Parallel rezolyutsiya – bu Kongressning ikkala palatasi ham tomonidan olib boriladigan,
lekin prezident imzosini talab qilmaydigan xatti-harakat.
Budjet kodeksi – ma’lum bir mamlakat Budjet tizimining asoslarini, uning tuzilishi,
umumiy printsiplarini, turli darajadagi Budjetlar va ularning vakolatlarini, Budjet jarayoni
asoslari va Budjetlararo munosabatlarni, Budjet qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik
choralarini belgilovchi qonun hujjati hisoblanadi.
Budjetga oid vakolatlar - hukumatga xarajatlar bo’yicha majburiyatni yuklash
vakolatidir.
Budjet tizimi Budjetlari xarajatlarining tasnifi - Budjet tizimi Budjetlari xarajatlarini
kodlashdan iborat bo’ladi hamda davlat boshqaruvi va mahalliy o’zini o’zi boshqarish sektori
birliklari asosiy funktsiyalarini bajarishiga, ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilishiga Budjet
mablag’larini yo’naltirilishini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |