Sanoatda ishlatiladigan membranali qurilmalar bir qator talablarga javob berishlari kerak:
membrananing qurilma hajm birligiga to׳g`ri kelgan qiymati katta; qurilmani yig`ish va montaj qilish
oson; suyuqlik membrana yuzasidan katta tezlik bilan harakat qilishi; qurilmadagi bosim farqi imkon
boricha kichik; mexanik jihatdan mustahkam va hokazo. Lekin barcha talablarga mos bo׳lgan qurilmani
loyihalash mumkin emas, albatta. Shu sababdan aniq bir jarayon uchun membranali qurilmaning eng
maqbul konstruksiyasi tanlab olinadi.
Membranali qurilmalar asosan 4 turga bo׳linadi:
1) membranali elementlari tekis bo׳lgan qurilmalar;
2) membranalari quvursimon bo׳lgan qurilmalar;
3) membranalari o׳ram holatida bo׳lgan qurilmalar;
4) membranalari ichi bo׳sh tolalardan tashkil topgan qurilmalar.
Membranali qurilmalarning ayrim turlari bilan tanishib chiqamiz.