtimoiy qonunlar ishlab chiqaruvchi
kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari o ‘rtasidagi hamda ideologik
va siyosiy ustqurma bilan bazis o ‘rtasidagi muvofiqlik tamoyilni
ifodalab beradi. Bunday muvofiqlik tamoyilning amal qilishi iqtisodiy
o‘sishga olib keladi, ishlab chiqarish munosabatlarining iqtisodiy
o‘sishiga to'sqinlik qilishi esa bunday tamoyilning buzilganligini
bildiradi. Shu bois, K.Marks fikricha ular ijtimoiy taraqqiyot
dialektikasiga muvofiq o‘z o‘mini boshqa progressiv ishlab chiqarish
munosabatlariga bo‘shatib berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: