olib borgan olim B.Hasanov fikriga ko‘ra, Navoiy qalamiga mansub. B.Hasanov o‘z
fikrini dalillashda asarning kirish va xotima qismida kotib Ahmad ibn Ali
lug‘atshunosligiga mansub yetti kitobning mazkur asar uchun manba bo‘lganligidir.
7) turli mualliflar, devon, risola va boshqa asarlarning sharhlari. Ular shartli
“Sab'at abhur”ning tarkibiy tuzilishi asosiga o‘zak tizimi (fleksiya) qo‘yilgan.
qoldirilgandan keyin qoladigan ma'no tashuvchi harflar ma'lum bir ma'noli o‘zakni
tashkil qiladi (yuqoridagi misolda keltirilgan KTB – kataba). O‘zaklar oxirgi harfiga
ko‘ra alifbo tartibida 28 bobga ajratilgan. “Sab'at abhur” o‘z ichiga 8609 lug‘at
maqolani kiritgan bo‘lib, undagi leksikaning asosiy qismini uch harfli o‘zaklar
tashkil qiladi (6451 lug‘at maqola). Miqdor jihatdan ikkinchi o‘rinni to‘rt harfli
o‘zaklar egallaydi (2056 ta). Uchinchi o‘rinda besh harfli o‘zaklar turadi (94 lug‘at
maqola). Arab tiliga chetdan kirgan kam iste'moldagi so‘zlar olti (1 lug‘at maqola)
va yetti harfli (2 lug‘at maqola) so‘zlardir.
Mazkur asar arab lug‘atshunosligi rivojlanishi susaygan davrda vujudga
kelganligi bilan alohida ahamiyat kasb etib, arab leksikografiyasi tarixida
Javhariyning “Sahoh” va Firuzobodiyning “Qomus” lug‘atlari bilan bir qatorda
turadi.
Alisher Navoiyga nisbat beriluvchi yana bir asar “Risolai tir andoxtan”
tirandozlik, ya'ni kamondan o‘q otish fazilatiga bag‘ishlangan. Asarning muallifi
masalasi adabiyotshunoslikdagi bahsli masalalardan bo‘lib, mazkur asar ustida
izlanish olib borgan ye.Bertels, A.Semyonov, S.G‘anievaning fikriga ko‘ra, “Risolai
tir andoxtan” Alisher Navoiy qalamiga mansub. Risola hajman kichik bo‘lib, unda
kamondan o‘q uzishning savobli amal ekanini asoslashga e'tibor qaratilgan.
Asardagi har bir fikr diniy dalillar – hadis va rivoyatlar asosida izohlangani bilan
alohida xarakterlanadi. Unda keltirilgan bir rivoyatga ko‘ra, Odam Ato alayhissalom
shayton hiylasi bilan jannatdan yerga tushirilgach, Allohning amri bilan
dehqonchilik qiladi – bug‘doy ekadi. Ammo qarg‘alar ekilgan bug‘doyni kavlab yeb
qo‘ya boshlagach, Xudoga munojot qiladi. Shunda Xudo kamon va o‘q yuboradi.
Yoydan o‘q otishni farishta Jabroil (alayhissalom) Odam alayhissalomga o‘rgatadi.
Odam Ato alayhissalom qarg‘alarga otgan birinchi o‘qi tegmaydi, farishta Jabroil
alayhissalom tabassum qiladi, ikkinchi bor otilgan o‘q nishonga tegadi, shunda
Jabroil alayhissalom o‘z tabassumini qo‘yidagicha izohlaydi: “Agar ilk o‘qing
nishonga tekkanida, qiyomatgacha hech narsa bolalaring qo‘lidan qutulmas edi”.
“Risolai tir andoxtan” bayon tilining sodda va tushunarli, badiiy bo‘yoqdorlikdan
xoli ekanligi bilan alohida xarakterlanadi. Asar bo‘yicha ye.Bertels, A.Semyonov,
G‘.G‘ulom, H.Sulaymonov, S.G‘anieva kabi olim va Shoirlarning maqolalari
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: